O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
26.04.2018

PREZIDENTIMIZNI DUO QILISHIMIZ KERAK

Yo‘ldoshbek qori NURIDDINOV, «Ozbekiston Qur’on musobaqasi — 2018» tanlovining mutloq golibi:

Qoraqalpogiston Respublikasi, Xojayli tumanining Kenagas qishlogida 1995 yil 9 yanvarda tugilganman. Quronga muhabbat oilamizdan boshlangan. Otam Ibrohim Jumamurodov uzoq yillar davomida tumanimizda imom-xatib bolib ishlagan. U kishi bolalik paytimda menga harf orgatib, Quron oyatlarini yodlatgan. Bola bolganim uchun har bir erishgan natijamdan song ragbatlantirishni unutmasdi. Otamning komagi bilan 2,5 pora Quronni yodlaganman.

Songra Nematulloh qori Aminjon Eshon domladan saboq oldim, 30 pora Quronni yodladim. Ilk Quron xatmini 9 yoshimda, 2004 yilning Ramazon oyida Nukus shahridagi Imom eshon Muhammad jome masjidida ado etganman. 2010 yilda maktabni bitirib, Nukus shahridagi Muhammad Beruniy orta maxsus Islom bilim yurtida tahsil oldim. Bu yerda tajvid va qiroat boyicha bilimlarimni Bahrom qori qol ostida mustahkamladim. 2015 yilda Imom Buxoriy nomidagi Toshkent Islom institutiga oqishga kirdim, hozir 3-kurs talabasiman.

Islom institutida 1-kursda Islomxon Ubaydullayevdan, hozirgi vaqtda Ahmadxon Rashidovdan tajvid va qiroat boyicha tahsil olyapman. Shuningdek, qoshimcha ravishda Jahongir Nematovdan qiroat sirlarini organib boryapman.

2011-2012 yilarda respublika Quron musobaqasida sovrindor, 2013 yili Kuvaytda bolib otgan xalqaro Quron musobaqasining peshqadamlar ontaligidan joy oldim. 2016 yili Toshkent Islom institutida otkazilgan Quron ziyofati korik-tanlovi golibi bolganman.

Meni joriy yilgi Quron musobaqasining mutloq golibi, deb elon qilishganida qalbimdan otgan hislarni ifoda etishim qiyin. Albatta, bu Allohning fazli boldi.

Bilasizmi, meni nima xursand qildi?.. XIX asrda ham Qoraqalpogiston va Xorazm tomonlarda koplab ulamo va qorilar bolgan. Ammo shorolar olib borgan dahriylik siyosati sababli ular soni keskin kamayib ketgan. Qoraqalpogistondan chiqqan mendek yigitning golib bolishi biz tomonlardan yana koplab qori va ulamolar chiqishiga turtki berishidan umidim bor va buni Allohdan sorayman.

Golib deb elon qilishganida sahnada turar ekanman, avvalo Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning olib borayotgan oqilona ishlari haqida oyladim. Aynan u kishining tashabbusi bilan yurtimizda diniy sohada ham islohotlar otkazilyapti. Quron musobaqasi ham mamlakat rahbarining taklifi bilan tashkil etildi. Ilgari kuzatilmagan holat Quron musobaqasining targibot bannerlari butun respublikamiz boylab markaziy kochalarga ornatildi, Ommaviy axborot vositalari orqali keng yoritildi. Prezident sovgasi Lacetti avtomashinasi kalitini topshirishdi. Bularning barchasi uchun rahmat aytaman. Biz, butun xalqimiz u kishini duo qilishimiz, amalga oshirayotgan xayrli ishlarida Alloh madadkor bolishini sorashimiz kerak.

Temur AZAM

yozib oldi.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: