O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Avgust 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
29 30 31 1 2 3 4
5 6 7 8 9 10 11
12 13 14 15 16 17 18
19 20 21 22 23 24 25
26 27 28 29 30 31 1
24.04.2018

XORAZMDAGI SARIMOY QISHLOGIDA TURKMAN QIZINI KELIN QILMAGAN OILA YOQ...

Sarimoy qishlog‘i Xorazm vohasining eng chekkasida — Amudaryo yoqasida, «Buxoro Nukus» yolining ustida joylashgan. Sarimoy qishlogi nafaqat Hazorasp tumanida, balki viloyatda ham eng kop millat vakillari yashaydigan maskan sanaladi. Bugun qishloqdagi toqqiz yuzga yaqin xonadonda 5442 nafar kishi yashamoqda. Bularning 3479 nafarini turkman millatiga mansub kishilar tashkil etadi. Shuningdek, ozbeklar, qoraqalpoqlar, qozoqlar ham istiqomat qilishmoqda.

Qishloqda ikkita maktab faoliyat yuritmoqda. Ularda turkman tilida oqitiladigan sinflar mavjud oz ona tilida saboq olmoq niyatida bolgan oquvchilarga tajribali pedagoglar ustozlik qilishyapti. Turkman tilidagi oquv darsliklar yetarlicha.

Uzoq yillar maktabda saboq berib, hozirda keksalik gashtini surayotgan Dushi Murodniyozov yurtimizdagi millatlararo totuvlik, bagrikenglik haqida faxr bilan sozlaydi:

Qishlogimiz odamlari juda ahil yashashadi, deydi u. Urf-odatlarimiz, toy-tomoshalarimiz bir. Qishloqda turkman qizini kelin qilmagan oila yoq, shuningdek ozbek qizlariga qaynona bolmagan turkman onaxonlarimiz ham.

Ildizimiz bir Maxtumquli ozbeklarga qanchalik qadrli bolsa, Navoiy hazratlari turkmanlar uchun shunchalik aziz. Yaqinda Urganch tumanidagi Goybu qishlogiga yolim tushdi. Asosan turkmanlar istiqomat qilayotgan bu qishloqda zamonaviy maktablar, namunali turar joylar barpo etilgan. Korib kozingiz quvonadi. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Xorazmga tashrifi davomida aynan shu qishloqdagi obodonchiliklar bilan tanishdi, turkman birodarlarimiz bilan uchrashdi. Ularni oynai jahon orqali korib, ikki xalqning inoqligiga, bunga mamlakatimiz rahbari alohida e’tibor berayotganiga, bu siyosatni oz hayotimizda korib, his qilib goyatda baxtiyorligimizdan kozlarimga yosh keladi.

Sarimoy qishlogining yana bir oziga xos tomoni bu yerda tabiiy yaylovlarning kopligi. Shundan qishloqda yashaydigan har bir xonadonda ellik boshdan uch yuz boshgacha qoy, besh boshdan hatto 40 boshgacha qoramol asraladi. Chorva asosan yaylovlarda boqilgani uchun serdaromad, chiqimi oz. Aynan shu sabab sarimoyliklar oziga toq, tokin hayot kechirayotgan insonlardir.

Sarimoy qishlogi bilan Qoraqalpogiston Respublikasining Tortkol tumani deyarli chegaradosh. Aynan Tortkol tumanidagi bir qator qishloqlarda ham turkmanlar bir oila farzandlari kabi ozbeklar, qoraqalpoqlar bilan ahil-dost bolib yashashmoqda.

Sarimoy qishlogiga Tortkoldan, Urganch shahri hamda Hazorasp tumani markazidan yolovchi avtobuslar hamda yonalishli Gazel taksilari muntazam qatnovi yolga qoyilgan. Bu esa eng chekka qishloqdagi fuqarolarning ogirini yengil, bordi-keldilarini oson qilmoqda.

Ozaro totuvlikka nima yetsin, deydi qishloq oqsoqoli Jumadurdi Torayev. Barcha millat vakillari bir yoqadan bosh chiqarib, yurtimiz obodligi, buyuk kelajagimizni bunyod etish yolida bahamjihat mehnat qilmoqdamiz. Prezidentimizning yaqin qoshnilar bilan olib borayotgan dostona siyosati tinch, farovon hayotimizning poydevoriga aylanmoqda.

Rozimboy HASAN,

Ozbekiston ovozi muxbiri.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: