O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
24.04.2018

TURKMANISTON MILLIY KORGAZMASI ISHTIROKCHILARI VA MEHMONLARIGA

Hurmatli ko‘rgazma ishtirokchilari!

Turkmanistonning yetakchi korxonalari, kompaniya va tashkilotlari rahbarlari!

Qadrli dostlar!

Turkmaniston Prezidenti hurmatli Gurbanguli Myalikguliyevich Berdimuhamedovning Ozbekiston Respublikasiga davlat tashrifi doirasida Toshkentda otkazilayotgan Turkmaniston milliy korgazmasining barcha ishtirokchilari va mehmonlarini ulkan mamnuniyat bilan samimiy qutlayman.

Ozbekiston va Turkmaniston – strategik sheriklardir. Bizning xalqlarimizni kop asrlik dostlik va yaxshi qoshnichilik rishtalari, umumiy tarix, din va til, madaniyat, urf-odat va an’analar mushtarakligi mustahkam boglab keladi.

Ozbekiston va Turkmaniston ortasidagi kop qirrali hamkorlik qatiy siyosiy iroda hamda oliy darajadagi samarali uchrashuvlar davomida erishilgan kelishuvlarni birgalikda amalga oshirayotganimiz tufayli izchil rivojlanib, aniq mano-mazmun bilan boyib bormoqda.

Hech shubhasiz, ozaro hamkorligimizning ustuvor yonalishini savdo-iqtisodiy soha tashkil etadi. Otgan qisqa davrda biz bu borada haqiqatan ham muhim ahamiyatga molik natijalarga erishdik.

Keyingi yillarda birinchi marta ozaro savdo hajmi jadal suratlar bilan ortib bormoqda. Mamlakatlarimiz korxonalari va tashkilotlari ortasida iqtisodiyotning ananaviy ravishda bir-birini toldiradigan tarmoqlarida kooperatsiya aloqalari kuchaymoqda.

Bu orinda avvalo yoqilgi-energetika majmuasi, qishloq xojaligi, mashinasozlik, temir yol transportini modernizatsiya qilish va boshqa koplab sohalardagi loyihalar haqida soz bormoqda.

Biz transport kommunikatsiyalarini rivojlantirish hamda davlatlarimiz va butun mintaqamizning ulkan tranzit salohiyatini samarali ishga solishga qaratilgan ozaro manfaatli hamkorlikni kengaytirmoqdamiz.

Takidlash kerakki, bugungi kunda mamlakatlarimiz biznes hamjamiyatlari ortasidagi izchil ishbilarmonlik aloqalari hamda hududlararo mustahkamlanib borayotgan hamkorlik doirasida keng istiqbollar ochilmoqda.

Muhtaram dostlar!

Bundan bir oy oldin Ashxobodda Turkmaniston Prezidentining bevosita qollab-quvvatlashi bilan Ozbekiston milliy sanoat korgazmasi muvaffaqiyatli otkazilgan va u turkmanistonlik sheriklarimizda katta qiziqish uygotgan edi.

Bugun biz mamlakatimizning nafaqat ishbilarmon doiralari, balki butun jamoatchiligining etibor markazida turgan Turkmaniston milliy korgazmasini ochmoqdamiz.

Korgazma majmuasida bugungi Turkmaniston iqtisodiyotining ulkan salohiyati va yuksak etirofga molik yutuqlari, uning boy tabiiy, ilmiy va intellektual resurslari, zamonaviy texnologiyalari keng namoyish etilmoqda.

Shu bilan birga, bu yerda tashkil etilgan yorqin ekspozitsiya qardosh turkman xalqining qadimiy va noyob madaniyati hamda ananalari bilan yaqindan tanishish imkonini beradi.

Turkmanistonning xalqaro miqyosda etirof etilgan barcha yutuqlari hurmatli Gurbanguli Myalikguliyevich Berdimuhamedovning chuqur oylangan, samarali siyosati natijasi ekanini alohida qayd etishni istardim.

Qadrli korgazma ishtirokchilari va mehmonlari!

Sizlarni ikki tomonlama munosabatlarimizdagi qutlug voqea Ozbekiston poytaxtida Turkmaniston milliy korgazmasi ochilishi bilan yana bir bor chin qalbimdan tabriklayman.

Ishonchim komil, korgazma yakunida iqtisodiyotning turli tarmoqlarida kooperatsiya aloqalarini rivojlantirishga, mamlakatlarimiz ortasidagi ozaro manfaatli hamkorlikni dost xalqlarimiz farovonligi yolida yanada mustahkamlashga xizmat qiladigan istiqbolli loyihalarni amalga oshirish boyicha yangi savdo shartnomalari va bitimlar imzolanadi.

Barchangizga korgazmada samarali ish olib borish, muvaffaqiyatli muzokaralar otkazishni tilayman.

Mehmondost Ozbekiston zaminiga xush kelibsiz!

Shavkat MIRZIYOYEV,

Ozbekiston Respublikasi Prezidenti


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: