O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Aprel 2020   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 31 1 2 3 4 5
6 7 8 9 10 11 12
13 14 15 16 17 18 19
20 21 22 23 24 25 26
27 28 29 30 1 2 3
21.04.2018

Fuqarolarni ijtimoiy qollab-quvvatlash boyicha qoshimcha chora-tadbirlar hamda ozboshimchalik bilan qurilgan turar joylarga nisbatan mulk huquqini etirof etish boyicha bir martalik umumdavlat aksiyasini otkazish togrisida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni

Mamlakatda aholiga, birinchi navbatda, qishloq joylarida munosib uy-joy sharoitlarini yaratishga qaratilgan keng kolamli davlat dasturlari amalga oshirildi.

Xususan, 2009-2017 yillar davomida 81 992 ta uy qurildi, 6 624 ta uy-joy massivi barpo etildi, zarur muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmalari otkazilishi ta’minlandi. 2016 yildan qishloq aholisi uchun yangilangan namunaviy loyihalar boyicha arzon uy-joylar qurilishini nazarda tutuvchi sifat jihatidan yangi davlat dasturi amalga oshirilmoqda. 2017 yilning ozida qishloq joylarida 18 mingdan ortiq qulay shart-sharoitga ega bolgan uylar barpo etildi.

Shuningdek, fuqarolarning qonunchilikda meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi asosida ajratilgan yer uchastkalarida yakka tartibda uy-joy qurish huquqi kafolatlangan.

Shu bilan birga, yer tuzish va kadastr organlari tomonidan otkazilgan respublika kochmas mulk fondining yalpi xatlovi yakka tartibda uy-joy qurish sohasida, ayniqsa, qishloq joylarida qonuniylikni taminlash masalalarida tizimli xatolar va jiddiy kamchiliklarga yol qoyilganligini korsatdi.

Xususan, uy-joyga ega bolish va qurishning qonuniy mexanizmlari mavjud bolishiga qaramasdan minglab fuqarolar kop yillar davomida ozboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalarida yakka tartibda uy-joylarni noqonuniy barpo etishgan.

Bunday holatlarning yuz berishiga davlat organlari, eng avvalo, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat, shu jumladan, yer kadastri, arxitektura va qurilish sohasidagi vakolatli organlarning beparvoligi sabab boldi.

Fuqarolarga yer uchastkalarini uy-joy qurish uchun muayyan tolov evaziga noqonuniy berish yuzasidan fermer va dehqon hojaliklarining til biriktirishi boyicha koplab holatlar mavjud.

Natijada ushbu muammo butun respublika boyicha ommaviy tus oldi va uy-joy uchun zarur hujjatlarning mavjud emasligi aholida boshqa ijtimoiy muammolarning kelib chiqishiga, xususan, haqiqatda yashab turgan joyga propiska qilinishi, mulk huquqiga ega bolish va uni amalga oshirish imkoniyati mavjud emasligiga olib keldi.

Fuqarolarning uy-joy mulkiga kadastr hujjatlarini berishni sorab Ozbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasiga 5 mingdan ortiq, deputatlar, senatorlar, davlat hokimiyati organlari mansabdor shaxslari tomonidan otkazilgan sayyor qabullarda 3 mingdan ziyod murojaatlari kelib tushgan.

Uy-joyga doir huquqlarning amalga oshirilishi va aholini ijtimoiy qollab-quvvatlash uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish, yer uchastkalaridan oqilona va samarali foydalanish, shuningdek, fuqarolarga tegishli bolgan turar joylarni davlat royxatidan otkazishda komaklashish maqsadida:

1. Ozbekiston Respublikasi Adliya vazirligi hamda Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qomitasining fuqarolarning ozboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalari yoki imorat qurish uchun ruxsatnoma olmasdan qurilgan turar joylariga nisbatan mulk huquqini etirof etish boyicha bir martalik umumdavlat aksiyasini (keyingi orinlarda bir martalik aksiya deb yuritiladi) elon qilish togrisidagi taklifiga rozilik berilsin.

2. Belgilab qoyilsinki, 2019 yil 1 mayga qadar:

a) mazkur Farmon qabul qilingan vaqtga qadar qurilish maqsadlari uchun ajratilmagan yer uchastkalarida yoki imorat qurish uchun ruxsatnoma olmasdan qurilgan turar joyga (keyingi orinlarda ozboshimchalik bilan qurilgan imorat deb yuritiladi) nisbatan mulk huquqi ushbu obektga oz shaxsiy mulki kabi halol, oshkora va uzluksiz egalik qilayotgan shaxsga quyidagi shartlar asosida:

ushbu yer uchastkasi (uchastkaning bir qismi) unga qonun hujjatlariga muvofiq turar joy qurish uchun ajratilishi mumkin bolmagan yer maydonida joylashmagan bolsa;

ozboshimchalik bilan qurilgan imorat shaharsozlik normalari va qoidalari talablarini buzmayotgan bolsa, shuningdek, uning saqlab qolinishi boshqa shaxslarning huquqlari va qonun bilan qoriqlanadigan manfaatlarini buzmasa yoxud fuqarolarning hayoti va sogligiga xavf tugdirmasa etirof etiladi. Ozboshimchalik bilan qurilgan imoratga nisbatan mulk huquqi etirof etilmaydigan aniq holatlar Ozbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi;

b) ozboshimchalik bilan qurilgan imoratga nisbatan mulk huquqi:

Ozbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga asosan tashkil etiladigan Kochmas mulkka nisbatan huquqni etirof etish ishlarini tashkil etish boyicha komissiyaning taqdimnomasiga kora tuman (shahar) hokimining qarori bilan;

umumiy mulk huquqi haqidagi fuqarolik va oila togrisidagi qonun hujjatlarining qoidalariga amal qilish sharti bilan;

eng kam ish haqining besh baravari miqdorida bir martalik yigim tolangandan keyin amalga oshiriladi;

v) ozboshimchalik bilan qurilgan imoratga nisbatan mulk huquqini etirof etishda mulkdorga u qurilgan yer uchastkasiga (uchastkaning bir qismiga) qonun hujjatlarida belgilangan normalar doirasida meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi berilib, ortiqcha qismi Ozbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 121-moddasida nazarda tutilgan jarima solinmasdan zaxira yerlariga olib qoyiladi.

3. Ozbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ikki hafta muddatda mazkur Farmonning ijrosini tashkil etish boyicha qaror qabul qilsin.

4. Qoraqalpogiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Ozbekiston Respublikasi Oliy sudi bir martalik aksiyaning amal qilish muddati tugagunga qadar:

sudlarga ozboshimchalik bilan qurilgan imoratlarni buzib tashlash boyicha davo kiritish toxtatib turilishini, qonun hujjatlariga asosan turar joy qurish uchun ajratilishi mumkin bolmagan yer maydonida joylashgan yer uchastkasida (uchastkaning bir qismida) qurilgan obektlar bundan mustasno;

sudlarning turar joy sifatida foydalanilayotgan ozboshimchalik bilan qurilgan imoratlarni buzib tashlash togrisidagi korib chiqilayotgan davolar hamda ijro qilinmagan qarorlari boyicha belgilangan tartibda kelishuv bitimlari tuzilishini taminlasinlar.

5. Ozbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi joylarda Kochmas mulkka nisbatan huquqni etirof etish ishlarini tashkil etish boyicha komissiya faoliyatida qonuniylikning taminlanishi ustidan qatiy nazorat ornatsin.

6. Belgilab qoyilsinki:

ozboshimchalik bilan qurilgan imoratlarga nisbatan mulk huquqini etirof etish bir martalik xarakterga ega hamda mazkur Farmonning 2-bandida korsatilgan muddatdan kechiktirilmasdan amalga oshiriladi;

Qoraqalpogiston Respublikasi Joqorgi Kengesi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari, boshqa vakolatli organlarning mansabdor shaxslari keyinchalik ozboshimchalik bilan qurilgan imoratlarga yol qoyganliklari uchun shaxsan javobgar hisoblanadi.

7. Ozbekiston Respublikasi Adliya vazirligi ikki oy muddatda:

bir martalik aksiyaning amal qilish muddati tugagandan keyin ozboshimchalik bilan qurilgan imoratlarga nisbatan mulk huquqini etirof etish mumkinligi togrisidagi fuqarolik qonun hujjatlari normalarini bekor qilishni;

ozboshimchalik bilan qurilgan imoratlar uchun javobgarlikni kuchaytirishni nazarda tutuvchi takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.

8. Ozbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Ozbekiston Matbuot va axborot agentligi, Ozbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qomitasi, Qoraqalpogiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari mazkur Farmonning mazmun-mohiyati ommaviy axborot vositalarida keng yoritilishini tashkil etsin.

9. Ozbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qomitasi Adliya vazirligi hamda Qurilish vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan ozgartish va qoshimchalar togrisida Ozbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.

10. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Ozbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N.Aripov va Ozbekiston Respublikasining Bosh prokurori O.B.Murodov zimmasiga yuklansin.

Ozbekiston Respublikasi Prezidenti

Sh.MIRZIYOYEV

Toshkent shahri,

2018 yil 20 aprel


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: