O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Sentabr 2018   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
27 28 29 30 31 1 2
3 4 5 6 7 8 9
10 11 12 13 14 15 16
17 18 19 20 21 22 23
24 25 26 27 28 29 30
19.04.2018

DAVO TALABLARI QANOATLANTIRILMADI

Gazetamizning 8 fevral sonida chop etilgan «Mas’uliyatsizlik muammolarni keltirib chiqaradi, odamlarni ovora qiladi, jamiyatga ziyon yetkazadi» sarlavhali maqola elon qilingan edi. Unda O‘zbekkino milliy agentligi Xorazm viloyat hududiy bolimi bilan Xorazm viloyat kinofondi davlat unitar korxonasi ortasida vujudga kelgan mojaroga ikki yildan buyon yechim topilmayotgani, bu masala fuqarolik ishlari boyicha sudlarda qayta-qayta korilayotgani haqida fikr-mulohazalar bildirilgan edi.

Fuqarolik ishlari boyicha Xorazm viloyat sudidan kelgan javob xatida quyidagilar malum qilinadi:

Fuqarolik ishlari boyicha Urganch tumanlararo sudining 2017 yil 16 martdagi hal qiluv qaroriga kora, davogar Raximov Ruslan Rustamovich, Yuldashev Atabek, Atajanov Umid Kamiljanovich, Jumaniyazova Zulfiya Xodjaniyazovnalarning javobgar Ozbekkino milliy agentligi Xorazm viloyat hududiy bolimi, sherik javobgar TIF Milliy bank Urganch bolimiga nisbatan majburiy progul vaqti uchun ish haqi va manaviy zararni undirish haqidagi davo arizasi qisman qanoatlantirilgan.

Mazkur hal qiluv qaroridan norozi bolib, javobgar Ozbekkino milliy agentligi Xorazm viloyat hududiy bolimi apellyatsiya tartibida shikoyat keltirib, unda birinchi instansiya sudining hal qiluv qarorini bekor qilib, davo arizani rad qilish haqida yangi hal qiluv qarori chiqarishni soragan.

Fuqarolik ishlari boyicha Xorazm viloyat sudi apellyatsiya instansiyasining 2017 yil 20 iyundagi ajrimi bilan sud qarori ozgarishsiz qoldirilgan.

Fuqarolik ishlari boyicha Xorazm viloyat sudi apellyatsiya instansiyasining 2017 yil 20 iyundagi ajrimiga nisbatan Ozbekiston Respublikasi Oliy sudi raisining orinbosari tomonidan protest keltirilgan.

Ozbekiston Respublikasi Oliy sudi fuqarolik ishlari boyicha sudlov hayatining 2018 yil 8 yanvardagi ajrimi bilan fuqarolik ishlari boyicha Xorazm viloyat sudi apellyatsiya instansiyasining 2017 yil 20 iyundagi ajrimi bekor qilinib, ish yangidan korish uchun apellyatsiya instansiya sudiga yuborilgan.

Fuqarolik ishlari boyicha Xorazm viloyat sudi apellyatsiya instansiyasining 2018 yil 13 fevraldagi ajrimi bilan davogar Raximov Ruslan Rustamovich, Yuldashev Atabek, Atajanov Umid Kamiljanovich, Jumaniyazova Zulfiya Xodjaniyazovnalarning javobgar Ozbekkino milliy agentligi Xorazm viloyat hududiy bolimi, sherik javobgar TIF Milliy bank Urganch bolimiga nisbatan majburiy progul vaqti uchun ish haqi va manaviy zararni undirish haqidagi davo arizasi boyicha yuritilgan fuqarolik ishi yuzasidan fuqarolik ishlari boyicha Urganch tumanlararo sudining 2017 yil 16 martdagi hal qiluv qarori qisman bekor qilingan.

Davogarlar Raximov Ruslan Rustamovich, Yuldashev Atabek, Atajanov Umid Kamiljanovich, Jumaniyazova Zulfiya Xodjaniyazovnalarning javobgar Ozbekkino milliy agentligi Xorazm viloyat hududiy bolimi, sherik javobgar TIF Milliy bank Urganch bolimiga nisbatan majburiy progul vaqti uchun ish haqi, advokat xarajatlarini undirish haqidagi davo talablarini qanoatlantirishni rad etish boyicha yangi hal qiluv qarori chiqarilgan.

Hal qiluv qarorining qolgan qismi ozgarishsiz qoldirilgan. Davo arizasidagi Elbek Otajonovning imzosini qalbakilashtirishga aloqador shaxslarni aniqlash hamda ularning harakatlariga huquqiy baho berish uchun xususiy ajrim chiqarilib, Xorazm viloyat prokuraturasiga yuborilgan.



Viloyat sudi raisi

J.Nafasov.





DB query error.
Please try later.