O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Mart 2020   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
24 25 26 27 28 29 1
2 3 4 5 6 7 8
9 10 11 12 13 14 15
16 17 18 19 20 21 22
23 24 25 26 27 28 29
30 31 1 2 3 4 5
19.04.2018

JAMIYATDA TOSIQSIZ MUHIT YARATILISHI HAMMAMIZ UCHUN MUHIM

O‘zbekiston XDP Markaziy Kengashi «Nogironligi bolgan shaxslarning huquqlari togrisida»gi qonun loyihasi muhokamasiga bagishlangan yigilish otkazdi. Unda partiya faollari, Nogironlar, Kozi ojizlar, Karlar jamiyatlari, Nogironlar assotsiatsiyasi va Sogliqni saqlash vazirligi mas’ullari hamda deputatlar ishtirok etdi.

1991 yilda qabul qilingan Nogironlarni ijtimoiy himoya qilish togrisidagi qonun mamlakatimizda nogironligi bolgan shaxslarga tosiqsiz muhit yaratish, ularning manfaatlarini taminlash borasidagi islohotlarga asos bolib xizmat qilib kelmoqda. Vaqt va zamon yangilanishlarni, yuksalishlarni talab qiladi. Shu manoda, amaldagi qonun BMTning Nogironlar huquqlari togrisidagi Konvensiyasida belgilangan xalqaro standartlarga javob bermaydi.

Davlatimiz rahbarining 2017 yil 1 dekabrda qabul qilgan Nogironligi bolgan shaxslarni davlat tomonidan qollab-quvvatlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari togrisidagi farmoni mavjud muammolarni bartaraf etish, qonunchiligimizni takomillashtirishga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir. Unda nogironligi bolgan shaxslarni qollab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish, ularning huquq va erkinliklarini himoya qilish kafolatlarini kuchaytirish masalalari qamrab olingan.

Ushbu Farmonga muvofiq, BMTning Nogironlar huquqlari togrisidagi Konvensiyasini ratifikatsiya qilishga tayyorgarlik korish, Nogironligi bolgan shaxslarning huquqlari togrisidagi qonun loyihasini ishlab chiqish yuzasidan amaliy chora-tadbirlar olib borilmoqda. Bu qonun nogironligi bolgan shaxslarga tibbiy-ijtimoiy yordam korsatish va reabilitatsiya qilish samaradorligini oshirish, ularning talim olishi, kasb-hunar egallashi, ishga joylashishida muhim omil boladi.

Yigilishda Nogironligi bolgan shaxslarning huquqlari togrisidagi qonun loyihasiga takliflar berildi. Xususan, bunday shaxslar turmush kechirishi, oqishi, ishlashi uchun qanday tosiqlarga duch kelayotganini organib, ularni bartaraf etish choralarini qonunchilikda aks ettirish boyicha fikr-mulohazalar bildirildi. Takidlandiki, mazkur hujjat nogironligi bolgan shaxslarning qonuniy manfaatlarini taminlashni sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqishi lozim.

Qonun loyihasida davlat va nodavlat tuzilmalar masuliyatini oshirish, nogiron tushunchasini muomiladan chiqarish, uning orniga nogironligi bolgan shaxs atamasini joriy etish kozda tutilgan. Yani nogironligi bor kishiga nogiron sifatida emas, shaxs sifatida munosabatda bolish belgilanadi. Bu yondashuv yangi qonun loyihasining butun mazmun-mohiyatiga singdiriladi.

Yigilishda nogironligi bolgan shaxslarni qollab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish hamda ularning huquq va erkinliklarini himoya qilish kafolatlarini kuchaytirish boyicha kompleks chora-tadbirlar dasturini amalga oshirish borasida hamkorlik masalalari kelishib olindi.



Zilola UBAYDULLAYEVA,

Ozbekiston ovozi muxbiri.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: