O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Mart 2020   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
24 25 26 27 28 29 1
2 3 4 5 6 7 8
9 10 11 12 13 14 15
16 17 18 19 20 21 22
23 24 25 26 27 28 29
30 31 1 2 3 4 5
19.04.2018

SHIRKATDAN SHIKOYAT QILMANG, UNI BOSHQARISHDA OZINGIZ ISHTIROK ETING

O‘zbekiston XDP Markaziy Kengashi va Uy-joy kommunal xizmat korsatish vazirligi hamkorligida «Uy-joy, kommunal xojaligi sohasidagi muammo va yechimlar» mavzusida davra suhbati otkazildi.

Uy-joy, kommunal sohadagi muammolar hech birimizga begona emas, dedi Uy-joy kommunal xizmat korsatish vazirligi boshqarma boshligi Dilshod Ostonov. Joriy yilning 1 aprel holatiga kora, vazirligimizga shirkatlar faoliyati yuzasidan bir ming yuzdan ortiq shikoyat tushgan. Imkoniyat darajasida ularni yechishga harakat qilyapmiz. Ammo kopchilik hali ham sohada yangi tizimga otilgani va shirkatlar faoliyatida fuqarolarning ozlari bevosita ishtirok etishi kerakligini chuqurroq anglab yetgani yoq. Shirkat raislari bilan bolgan suhbatda aholining hisobot majlislariga chiqmaslik holatlari kop kuzatilayotganini eshitamiz. Bu ularning oz mulklariga befarq qarashlarini anglatmaydimi?..

Joriy yilga moljallangan Davlat dasturida Xususiy uy-joy shirkatlari togrisidagi qonun loyihasini ishlab chiqish lozimligi belgilab qoyilgan. Shunga asosan qonun loyihasini ishlab chiqish rejasi tasdiqlangan. Bu ishga ondan ortiq vazirlik vakillari va yigirma nafardan ortiq malakali mutaxassislar jalb qilingan.

Mart oyidan boshlab Facebook ijtimoiy tarmogidagi mjkouz guruhida sohadagi 8 yonalish asosida savolnomalar e’lon qildik. Togri, qonun loyihasi tayyor bolgach, xalq muhokamasiga qoyiladi. Biz jarayonga qadar qonun loyihasini mukammal tayyorlashga intilyapmiz. Shu orinda guruh foydalanuvchilari tomonidan bildirilayotgan takliflar orinli va hayotiyligi bilan ajralib turganini aytib otmoqchiman. Masalan, kop qavatli turarjoy binolarining birinchi qavatida tadbirkorlik qilish maqsadida kopgina xonadonlar noturarjoy sifatida royxatdan otkazilgan. Tabiiyki, ular xizmat turiga qarab moslashtirilgan. Ayrimlarida tayanch devorlar olingan holatlar ham kozga tashlanmoqda. Bu zilzila yoki boshqa tabiiy ofat vaqtida bino sifatiga jiddiy tasir qilishi mumkinligini anglatadi. Aholi tomonidan bunday noturarjoy binolariga jarima solish va qayta jihozlash amaliyotini yolga qoyish lozimligi haqidagi takliflar bildirilmoqda.

Vazirlik qoshida uy-joy fondini nazorat qilish maqsadida inspeksiya tashkil etilgan. Lekin uning samarali faoliyat yuritishiga amaldagi qonunchilikdagi muammolar tosiq bolayotganini ham rad eta olmaymiz. Inspeksiya har bir xonadongacha bolgan hududning texnik holatini nazorat qiladi. Ammo xonadonlarga kirish imkoniyati yoqligi, yani shaxsiy mulk daxlsizligi bois, inspeksiya oz faoliyatini tolaqonli amalga oshirolmayapti. Shikoyat xati tushsagina, joyiga chiqib, uning mazmuni bilan tanishamiz. Malumki, avariya holatidagina mahalla va fuqarolar ishtirokida xonadonlarga kirishga ruxsat bor. Qoshnilar orasida kommunal sohaga tegishli nizoli holatlar yuzaga kelganda uyni kozdan kechirishga ham vakolatimiz yoq.

Partiyamiz Uy-joy kommunal xizmat korsatish vazirligi bilan memorandum imzolagan, dedi OzXDP Markaziy Kengashi bolim boshligi Boymurod Yusupov. Bugungi kunda mazkur memorandum ijrosini taminlash borasida muayyan ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, Xususiy uy-joy shirkatlari togrisidagi qonun loyihasini ishlab chiqish boyicha takliflar berilmoqda.

Shu orinda bir jihatga etiboringizni qaratsam, shirkatlar kredit olib, mablagning asosiy qismini kop qavatli turarjoylarning tom qismi va podezdlarni tamirlashga sarflamoqda. Ichki yollarga beton qoplamalari yotqizilyapti. Bazi hollarda kredit togri sarflanmay, aholi ishonchini suiistemol qilish holatlari ham kozga tashlanib qolyapti. Oqibatda aholi ziyon koryapti. Shuni alohida aytish kerakki, kreditni qoplash maqsadida belgilangan tolov miqdori sezilarli darajada oshirilmoqda. Ammo ularning orasida ehtiyojmand aholi vakillarining ham borligini unutmasligimiz kerak. Qariyb bir yarim barobar oshirilgan tolovni tolashga qurbi yetmaydigan oilalar ham yoq emas. Bunday aholi vakillari uchun malum bir imtiyozlar yaratilishi lozim. Shu orinda amaliy takliflar ishlab chiqib, tegishli davlat organlariga taqdim etish muhim masala hisoblanadi.

Uy-joy va Shaharsozlik kodekslariga ozgartish va qoshimchalar kiritish darkor. Bu jarayonda uy-joy kommunal sohasidagi muammolarni bartaraf qilishga alohida etibor qaratish talab etiladi.

Davra suhbatida xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashidagi OzXDP guruhi azosi Nigora Eshmetova sozga chiqib, sohada amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyatini jamoatchilik orasida keng tushuntirish, aniqlangan muammolar yuzasidan deputatlik nazoratini kuchaytirish haqida fikr-mulohazalarini bildirdi.

Mutaxassislar ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga javob berdi.



Mahliyo ALIQULOVA,

Ozbekiston ovozi muxbiri.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: