O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
19.04.2018

OQITUVCHINING MAJBURIY MEHNATIGA KIM AYBDOR?

Ijtimoiy soha xodimlarining jamoat ishlariga majburiy jalb etilayotgani, bu borada ayrim mahalliy rahbarlar qonunbuzarlik va ko‘zboyamachilik holatlariga yol qoyayotgani Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan jiddiy tanqid qilindi.

Ozbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.Aripov rahbarligida joriy yil 17 aprel kuni otkazilgan hududlarda dala va tozalash-obodonlashtirish ishlariga tibbiyot va ta’lim muassasalari xodimlari, talabalar va ijtimoiy soha vakillarini jalb qilishni taqiqlash hamda ushbu holatlarga yol qoygan barcha darajadagi hokimlar va rahbarlarning shaxsiy masuliyati va javobgarligini oshirishga qaratilgan choralarni belgilash masalasiga bagishlangan videoselektor yigilishi ham ayni shu mavzuga bagishlandi. Unda Samarqand viloyatida ham oqituvchi va shifokorlarni obodonlashtirish, qishloq xojalik ishlariga jalb etish holatlari mavjudligi takidlandi.

Kattaqorgon tumanidagi 42-umumtalim maktabi oqituvchisi D.Enikeyeva bilan u jamoat ishlariga jalb etilgan vaqtda roy bergan fojia, Paxtachi tumanida oqituvchilarning chigit ekish ishlariga, Nurobod tumanida esa «Obod qishloq» dasturi asosidagi obodonlashtirish ishlariga safarbar etilgani tilga olinib, bunday holatlarga chek qoyish lozimligi qayd etildi. Mazkur yigilishda bir qator hokimlar, mutasaddi idoralar rahbarlari bilan birga Samarqand viloyati xalq talimi boshqarmasi boshligi R.Yoldoshevga ham hayfsan berildi.

Kattaqorgon tumanida roy bergan fojiada viloyat xalq talimi tizimidagi barcha rahbarlar aybdormiz, deydi R.Yoldoshev. Hashar, obodonlashtirish ishlarida qatnashish har birimizning vijdon amrimiz bilan boladigan ish. Bunga birovni majburlash notogri. Afsuski, eskicha qarash tufayli yoki kimgadir yaxshi korinish uchunmi, Kattaqorgon tumani xalq talimi bolimi va 42-umumtalim maktabi rahbarlari amaldagi qoidalarga zid ravishda oqituvchilarni obodonlashtirish ishlariga jalb qilgan. Uning oqibati esa bugun kopchilikka yaxshi malum.

Mazkur holat Xalq talimi vazirligi va Samarqand viloyati hokimligi, tegishli huquq-tartibot organlari tomonidan organilib, zarur chora-tadbirlar belgilandi. Kattaqorgon tumani xalq talimi bolimi mudiri A.Jumanazarov va 42-umumtalim maktabi direktori N.Boltayeva vazifasidan ozod etildi. Boshqa masul shaxslarga ham tegishli intizomiy choralar belgilandi.

Paxtachi va Nurobod tumanlarida oqituvchilarning qishloq xojalik va obodonlashtirish ishlariga jalb etilgani yuzasidan ham ushbu tumanlar hokimlari bilan suhbatlashib, bunday holatlarga boshqa yol qoymaslik togrisida kelishib olindi. Mazkur tumanlar xalq talimi bolimlari mudirlari tegishli tartibda ogohlantirildi.

Umuman, bugun viloyatimizdagi oqituvchilar Prezidentimizning Sirdaryo viloyati faollari bilan uchrashuvda kuyinib aytgan gaplarini qalbdan his qilib, asosiy etiborni talim sifati va mazmunini oshirishga qaratmoqdalar.

Viloyat xalq talimi boshqarmasi boshligining aytishicha, Bosh vazir rahbarligida otkazilgan yigilishda belgilab berilgan vazifalar hamda Ozbekiston Respublikasi Prezidenti matbuot kotibi brifingida bildirilgan fikrlardan kelib chiqib, kelgusi haftada Samarqand viloyatining barcha tuman, shaharlarida ijtimoiy soha xodimlarini jamoat ishlariga majburiy jalb etishning oldini olish, mehnat munosabatlarining huquqiy asoslari yuzasidan huquq-tartibot idoralari va boshqa tashkilotlar hamkorligida oqituvchilar uchun seminarlar tashkil etiladi.



G.HASANOV,

OzA muxbiri.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: