O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
19.04.2018

OZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI KOREYA RESPUBLIKASI TASHQI ISHLAR VAZIRINI QABUL QILDI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 18 aprel kuni mamlakatimizda tashrif bilan bolib turgan Koreya Respublikasi tashqi ishlar vaziri Kan Gyon Xva xonimni qabul qildi.

Davlatimiz rahbari mehmonni samimiy qutlar ekan, Ozbekiston va Janubiy Koreya ortasidagi kop asrlik dostlik rishtalari mustahkamlanib, strategik sheriklik munosabatlari izchil rivojlanayotganini chuqur mamnuniyat bilan ta’kidladi.

Suhbatda 2017 yil noyabr oyida Janubiy Koreyaga oliy darajadagi tarixiy tashrif hamda uning yakunida erishilgan muhim kelishuvlar Ozbekiston — Janubiy Koreya ozaro manfaatli hamkorligini sifat jihatidan yangi bosqichga kotarish va aniq amaliy mazmun bilan boyitishga xizmat qilgani alohida qayd etildi.

Mamlakatlarimiz ortasidagi savdo korsatkichlari izchil osib bormoqda. Janubiy Koreya Ozbekiston iqtisodiyotiga kiritgan investitsiyalar hajmi 7 milliard dollardan oshdi. «Posko-DEU», DjiES, Evergrin, Yanguan va boshqa koplab kompaniyalar bilan birgalikda qiymati 5 milliard dollardan ortiq yangi investitsiya loyihalari ishlab chiqilmoqda.

Joriy yilning fevral oyida Toshkentda yangi formatda savdo-iqtisodiy hamkorlik masalalari boyicha birinchi qoshma hukumatlararo uchrashuv muvaffaqiyatli otkazildi.

Sogliqni saqlash, maktabgacha talim, shahar boshqaruvi, energetika, iqtisodiyotning boshqa tarmoqlari va ijtimoiy sohani rivojlantirishda Janubiy Koreyaning ilgor tajribasi, ilmiy yutuqlari va texnologiyalaridan foydalanishga qaratilgan qoshma dasturlar faol amalga oshirilmoqda.

Koreya Respublikasining yetakchi mutaxassislari mamlakatimiz vazirliklari, idora va hokimliklari tomonidan maslahatchi sifatida jalb etilmoqda. Gumanitar, talim va turizm sohalarida almashinuvlar kengaymoqda.

Uchrashuvda davlatlarimiz ortasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash istiqbollari hamda xalqaro va mintaqaviy siyosatning dolzarb masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Ozbekiston Respublikasi Koreya Respublikasi Prezidenti Mun Chje In tomonidan Koreya yarimoroli va butun mintaqada tinchlik va xavfsizlikni taminlash borasida amalga oshirilayotgan siyosatni toliq qollab-quvvatlashi takidlandi.

Prezidentimiz rejalashtirilayotgan oliy darajadagi uchrashuvlar mamlakatlarimiz ortasidagi munosabatlarda muhim ahamiyat kasb etishi va yangi istiqbolli kelishuvlarga erishishni taminlashiga ishonch bildirdi.

Tashqi ishlar vaziri Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevga samimiy qabul uchun minnatdorlik bildirib, Koreya Respublikasi Prezidenti Mun Chje Inning salomi va ezgu tilaklarini yetkazdi.

Mehmon Janubiy Koreya Ozbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan joriy yil mart oyida Toshkent shahrida bolib otgan Afgoniston boyicha xalqaro konferensiya yakunlarini yuksak baholashini, ushbu anjuman, shubhasiz, mintaqada barqarorlik va xavfsizlikni taminlashga muhim hissa bolib qoshilishini takidladi.

Vazir Ozbekiston Prezidentiga Janubiy Koreya fuqarolari uchun vizasiz tartib joriy etish togrisida qabul qilingan qaror uchun samimiy minnatdorlik bildirdi, bu sayyohlar oqimini salmoqli darajada oshirish va ishbilarmonlik aloqalarini kengaytirishga xizmat qilayotganini qayd etdi.

Uchrashuv songgida Kan Gyon Xva Janubiy Koreya ikki tomonlama strategik sheriklik munosabatlari va keng kolamli hamkorlikni yanada mustahkamlashga tayyor ekanini takidladi.



OzA


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: