O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
14.04.2018

PARTIYA GURUHLARI: BIRINCHI CHORAKDAGI NATIJALARNI QONIQARLI DEB BOLADIMI?..

Boymurod YUSUPOV, O‘zbekiston XDP Markaziy Kengashi bolim boshligi:

Xalq deputatlari mahalliy Kengashlaridagi partiyamiz guruhlari, ya’ni deputatlarimiz faoliyatini kuchaytirish vaqt otgan sayin dolzarb masalaga aylanib bormoqda. Chunki hududlarda qay darajada tasir kuchiga ega bolishimiz shunga bevosita bogliqdir.

Ozbekiston XDP tashkilotlari va deputatlik birlashmalarining vazifalari yuzasidan chora-tadbirlar dasturi tasdiqlangan. Unga muvofiq respublikaning barcha tuman va shaharlarida muammolarga joyida yechim topish mexanizmi joriy etilmoqda.

Jumladan, har oyning dastlabki on kunligida muayyan hududlarda Oliy Majlis Senati azolari, Qonunchilik palatasi deputatlari mahalliy Kengashlardagi partiya guruhlari bilan birgalikda organishlar otkazmoqda. Buning natijasida bir qator masalalar joyida yechim topmoqda. Partiyamiz kengashlari qoshidagi 207 ta Jamoatchilik qabulxonasiga shu yilning birinchi choragi davomida 3200 ga yaqin murojaat tushgan bolib, ularning aksariyat qismi imkon qadar joyida hal etilmoqda.

Murojaatlar mazmuni tahlil qilinganida bandlik, yosh oilalarga uy qurish uchun yer uchastkasi ajratish, qishloq vrachlik punktlari ishini tubdan takomillashtirish, bolalarni maktabgacha talim muassasalariga qamrab olish hajmini oshirish masalalari dolzarb ekani ayon boldi.

Fuqarolarni qiynayotgan muammolarni hal etishda deputatlik sorovi imkoniyatidan keng foydalanish muhim hisoblanadi. Shu yilning birinchi choragi davomida jami 2000 dan ortiq deputatlik sorovi yuborilgan bolib, ularning 1200 dan koprogi ijobiy hal bolgan, qolgan sorovlar deputatlar nazoratida turibdi.

Islohotlar hayotiyligi, aholini manzilli ijtimoiy qollab quvvatlashda barcha darajadagi partiya tashkilotlari, mahalliy Kengashlardagi partiya guruhlarining uzviy harakat qilishiga erishmogimiz lozim.

Harakatlarimizni birlashtiradigan maqsadlardan biri bu partiyamizning Harakat dasturidir. Joriy yilning birinchi choragi davomida ushbu dastur asosida partiyamiz guruhlari 251 masalani korib chiqdi. Shundan 172 masala doimiy komissiyalarga, 65 tasi esa sessiyalarga olib chiqildi.

Shuningdek, mahalliy Kengashlardagi partiyamiz guruhlari tashabbusi bilan 56 marta ijro hokimiyati vakillari hisobotlari eshitilgan. Kelgusida bunday eshituvlarni yanada kopaytirishimiz, eng muhimi, ularning aniq natija berishiga alohida etibor qaratishimiz zarur boladi.

Hududlardagi muammo va kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli tavsiyalar orqali partiya guruhlariga yaqindan komaklashilmoqda.

Qonunchilik palatasi muhokamasiga kiritilgan qonun loyihalarini jamoatchilik bilan muhokama qilish maqsadida fuqarolardan, joylardagi mahalliy Kengashlar deputatlaridan fikr va takliflar olish tartibi keng joriy etilyapti. Qonun loyihalari boyicha davra suhbatlari, jamoatchilik bahslari otkazilyapti.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: