O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
18.09.2012

SIYOSIY KURASH ASOSLI BOLSA

elektorat manfaati himoyasiga qaratilsa, bundan barcha manfaatdor bo‘ladi

SIYoSIY PARTIYaLAR ORTASIDAGI SOGLOM RAQOBATNING KUChAYIShI ENG AVVALO MAMLAKATDA DEMOKRATIK ISLOHOTLARNING ChUQURLAShAYoTGANI VA FUQAROLIK JAMIYaTI TARAQQIY ETAYoTGANIDAN DALOLAT BERADI. BUGUNGI KUNDA YuRTIMIZDA PARTIYaLARARO BAHS-MUNOZARALARNING TOBORA JONLANIB BORAYoTGANI HAM ANA ShU DEMOKRATIK JARAYoNLAR SAMARASIDIR.

Partiyalararo xolis goyaviy munosabatlar, asosli tortishuvlar elektorat siyosiy madaniyatini oshirishga, oz navbatida demokratik jarayonlarni yanada chuqurlashtirishga xizmat qiladi. Biroq, ayrim maqolalardagi yuzaki fikrlar yoki asossiz da’volardan nomiga bahs yuritilayotgani, tanqid uchun tanqid yozilayotgani sezilib qoladi. «Milliy tiklanish» gazetasining shu yil 12 sentyabr sonida chop etilgan Saylovoldi vadalar. Uni OzXDP Xovos tuman kengashidagi deputatlar unutishgan korinadi sarlavhali maqola elon qilindi. Unda Xalq deputatalari Xovos tuman Kengashiga OzXDPdan saylangan deputatlar faoliyati tanqid qilingan. Maqola asosli bolsa, inkor etish qiyin, tortishuv orinsiz boladi.

Milliy tiklanish muxbiri A.Norqulov keltirgan malumotlar haqiqatga mutlaqo zidligi uchun unga etiroz bildirish zarur, deb hisoblaymiz.

Masalan, maqolada shunday deyiladi: Joriy yilning otgan davri mobaynida tuman Kengashining 4 ta sessiyasi bolib otgan. Sessiyalar kun tartibiga qoyilgan masalalarni kuzatar ekanmiz, tuman Kengashidan eng kop deputatlik ornini egallagan OzXDP deputatlik guruhi vakillari sessiyalarda saylovchilar va elektorat manfaatlarini taminlash, hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yuzasidan aniq taklif yoki tashabbus bilan chiqishmaganiga guvoh boldik.

Gazeta muxbiri dadil turib aytgan bu fikrga oydinlik kiritish maqsadida xalq deputatlari Xovos tuman Kengashiga oid hujjatlar bilan tanishdik.

— OzXDP deputatlik guruhi tashabbusi bilan otgan yilning 4 fevralida Aholining tabiiy gaz va elektr energiyasi bilan uzluksiz taminlanishi hamda kommunal tolovlar haqida, joriy yilning 12 iyulida esa Xizmat korsatish va servis sohasini rivojlantirish hisobiga aholi bandlik darajasini oshirish togrisidagi masalalar xalq deputatlari tuman Kengashi sessiyalarida korib chiqildi, deydi tuman hokimligining tashkiliy-nazorat guruhi rahbari Faxriddin Abdusattorov. Umuman, 2011 yili bolib otgan 6 ta sessiyaning 3 tasida, joriy yilning shu davriga qadar otkazilgan 4 ta sessiyaning 2 tasida OzXDP deputatlik guruhi tashabbusi bilan hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan muhim takliflar kun tartibiga kiritildi va ular yuzasidan qarorlar qabul qilindi.

Xalq deputatlari Xovos tuman Kengashida OzXDPning 24 nafar deputati bor. Ular hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, elektoratni oylantirayotgan masalalarni bartaraf etish yuzasidan qator tashabbuslarni ilgari surmoqda. Shu yilning otgan 8 oyi davomida partiyamiz deputatlari mutasaddi tashkilotlar rahbarlariga 28 ta deputatlik sorovi yubordi, 87 marta saylovchilar bilan uchrashuvlar otkazdi. Tuman partiya kengashi qoshidagi Jamoatchilik qabulxonasida esa 142 nafar fuqaroni qabul qilib, ularga tegishli maslahatlar va muammolarni hal qilishda amaliy yordam berishdi.

Bu dalillar xalq deputatlari tuman Kengashidagi OzXDP deputatlik guruhining faoliyati bevosita partiyamizning Saylovoldi dasturini amalga oshirishga qaratilganini tasdiqlaydi.

Qiziq, Milliy tiklanish muxbiri OzXDP deputatlari tashabbus korsatmayapti, degan fikrni qayerdan oldi ekan? Axir jurnalist axborotning togriligini avval tekshirib, keyin tarqatishi zarur emasmi? Yoki qonunlarimizda belgilangan bunday meyorning Milliy tiklanish muxbiri uchun ahamiyati yoqmi?

Siyosiy bahsga kirishishdan oldin kishi puxta tayyorgarlik korib, chuqur oylab, song gapirishi, aytgan sozi uchun javobgarlikni his qilishi talab etiladi.

Maqolaga Saylovoldi vadalar. Uni OzXDP Xovos tuman kengashidagi deputatlar (?!) unutishgan korinadi deb sarlavha qoyilishining oziyoq muallifning saviyasini korsatib turibdi. Siyosiy partiya nashrida faoliyat yuritayotgan muxbir nahotki tuman partiya kengashi bilan xalq deputatlari tuman Kengashini farqlay olmasa? Axir deputatlar biror partiyaning tuman (viloyat, shahar) kengashiga emas, balki xalq deputatlari tuman (viloyat, shahar) Kengashiga saylanadi-ku. Partiyalar esa oz nomzodlarini korsatadi, xoloc.

Gazeta muxbiri OzXDPdan saylangan deputatlar faoliyatini tanqid qilmoqchi boladi-yu ammo oz partiyasining faoliyatiga toxtalmaydi?

OzMTDP Saylovoldi dasturida partiya xorijiy investitsiyalarni jalb qilish, qoshma korxonalar tashkil etish, ilgor texnologiyalarni joriy etish asosida sanoat korxonalarini va iqtisodiyotning boshqa sektorlarini doimiy ravishda modernizatsiyalash orqali raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarish chora-tadbirlarining amalga oshirilishiga komaklashishni ozining iqtisodiy sohadagi ustuvor vazifasi deb hisoblashi qayd etilgan. Bir qarashda vazifa ota dolzarb. Biroq, u amalga oshmasa, bundan kimga naf?

Milliy tiklanish muxbiri oz maqolasida tumanda Sanoat salohiyatini oshirish, shuningdek, istiqbolsiz korxonalarni tarkibiy ozgartirish, moliyaviy soglomlashtirish yoki tugatish boyicha hududiy Dastur asosida 22 ta loyiha amalga oshirilayotganini takidlaydi. Mazkur yonalishdagi ishlarga komaklashishni ozining ustuvor vazifasi, deb bilgan bu partiyadan saylangan deputatlar (uch nafar) qanday taklif va tashabbus bilan chiqqani bilan qiziqdik. Biroq bunga birorta ijobiy misol topilmadi. Mazkur tumanda Milliy tiklanish demokratik partiyasining tasir kuchi qandayligi, nega atigi uch nafar deputat saylangani, ularning amaliy ishlari negadir muxbirni tashvishlantirmaydi.

Joylarda milliy hunarmandchilikni rivojlantirish, mazkur sohada ishlayotgan kishilar mehnatini qonuniylashtirish boyicha muammolar oz emas. Shunday ekan, partiyalararo bahs-munozaralar yolgon malumotlar asosida emas, elektorat manfaatini taminlash yolidagi kurash orqali olib borilsa, bundan barcha manfaatdor boladi, deb oylaymiz.

Ibrohim JONUZOQOV


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: