O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Mart 2020   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
24 25 26 27 28 29 1
2 3 4 5 6 7 8
9 10 11 12 13 14 15
16 17 18 19 20 21 22
23 24 25 26 27 28 29
30 31 1 2 3 4 5
12.04.2018

Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini yanada qisqartirish va soddalashtirish, shuningdek, biznes yuritish shart-sharoitlarini yaxshilash chora-tadbirlari togrisida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni

2017-2021 yillarda Ozbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yonalishi boyicha Harakatlar strategiyasiga muvofiq respublikada davlatning iqtisodiyotdagi ishtirokini kamaytirish, tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlarini himoya qilish, xususiy mulkning ustuvorligini yanada kuchaytirish, biznes tashabbuslar, startaplarni har tomonlama qollab-quvvatlashga qaratilgan kompleks institutsional va tarkibiy islohotlar amalga oshirilmoqda.

Ishbilarmonlik muhitini yaxshilash boyicha qabul qilinayotgan choralar samaradorligi va natijadorligi yetakchi xalqaro moliyaviy tashkilotlar va reyting agentliklarining ijobiy baholarida xolisona aks ettirilmoqda. Jahon bankining «Biznesni yuritish – 2018» hisobotida Ozbekiston tadbirkorlik uchun yanada qulay sharoitlar yaratish boyicha islohotchi davlatlar qatorida jahonda birinchi ontalikka kirdi.

Shu bilan birga, bir qator yonalishlarda tadbirkorlik sohasini davlat tomonidan tartibga solishning byurokratlashgan metodlari hali ham saqlanib qolmoqda, bu esa, oz navbatida, mahalliy biznesning raqobatdoshligini jadal rivojlantirish, ishbilarmonlik muhitiga yangi texnologiyalar va innovatsiyalarni tatbiq qilish, qulay investitsiyaviy va ishbilarmonlik muhitini yaratish boyicha davlat siyosatining izchilligiga bolgan ishonchni mustahkamlashga tosqinlik qilmoqda. Xususan:

birinchidan, tadbirkorlik faoliyati sohasida zamonaviy talablarga javob bermaydigan, umrini otab bolgan kop miqdordagi litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillari saqlanib qolmoqda;

ikkinchidan, biznes jarayonlarini boshqarishning bozor mexanizmlari juda sekinlik bilan tatbiq etilmoqda, shu jumladan, tartibga solish funksiyalari haddan tashqari markazlashgan, ozini ozi tartibga solish va jamoatchilik nazorati mexanizmlari sust darajada qolmoqda;

uchinchidan, tadbirkorlar hanuzgacha ayrim vakolatli organlar tomonidan litsenziya va ruxsatnoma berish xususiyatiga ega hujjatlarni rasmiylashtirishda mamuriy tartib-taomillarning chozilish holatlari bilan toqnashmoqda;

tortinchidan, vakolatli davlat organlari ortasida litsenziya va ruxsat berish xususiyatidagi hujjatlarni tubdan qisqartirish, mamuriy tartib-taomillarni yanada soddalashtirish va ochiqlik darajasini oshirishga qaratilgan ozaro hamkorlik zarur darajada olib borilmayapti.

Biznesni yuritishdagi ortiqcha byurokratik jarayonlarni tubdan qisqartirish, xususiy mulkning daxlsizligini himoya qilish va kafolatlashning bozor hamda huquqiy mexanizmlarini muntazam ravishda izchil mustahkamlab borish, respublikada investitsiyaviy va ishbilarmonlik muhitini yaxshilashga qaratilgan kuchlarni jamlash maqsadida, shuningdek, Ozbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 22 yanvardagi ?017-2021 yillarda Ozbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yonalishi boyicha Harakatlar strategiyasini Faol tadbirkorlik, innovatsion goyalar va texnologiyalarni qollab-quvvatlash yilida amalga oshirishga oid Davlat dasturi togrisidagi PF-5308-sonli Farmoniga muvofiq:

1. Quyidagilar tadbirkorlik faoliyati sohasidagi litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillari borasida davlat siyosatining ustuvor yonalishlari etib belgilansin:

litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillaridan otishning soddalashtirilgan mexanizmlarini belgilash, shaffoflikni taminlash, biznes bilan ozaro munosabatlarda huquqiy aniqlikni mustahkamlash va davlat organlari tomonidan asossiz mamuriy nazoratni bekor qilish orqali litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillari sohasidagi qonunchilikni jadal takomillashtirish;

litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillari sonini bosqichma-bosqich qisqartirish, jamoatchilik nazorati, ozini ozi tartibga solish, sertifikatlash, akkreditatsiyalash, fuqarolik huquqiy javobgarlikni sugurtalash, texnik tartibga solish va boshqa zamonaviy usullar orqali tadbirkorlik faoliyatini tartibga solishning muqobil usullaridan keng foydalanish;

davlat boshqaruvi jarayoniga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini faol joriy qilish, shu jumladan, litsenziyalar va ruxsat berish xususiyatiga ega hujjatlarni berishda idoralararo hamkorlik mexanizmlaridan (G2G), shuningdek, yagona darcha tamoyilidan (G2B), eng avvalo, Ozbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligining tarkibiy bolinmalari orqali keng foydalanish.

2. Ozbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Xususiylashtirilgan korxonalarga komaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qomitasi, Savdo-sanoat palatasi, boshqa manfaatdor vazirlik va idoralarning:

2018 yil 1 iyundan boshlab tadbirkorlik faoliyati sohasidagi litsenziyalanadigan faoliyat va ruxsat berish tartib-taomillarining ayrim turlarini, shu jumladan, ularning bazi turlarini birlashtirish yoli bilan 1 va 2-ilovalarga muvofiq bekor qilish;

2018 yil 1 iyundan boshlab tadbirkorlik faoliyati sohasidagi litsenziyalar va ruxsat berish xususiyatiga ega hujjatlarni rasmiylashtirish muddatlarini 3-ilovaga muvofiq qisqartirish;

2018 yil 1 iyundan boshlab faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash boyicha funksiyalarni Ozbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasidan tegishli davlat organlariga 4-ilovadagi royxatga muvofiq otkazish;

2018 yil 1 iyundan boshlab litsenziya va ruxsat berish xususiyatiga ega hujjatlarni berish funksiyasini respublika davlat boshqaruv organlaridan ularning hududiy boshqarmalariga va mahalliy davlat hokimiyati organlariga, shuningdek, Qoraqalpogiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklaridan tuman (shahar) hokimliklariga 5-ilovadagi royxatga muvofiq otkazish;

2018 yil 1 iyundan boshlab tadbirkorlik faoliyati sohasida litsenziya va ruxsat berish xususiyatiga ega hujjatlarni olish tartib-taomillarini yanada qisqartirish va soddalashtirishga qaratilgan chora-tadbirlarni 6-ilovaga muvofiq amalga oshirish boyicha takliflari qabul qilinsin.

3. 2018 yil 1 iyundan boshlab shunday tartib joriy etilsinki, unga muvofiq tibbiyot va farmatsevtika faoliyati, giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning muomalada bolishi bilan bogliq faoliyat, kochma radiotelefon (uyali) aloqa tarmoqlari va teleradioeshittirishlarni tarqatish tarmoqlaridan foydalanish va ularga xizmat korsatish, shuningdek, neft, gaz va gaz kondensatini qazib olish, qayta ishlash va sotishni amalga oshirish huquqini beradigan litsenziyalardan tashqari, faoliyatning ayrim turlari bilan shugullanish huquqini beradigan barcha litsenziyalar amal qilish muddati cheklanmagan holda beriladi.

4. Belgilab qoyilsinki:

litsenziyalanadigan faoliyat turi doirasida bajariladigan (korsatiladigan) ishlar (xizmatlar)ning aniq royxati faoliyatning tegishli turlarini litsenziyalash tartibi togrisidagi nizomlarda korsatiladi;

agar litsenziyalovchi organ litsenziya berish togrisidagi arizani korib chiqish muddati davomida litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish togrisida qaror qabul qilmasa, litsenziya davogari korsatilgan muddat otganidan song litsenziyalovchi organni yozma ravishda xabardor qilgan holda arizada korsatilgan faoliyat turini amalga oshirishga haqlidir. Bunda litsenziyalovchi organ litsenziya davogarining yozma xabarnomasi olingandan keyin besh ish kuni ichida unga litsenziya berishi shart.

5. Ozbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi uch oy muddatda:

litsenziyalovchi va boshqa vakolatli organlar bilan birgalikda mazkur Farmon talablarini inobatga olgan holda faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash tartibi hamda ruxsat berish tartib-taomillaridan otish tartibi togrisidagi nizomlarni qaytadan korib chiqsin;

tadbirkorlik faoliyati sohasida ruxsat berish xususiyatiga ega hujjatlarni berishga vakolatli vazirlik va idoralar bilan birgalikda ruxsat berish tartib-taomillaridan otish tartibi togrisidagi barcha nizomlarning ishlab chiqilishi va tasdiqlanishini taminlasin.

6. Litsenziya va ruxsat berish xususiyatiga ega hujjatlarni berishga vakolatli organlar rahbarlari amaldagi faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash tartibi va ruxsat berish tartib-taomillaridan otish tartibi togrisidagi nizomlarning ushbu Farmon talablariga oz vaqtida muvofiqlashtirilishi uchun shaxsan masul ekanligi belgilab qoyilsin.

Ozbekiston Respublikasi Adliya vazirligi vakolatli organlar tomonidan ushbu band talablarining bajarilishi boyicha tizimli monitoring ornatsin.

7. Ozbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi Vazirlar Mahkamasi, Adliya vazirligi, Savdo-sanoat palatasi, boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda:

litsenziyalar va ruxsat berish xususiyatiga ega hujjatlar sonini keskin kamaytirish ishlarini davom ettirsin, bunda zarur hujjatlar royxatini qisqartirish, mamuriy tartib-taomillarning muddat va qiymatlarini maqbullashtirish orqali mamuriy tartib-taomillarni soddalashtirishga va ularning shaffoflik darajasini yanada oshirishga, manfaatdor maqsadli auditoriyada sorovlar otkazish, bu boradagi ilgor xorijiy tajribani tanqidiy organish, biznes hamjamiyati bilan maslahatlar otkazish hamda yetakchi xalqaro ekspertlarni jalb qilish asosida ularning raqobat muhitiga tasirini tahlil qilishga alohida etibor qaratsin;

Ozbekiston Respublikasi Prezidentiga litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillaridan otish tizimini yanada takomillashtirish boyicha tegishli takliflar kiritsin.

8. Ozbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Markaziy banki, Savdo-sanoat palatasi boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda qonun hujjatlariga mazkur Farmondan kelib chiqadigan ozgartirish va qoshimchalar togrisidagi takliflarni Ozbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.

9. Mazkur Farmonning bajarilishini nazorat qilish Ozbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N.Aripov, Ozbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi R.R.Inoyatov va Ozbekiston Respublikasi Bosh prokurori O.B.Murodov zimmasiga yuklansin.

Ozbekiston Respublikasi Prezidenti

Sh.MIRZIYOYEV

Toshkent shahri,

2018 yil 11 aprel


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: