O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Noyabr 2018   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
29 30 31 1 2 3 4
5 6 7 8 9 10 11
12 13 14 15 16 17 18
19 20 21 22 23 24 25
26 27 28 29 30 1 2
12.04.2018

REKRUTING: Parlamentda bandlikni taminlash bilan bogliq muhim qonun loyihasi muhokama etilmoqda

Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi O‘zbekiston XDP fraksiyasi yigilishida qator qonun loyihalari korib chiqildi. «Rekruting faoliyati togrisida»gi qonun loyihasi boyicha qizgin bahs-munozara boldi.

Avvalo rekruting ozi nima, degan savolga javob berishimiz lozim. Ma’lumki, mamlakatimizda fuqarolar bandligini taminlash ishlari Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, yani faqat davlat tashkilotlari tomonidan amalga oshiriladi. Yangi qonun loyihasi odamlarni ishga joylashtirish uchun xususiy tashkilotlarga ham vakolat berish bilan bogliq masalalarni nazarda tutadi. Aytish kerakki, bunday qonun loyihasi mamlakatimiz qonunchilik amaliyotida birinchi marta ishlab chiqildi. U bozor sharoitlariga muvofiq bolgan normativ-huquqiy hujjatlarni joriy etish, bandlikka komaklashish boyicha xizmatlar bozorida raqobatbardosh muhitni yaratish hamda noqonuniy mehnat migratsiyasining oldini olish maqsadida tayyorlandi.

Gap shundaki, hozirga qadar xususiy tashkilotlarning fuqarolarni yurtimiz va chet elda ishga joylashtirish bilan bogliq faoliyati huquqiy tartibga solinmagan edi. Dunyo amaliyotida bandlik sohasida xizmatlar korsatuvchi xususiy bandlik, yani rekruting agentliklari davlatdan mustaqil ravishda ish beruvchilarga va ish qidirayotganlarga xizmat korsatadi. Malumotlarga kora, rekruting kompaniyalari har yili butun jahonda 8-10 million kishining bandligini taminlaydi.

— Qonun loyihasida davlat xizmati hamda xususiy sektor tomonidan bandlikka komaklashish mexanizmlarini tartibga solish masalasi inobatga olingan, dedi Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi OzXDP fraksiyasi azosi Abdugaffor Qirgizboyev. Unda rekruting agentliklari, ish qidirayotgan shaxslarning huquq hamda majburiyatlarini aniqlashtiruvchi meyorlar ham alohida ifoda etilgan. Rekruting faoliyati tadbirkorlik bilan bogliq bolib, yuridik maqomga egadir. U ish qidirayotgan shaxslar bandligini taminlash, ish beruvchilar uchun kadrlar tanlash bilan bogliq xizmatlarni shartnoma asosida amalga oshiradi. Rekruting agentligi yurtimiz qonunchiligiga muvofiq royxatdan otgan tijorat tashkiloti hisoblanadi.

Bunday agentliklar ish qidirayotgan shaxslarga mamlakatimiz hududida mos keladigan faoliyat turini axtarib topishga yordam beradi. Shuningdek, ish beruvchilar uchun kadrlar tanlash, chet elda ish axtarayotgan shaxslar bandligini taminlash, mehnat bozorida axborot va maslahat xizmatlarini ham korsatadi.

Qonun loyihasini ishlab chiqishda xalqaro standartlar hamda rekruting faoliyatini tashkil etish va rivojlantirish boyicha xorij tajribasi inobatga olingan, dedi Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi OzXDP fraksiyasi azosi Aliya Yunusova. Qonunning qabul qilinishi katta qulaylik yaratadi. Aholini nafaqat yurtimizda, balki xorijda ish bilan taminlash imkoniyatlari keskin oshadi. Loyihada ish qidirayotgan shaxslarni chet elda ishga joylashtirish boyicha rekruting agentliklari faoliyatini tartiblashtiruvchi meyorlar alohida keltirib otilgan.

Xususan, xorij mamlakatlarida mehnat bozorini organish, ish beruvchilarni axtarib topish va oldindan tanlovdan otgan kishilarni ish bilan taminlash boyicha shartnomalar tuzish nazarda tutilgan. Chet elda mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan fuqarolarni ijtimoiy himoyalash masalasi ham etiborga olingan. Rekruting tashkilotlar Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan beriladigan litsenziya asosida ishlaydi. Ushbu vazirlik vakolatli davlat organi hisoblanib, unga rekruting agentliklari reyestrini yuritish, qonunchilik talablariga rioya etilishini nazorat qilish, litsenziya berish va qayta rasmiylashtirish vakolatlari belgilanmoqda.

Shuningdek, yigilishda Qonunchilik palatasining Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari masalalari qomitasining nomini ozgartirish togrisidagi masala ham korib chiqildi. Mazkur qomitani Innovatsion rivojlanish, axborot siyosati va axborot texnologiyalari masalalari qomitasi, deb ozgartirish haqidagi taklif qollab-quvvatlandi.

Yigilishda muhokama qilingan qonun loyihalari va boshqa masalalar boyicha fraksiya oz pozitsiyasini belgilab oldi.

Zilola UBAYDULLAYEVA,

Ozbekiston ovozi muxbiri.



DB query error.
Please try later.