O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
12.04.2018

TURIZM RIVOJLANISHI HAMMAMIZGA FOYDA KELTIRADI

O‘zbekiston ulkan sayyohlik salohiyatiga ega bolgan dunyoning yetuk davlatlari qatoriga kirishini hammamiz zor mamnuniyat bilan tilga olamiz. Toshkent, Samarqand, Buxoro, Xiva va Shahrisabz kabi shaharlarimiz togrisida, ularning tarixiy bino va inshootlari togrisida eshitmagan, hayoti davomida bir marotaba oz kozi bilan korishni, ularning chiroyidan bahramand bolishni havas qilmagan inson kam topiladi.

Bugun dunyoda turizm ilgor va serdaromad sohalardan biriga aylangan. Ma’lumotlarga kora, dunyo boyicha 200 millionga yaqin kishi ushbu sohada mehnat qiladi, jahon iqtisodiyotida xalqaro turizmdan tushayotgan daromad 1 trillion AQSh dollaridan ziyodni tashkil etayapti. Jahon boylab sayyohlar yiliga 4-5 foizga kopayib, har yili boshqa davlatlarga sayohat qiluvchilar soni oshmoqda.

Mamlakatimizda ham turizmni rivojlantirish, ekoturizm, etnoturizm, ziyorat turizmini taraqqiy toptirishning keng imkoniyatlari mavjud.

Davlatimiz rahbarining 2016 yil 2 dekabrdagi Ozbekiston Respublikasining turizm sohasini jadal rivojlantirishni taminlash chora-tadbirlari togrisidagi farmoniga muvofiq sayyohlik mamlakatimiz iqtisodiyotining strategik tarmogi sifatida belgilandi. Prezidentimizning 2017 yil 16 avgustidagi qarori bilan 2018-2019 yillarda turizm sohasini rivojlantirish boyicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi.

Joriy yil fevral oyining ozida sohaga doir 4 farmon va qaror qabul qilingani turizm rivojiga yuksak etibordan dalolatdir. Shu tariqa sohada yigilib qolgan muammolarni hal etish boyicha ustuvor vazifalar belgilab berildi, ichki turizmni yanada rivojlantirishga koplab imtiyozlar, yengilliklar joriy qilindi.

Xorazm viloyati ham sayyohlik salohiyati boyicha katta imkoniyatlarga ega hudud hisoblanadi. Bugun butun dunyoda ochiq osmon ostidagi muzey, deya etirof etiluvchi «Xiva-Ichanqala» muzey-qoriqxonasi, Deshonqala, yani, Tashqariqaladagi Nurillaboy majmuasi, Xiva xonlarining shahardan tashqaridagi Qibla toza bog, Chodra Xovli yozgi qarorgohlari, Urganch tumanining Goybu qishlogida joylashgan Turkman qala, yani Ulli hovli majmuasi, Shovot tumanidagi Yusuf Hamadoniy ziyoratgohi, Bogot tumanidagi Qalajiqqala, Hazorasp tumanidagi Sulaymonqala kabi noyob majmualar mavjud bolib, viloyatmizga sayyohlarni jalb etishda ularning imkoniyatlaridan tolaqonli foydalanish yuzasidan amaliy ishlar olib borilmoqda. Viloyatda 21 sayyohlik yonalishidagi tashkilot, 58 mehmonxona faoliyat korsatmoqda.

Otgan yilda viloyatga jami 1 milliondan ortiq turist tashrif buyurgan bolib, ularning 100 mingga yaqini mehmonxonalarga joylashgan. Mehmonxonalarga joylashgan sayyohlarning 60,6 mingdan ziyodi xorijlik turistlardir. Ushbu korsatkichlar viloyatga sayyohlarning kelishi 2016 yilga nisbatan 30 foizga oshganligini korsatadi.

Joriy yilning yanvar oyida viloyatga jami 20 mingdan ortiq sayyoh tashrif buyurgan bolsa, ularning 500 nafari chet ellik sayyohdir. Bu esa viloyatga kelayotgan sayyohlarning, otgan yilning shu davriga taqqoslaganda, 35 foizga osganligini korsatadi.

Yaqinda Xalq deputatlari Xorazm viloyat Kengashi Ijtimoiy-madaniy rivojlanish masalalari boyicha doimiy komissiyasining majlisida Viloyatda Ozbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 16 avgustdagi ?018-2019 yillarda turizm sohasini rivojlantirish boyicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar togrisidagi qarorining ijrosini taminlash boyicha olib borilayotgan ishlar togrisidagi masala tanqidiy-tahliliy muhokama etildi.

Kun tartibidagi masala boyicha Turizmni rivojlantirish davlat qomitasi Xorazm viloyati hududiy boshqarmasi boshligi Javlonbek Shamuratovning axboroti tinglandi.

Maruzachi hamda masala yuzasidan muzokaralarda ishtirok qilgan deputatlar, soha mutaxassislari takidlaganidek, viloyatimiz turizm sohasida ulkan salohiyatga ega bola turib, uzoq yillar bu imkoniyatdan toliq va samarali foydalanilmadi.

Mamlakatimizda ish orinlari yaratish, iqtisodiyotni diversifikatsiya qilish, hududlarni jadal rivojlantirish, valyuta tushumlarini kopaytirish, aholi daromadlari va turmush darajasini oshirish kabi eng muhim ijtimoiy-iqtisodiy vazifalarni yaqin istiqbolda hal qilish uchun turizmni rivojlantirish borasida izchil chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Viloyatda mutasaddi tashkilotlar tomonidan qarorning ijrosini taminlash yuzasidan qator ishlar amalga oshirilgan. Jumladan, Xorazm viloyat hokimining 2017 yil 18 avgustda 577 sonli qarori qabul qilinib, viloyat hokimi raisligida Viloyatda turizmni rivojlantirish boyicha hududiy kengash tarkibi tasdiqlangan. Sohadagi ishlarni yanada jadallashtirish va muvofiqlashtirish maqsadida viloyat hokimining turizmni rivojlantirish masalasi boyicha orinbosari lavozimi joriy etilgan.

Xorazm viloyati bilan Turkmaniston Respublikasining Dashhovuz viloyati hokimligi ortasida savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalarda hamkorlik togrisida Bitim imzolangan.

Shu bilan birga, viloyatda turizmni rivojlantirish, uning zamonaviy infratuzilmasini shakllantirishda ayrim kamchilik va muammolar ham mavjudligi aniq misollar bilan qayd etildi. Misol uchun, hojatxonalar masalasiga jiddiy etibor qaratilmagan. Ularning tartibsizligi, kamligi bor haqiqat.

Madaniy meros obektlariga kirish tizimini takomillashtirish, turniketlar, videokameralar va yol korsatkichlari ornatish, axborot markazlari tashkil etib, sayyohlarni qiziqtiruvchi xizmatlarni tizimli yolga qoyish masalasi etibordan chetda qolmoqda.

Yurtimizga kelayotgan xorijlik sayyohlarga yengillik yaratish maqsadida bir necha tilda (butun dunyo aholisiga tushunarli bolishi uchun) yol korsatkichlarining ornatilishiga alohida etibor berish kerak, deb hisoblaymiz.

Tarixiy obidalar hududida bepul Wi-Fi xizmati yolga qoyilmagani bois, sayyohlar oz taassurotlarini real vaqt rejimida bolisha olmaydi. Zero, bugun turizmni rivojlantirishda internetning xizmati beqiyos ekani hammamizga ayon. Bu yonalishda davlat va xususiy sektor hamkorligini taminlash ozining yaxshi natijalarini beradi.

Viloyatimiz ziyorat turizmi, manaviy-marifiy turizm, ekoturizm, etnoturizm boyicha katta salohiyatga ega. Bu yonalishlarni rivojlantirish uchun zarur infratuzilmani yolga qoyish zarur. Ammo afsuski, bu masalada faollik yetishmayapti.

Turizm zamonaviy iqtisodiyotimizning muhim yonalishi bolishini inobatga olgan holda, mazkur masalani xalq deputatlari viloyat Kengashining navbatdagi sessiyasi muhokamasiga kiritish tavsiya etildi. Oylaymizki, sessiya muhokamasi viloyatdagi say-harakatlarni birlashtirishda, ishlarni tizimlashtirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Turizm masalasiga ikkinchi darajali masala sifatida munosabatda bolishga haqqimiz yoq. Chunki bu soha rivoj topsa, umumiy taraqqiyotimiz tezlashadi. Barqaror, yuqori haq tolanadigan ish orinlari yaratiladi, xizmat korsatish sifati oshadi, ijtimoiy infratuzilma yaxshilanadi. Demak, sayyohlik rivojidan hamma manfaatdor boladi.

Raimbergan SABUROV,

Xalq deputatlari Xorazm viloyat Kengashining Ijtimoiy-madaniy rivojlanish masalalari boyicha doimiy komissiyasi raisi.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: