O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Avgust 2020   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
27 28 29 30 31 1 2
3 4 5 6 7 8 9
10 11 12 13 14 15 16
17 18 19 20 21 22 23
24 25 26 27 28 29 30
31 1 2 3 4 5 6
10.04.2018

XIZMAT SIFATI YAXSHILANADI

Samarqand viloyat nogironlarni reabilitatsiya qilish markazi tomonidan o‘tgan yili 1851 kishiga tibbiy xizmat korsatilib, 46 million somlik dori-darmon sarflangan.

Markazga Xitoy davlati tomonidan korsatilgan begaraz yordam hisobidan 1 million 238 ming AQSh dollariga teng 34 ta tibbiy va diagnostika asbob-anjomlari yaqin kunlarda olib kelinmoqda. Bu esa bemorlarga tashxis qoyish hamda sifatli muolajalar otkazishda qulayliklar yaratadi.

Bu yerda yangi – gerontologiya bolimi ochilgani ham diqqatga sazavordir. Bundan maqsad mehnat faxriylari, aniqrogi, 60 yoshdan oshganlar hamda nogironligi bolgan kishilarga xizmat korsatishni yanada yaxshilashdir.

Shuningdek, mazkur markazda noan’anaviy davolash usullari amaliyotga keng tatbiq etilyapti. Masalan, tibbiyotning ozonaterapiya, oginaterapiya, igloterapiya, gredoterapiya va zuluk bilan davolash yolga qoyilgan.

— Ornatilgan yangi tibbiy uskunalar faoliyati uchun masul bolgan shifokorimiz Toshkent shahrida malakasini oshirib keldi, deydi markaz direktori Davronbek Jumaniyozov. Nogironlarni protezlash va reabilitatsiya qilish respublika markazi bilan hamkorlikni yolga qoyganmiz. Masalan, yaqin yillarda mazkur markaz professorlari ishtirokida 150 nafarga yaqin bemorlarda murakkab jarrohlik operatsiyalari otkazildi. Bugun jamoamizda 156 nafar xodim faoliyat korsatayapti.

Otgan yili bu yerda yana bir qulaylik yaratildi. Quyosh energiyasi orqali suv isitish moslamasi ornatildi. Hovli va uning atrofida keng kolamdagi obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi.

Abdurasul SATTOROV,

«Ozbekiston ovozi» muxbiri.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: