O'zb  
 
10.04.2018

BANKLARGA KIRIB-CHIQISH BEMALOL

«O‘zmilliybank» tomonidan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlariga yangi investitsiyalarni jalb qilish, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning eksportini moliyalashtirish ishlar togrisida matbuot anjumani otkazildi.

— Bankimiz kichik biznesni rivojlantirish, investitsiyalar jalb qilinishini jadallashtirish, yangi loyihalarni moliyalashtirish jarayonlarida faol ishtirok etib kelmoqda, deydi Ozmilliybank boshqaruv raisi orinbosari Bahodir Jalilov. Otgan yilda kichik biznes subektlari tomonidan intensiv kochatlar yetishtirish, intensiv boglar yaratish, meva va sabzovotlarni qayta ishlash va qadoqlash, muzlatkich omborxona tashkil etish, klinikalarni zamonaviy jarrohlik va diagnostik tibbiy asbob-uskunalar bilan taminlash maqsadida tayyorlangan 265 loyihani moliyalashtirishga 3,1 trillion somlik kredit mablaglari ajratildi.

2017-2018 yillarda Prezidentimizning tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish, eksportni qollab-quvvatlash, ularga qulay ishbilarmonlik muhitini yaratishga oid 130 dan ortiq farmon va qarorlari qabul qilindi, deydi Ozmilliybank departamenti direktori Jahongir Mustafoyev. Mahalliy tadbirkorlar uchun chet el valyutasidagi tushumini majburiy sotish boyicha talab bekor qilindi. Oldindan tolov, bank kafolati va eksport shartnomasini sugurta qilish boyicha polis mavjud bolmasdan mahsulot eksport qilish huquqi berildi. Shuningdek, tovarlar eksporti boyicha valyuta mablaglarining tushish muddatlari 60 kundan 120 kunga uzaytirilib, tovarlarni, ishlar va xizmatlarni eksport shartnomasi tuzmasdan, invoyslar asosida eksport qilish huquqi berildi. Qolaversa, norezidentlarga eksport qilingan tovarlar uchun bank kassasiga naqd xorijiy valyutani qabul qilishga ruxsat etilib, qiymati 5 ming AQSh dollarigacha bolgan mahsulotlarni xorijdagi korgazmalarga olib chiqishga imkon yaratildi. Natijada 2017 yil davomida eksportyor korxonalar soni 2016 yilga nisbatan 307 taga kopaydi. Joriy yilning otgan birinchi choragida tadbirkorlarimiz tomonidan 929,8 million AQSh dollari miqdorida eksport shartnomalari imzolanib, 277,4 million AQSh dollarilik mahsulot xorijga eksport qilindi.

Yaqin-yaqingacha jamoatchilik orasida bank xizmatlaridan norozilik kuchli edi. Oddatda muammo bank binosiga kirish eshigidan boshlanardi.

Endilikda amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida bank tizimida xizmatlar korsatishning bozor mexanizmlari joriy etilmoqda. Xizmatlarning turlari kengaytirilib, tadbirkorlar va aholi uchun moliyaviy ochiqlik taminlanmoqda. Bunda Prezidentimizning joriy yil 23 martida qabul qilingan bank xizmatlari ommabopligini oshirish boyicha qoshimcha chora-tadbirlar togrisida qarori dasturilamal bolib xizmat qilmoqda. Ushbu qarorga muvofiq ruxsatnomalarsiz va shaxsni tasdiqlovchi hujjatlarsiz mijozlarga xizmat korsatish binolariga erkin kirib-chiqish sharoiti yaratildi. Jumladan, namunaviy filial sifatida Toshkent shahridagi Yangiobod filiali qayta jihozlanib, mijozlarga xizmat korsatish zallari ikkiga bolinib, yuridik mijozlar uchun alohida, chakana amaliyotlar uchun alohida zallar ajratilgan.

Endilikda bank binosiga kirishda mijozlarni qoriqlash xizmati xodimlari emas, balki bank xodimi kutib oladi va bank xizmatlari togrisida dastlabki maslahatlarni beradi. Shuningdek, mijozlarning barcha savollariga javob berish bilan birga, ularning tegishli mutaxassis bilan uchrashishini taminlaydi.

Matbuot anjumanida jurnalistlarni qiziqtirga savollarga javob berildi.

SAVOL:

Ajratilgan kreditlarni foizi bilan oz vaqtida qaytara olmayotganlar ham bormi? Yani, muammoli kreditlar? Bor bolsa, ularga nisbatan qanday choralar korilmoqda?

JAVOB:

Muammoli kreditlar ham mavjud. Bank tomonidan ularga qoldan kelgancha yordam korsatilmoqda. Chunki, bankdan ular oz faoliyatlarini boshlash yoki kengaytirish uchun kredit olishgan. Ishi ozroq oqsayotganini bilganimizdan song ularga bankimiz mutaxassislari zarur maslahatlarni berib, kredit muddatlarini uzaytirib, oyoqqa turib ketishiga imkoniyat bermoqda. Biz har bir mijozimiz oz oilasiga, shu bilan birga, davlatimiz iqtisodiyotiga oz bolsada foyda keltirishini istaymiz.

Toshtemir XUDOYQULOV,

Ozbekiston ovozi muxbiri.



DB query error.
Please try later.