O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Sentabr 2018   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
27 28 29 30 31 1 2
3 4 5 6 7 8 9
10 11 12 13 14 15 16
17 18 19 20 21 22 23
24 25 26 27 28 29 30
10.04.2018

DEPUTATLAR MUAMMONI HAL QILADIMI?..

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari Shuhrat Tursunboyev va Akmal Umaraliyev Yuqori Chirchiq tumanidagi 13-umumiy o‘rta ta’lim maktabida bolib, oqituvchi va oquvchilarga yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishishdi.

— Maktabimizda bugungi kunda 176 nafar oquvchi talim-tarbiya olmoqda, deydimaktab direktori, Xalq deputatlari tuman kengashi deputati Manzura Ospanova. Ularga 15 nafar malakali oqituvchilar bilim bermoqda. Maktabimiz 1988 yilda qurilgan bolib, yillar davomida tamirtalab holga kelib qolgandi. Devorlari yorilgan, shiferlari eskirib, yogin-sochin bolgan vaqtlarda bazi joylaridan chakka otardi. Sinf xonalarining pollari chirib ketgandi. Qish-qirovli kunlarda maktab sovib ketardi. Nihoyat, maktabimiz 2016 yili davlat dasturiga kiritilib, maktab binosi mukamal tamirdan chiqarildi. Endi qishlogimiz oquvchilari keng hamda yorug sinfxonalarda bilim olishmoqda. Lekin bazi kamchiliklar bizni qiynab kelmoqda. Maktabning kimyo, biologiya, fizika xonalari hamon lobaratoriya jihozlari bilan taminlanmagan. Mamuriyat, informatika xonasi va kutubxonalar uchun ham jihozlar haligacha berilmagan. Ushbu masalalar yuzasidan mutasaddilarga bir necha bor murojaat qildik. Afsuski, natijasi bolmayapti. Ular ana boladi, mana boladi, deyishdan nariga otishmayapti...

Qonunchilik palatasi deputatlarining keyingi manzili tumandagi «Nurli zamin» mahalla fuqarolar yigini boldi. Ushbu mahalla tumanning eng chekka hududi hisoblanadi. Mahallada jami 2500 ga yaqin kishi istiqomat qiladi. Aholi asosan dehqonchilik va chorvachilik bilan shugullanadi.

Muammosi va dardi bor fuqarolarimiz avvallari uzoq yol bosib rahbarlar huzuriga bosh urib borishga majbur edi, deydimahalla faoli Maqsud Qulbekov. Endi rahbarlar ozlari xalqimiz huzuriga kelishmoqda. Jamoatchilik oldida hisobot ham berishmoqda. Shular sababmi, yurtimizning chekka-chekka qishloqlarida ham islohotlar, bunyodkorliklar, ozgarishlar roy bermoqda. Bundan xalqimiz, odamlarimiz mamnun bolishmoqda. Endi mahallamizdagi ayrim muammo va kamchiliklarni aytay. Bir vaqtlar qurilgan ikki qavatli bolalar bogchasi hozir qarovsiz, xaroba holiga kelib qolgan. Yoshlarimiz sport bilan shugullanishlari uchun yetarli shart-sharoit yoq. Transport qatnovi ham yaxshi yolga qoyilmagan. Kommunal tolovlar uchun shoxobcha ochilmagan. Bu muammolar yillar davomida aholimizni qiynab kelmoqda...

Osha kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari Shuhrat Tursunboyev va Akmal Umaraliyev koplab xonadonlarga kirib borishdi. Fuqarolar bilan suhbatlashishdi. Muammolar yuzasidan oz fikr-mulohazalarini bildirishdi. Yaqin vaqtlar ichida ushbu muammolarga yechim topilishiga umid uygotishdi.

Latifjon MANSUROV.



DB query error.
Please try later.