O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
10.04.2018

MAMLAKAT TARAQQIYOTI AVVALO TALIM-TARBIYAGA BOGLIQ

Men biroz istihola, biroz aziyat bilan ta’lim sohasidagi og‘riqli ayrim masalalar xususida fikr bildirmoqchiman. Ehtimol kimgadir fikrlarim maqul kelmas, kimgadir umuman yoqmas. Agar men nohaq bolsam, keling, birgalashib oylaylik, bahslashaylik.

Keyingi bir yil orasida talim sohasini tubdan isloh qilish boyicha tarixiy ishlar amalga oshirilmoqda. Ana shu jarayonda biz oqituvchi-pedagoglar tomoshabin bolib turmasdan, oz fikrlarimizni faol bildirishimiz kerak, deb oylayman.

Bugungi hayot talimni boshqarish tizimini butunlay ozgartirishni talab etmoqda. Shahar, tumanlar, xalq talimi bolimlari yaqingacha talim muassasalarini metodik taminlash bolimlari deb atalayotgandi. Lekin amalda bu bolimlardan maktabga unchalik foyda tegmadi, vijdonan aytaylik, mamlakatimizdagi necha foiz maktabga talab darajasida metodik yordamlar korsatildi?

Xalq talimi bolimlari faoliyati aniq ozanga solinmasa, masala keskin qoyilmasa, kop muammolar yechimsiz qolib ketaveradi.

Talim sohasi boyicha uch taklifim bor:

Birinchidan, talim-tarbiya maskanlari rahbar tayinlashda tanish-bilishchilikka yol qoymaslik uchun ota-onalar qomitasining vakolatini kuchaytirish kerak. Masalan, maktabning bolgusi direktori fikr-mulohazalarini, dasturini ular ishtirokida eshitib, ovozga qoyib, qaror qabul qilish kerak. Oqituvchilarni ishga qabul qilishda ham koplab ilgor mamlakatlarda bolgani kabi ota-onalar qomitasining roziligini hisobga olish amaliyoti mexanizmlarini yaratish kerak. Birgina direktorning xohishi bilan nomunosib kishilar oqituvchi bolib ishlashining oldi olinadi. Bilimli oqituvchi har qanday savolga javob beradi, ozining munosibligini isbotlaydi.

Ikkinchi taklifim: oquvchilarning maktabga qimmatbaho qol telefonlari bilan kelishi hamon muammoligicha qolmoqda. Hech kimga sir emas, qimmatbaho telefonning imkoniyatlari, «hunarlari» kopligi bolalar tarbiyasiga salbiy tasir korsatadi. Bundan tashqari, dars paytida telefonda ijtimoiy tarmoqlarga ulanadi, axloq normalariga zid oyinlarni oynaydi, xatlar yozishadi...

Har kuni ertalab kop maktablarda oquvchilarning qol telefonlarini tekshirib, olib qoyish uchun oqituvchilarning vaqti, asabi ketmoqda. Ayrimlar bolalarga oddiy telefonlarni olib berish kerak, deyishmoqda. Savol tugiladi: umuman, oquvchi maktabga qol telefon olib borishi zarurmi? Ota-onalar bolamiz bilan xabarlashib turishimiz kerak, deydi. Xosh, ota-ona bolasi bilan telefon orqali xabarlashganda bolasi qayerda, kim bilan, nima ish qilayotganini aniq aytadimi? Ota-ona farzandidan bezovta bolsa, tez-tez maktabga borib turishi, oqituvchilar bilan suhbatlashishi, qongiroq qilib turishi kerak boladi.

Qol telefonlari yaqinda paydo boldi. Bungacha ne-ne avlodlar maktabda qol telefonisiz oqib, voyaga yetishdiku.

Anchadan buyon bahs-munozara mavzusi bolib kelayotgan masala — oquvchilarning maktabga qol telefoni bilan borishini mutlaqo taqiqlovchi huquqiy meyoriy hujjat qabul qilish faqat ijobiy natijaga olib keladi, deb oylayman.

Uchinchi taklif: maktabga erkak oqituvchilarni qaytarishimiz zarur. Erkak oilada asosiy boquvchi bolgani sababli oz kasbidan voz kechib, maoshi koproq joylarga ishga otib ketmoqda. Shu sababli oqituvchi maoshi masalasini qayta korib chiqish zarur. Mamlakatimizning ertangi kuch-quvvati, taraqqiyoti biz bugun talim sohasiga qanchalik etibor qaratayotganimiz, yosh avlodga qanday talim-tarbiya berayotganimizga bogliqligini hammamiz yashi anglaymiz, albatta.

Talim togrisidagi qonunga ozgartish va qoshimchalar kiritishda yetti olchab emas, yetmish olchab bir kesish kerak. Bu takliflarni jamoatchilik ishtirokida qattiq muhokama qilib, ota-onalar, oqituvchilar fikrlari olinsa, maslahatlashilsa, ozimiz uchun maqbul yolni albatta topamiz.

Usmonjon AHMEDOV,

Xalq talimi faxriysi.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: