O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Avgust 2020   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
27 28 29 30 31 1 2
3 4 5 6 7 8 9
10 11 12 13 14 15 16
17 18 19 20 21 22 23
24 25 26 27 28 29 30
31 1 2 3 4 5 6
10.04.2018

MANGU BARHAYOT SIYMO

Qashqadaryo viloyatida ham buyuk jahongir, Sohibqiron Amir Temur tavalludining 682 yilligi keng nishonlanmoqda.

Shahrisabz shahri markazidagi Amir Temur xiyobonida o‘tkazilgan tadbir avvalida buyuk bobokalonimiz haykali poyiga gulchambarlar qoyildi. Tadbirda soz olganlar ulug ajdodimizning shonli hayoti, mustahkam markazlashgan davlat tuzish yolida olib borgan kurashlari, u yuritgan oqilona siyosat haqida toxtalib, Sohibqiron Amir Temur oz davrida nafaqat qudratli davlat asoschisi, balki ilm-fan, madaniyat va ma’naviyat homiysi, jahon tamadduni rivojiga ulkan hissa qoshgan buyuk shaxs ekanini takidladilar. Buyuk ajdodimiz qoldirgan boy merosni organish, targib qilish, ayniqsa, yoshlar qalbiga ul zotning hayotiy ogitlarini singdirishga alohida etibor qaratilmoqda.

— Buyuk Amir Temur tugilib osgan Qashqadaryo zaminida Sohibqiron tavallud kuni keng nishonlanmoqda, deydi Amir Temur nomidagi moddiy madaniyat tarixi muzeyi direktori, tarix fanlari nomzodi Nabi Xushvaqtov. Masalan, milliy taomimiz oshni Amir Temur davridagi kabi damlab, oilaviy tarzda Temurxonlik kechalari otkazish, bolalarga Amir Temur hayotidan ajoyib voqealarni ertak yoki rivoyat tarzida sozlab berish, shaxmat turniri otkazish, turli jismoniy tarbiya mashqlarini tashkillashtirish, kocha va xonadonlarni obodonlashtirish hamda kokalamzorlashtirish ishlari ananaga aylanib bormoqda.

Bir paytlar bu xiyobon juda korimsiz, tepaliklardan iborat tashlandiq joy edi, deydi shahrisabzlik faxriy Rahmatullo Umarov. Yaratganga shukr, bugun bu joyni tanimaysiz. Xiyobonda keng kolamli bunyodkorlik ishlari amalga oshirilib, shaharliklar va mehmonlar sayr qiladigan korkam maskanga aylanib bormoqda. Turizm rivojlanib, sayyohlar oqimi kopaymoqda.

Davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, adiblar, olimlar, faxriylar, talaba yoshlar ishtirok etgan tadbirda Amir Temur ruhini xotirlab, Dor ut-tilovat majmuasida quron tilovat qilindi va ehson oshi tarqatildi.

Tadbirda Qashqadaryo viloyati hokimi Z.Roziyev sozga chiqdi.

O.BAROTOV,

OzA muxbiri.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: