O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
07.04.2018

PREZIDENTIMIZNING TARIXIY QARORI ADABIYOTIMIZNI, MANAVIYATIMIZNI YUKSALTIRISHDA YANGI DAVRNI BOSHLAB BERDI

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning shu yil 5-aprelda “O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari togrisida”gi qarori qabul qilinishi munosabati bilan Ozbekiston Yozuvchilar uyushmasida tadbir bolib otdi.

Unda davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, shoir va yozuvchilar, adabiyotshunos olimlar, yosh ijodkorlar, ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.

Prezidentimizning Ozbekiston Yozuvchilar uyushmasi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari togrisidagi qarorini Ozbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi X.Sultonov oqib eshittirdi hamda unda belgilangan vazifalar yuzasidan batafsil sharh berdi.

Davlatimiz rahbari tomonidan barcha sohalar qatori adabiyot, san’at va madaniyat rivojiga alohida etibor qaratilmoqda. Ozbekiston Respublikasini 2017-2021 yillarda rivojlantirish boyicha Harakatlar strategiyasida belgilab berilgan asosiy vazifalar, jumladan, Davlat – manaviyatning bosh homiysi, degan ustuvor tamoyil hayotga izchil joriy qilinmoqda. Prezidentimizning 2017-yil 3-avgustdagi Ozbekiston ijodkor ziyolilari vakillari bilan uchrashuvida ilgari surilgan vazifalar ijrosi yuzasidan muhim hujjatlar qabul qilinib, ulkan ishlar amalga oshirilayotir. Ayniqsa, Prezidentimizning yurtimizdagi yetakchi ijodiy tashkilotlarning Dostlar klublarini tashkil etish, ularga yirik korxona, bank va kompaniyalarni homiy sifatida biriktirish, shartnoma asosida ularning doimiy hamkorligini yolga qoyish tashabbusi bugun oz samarasini berayotir.

Milliy adabiyotimiz rivojini yangi bosqichga kotarish boyicha ham keng kolamli ishlar olib borilmoqda. Jumladan, Ozbekiston Yozuvchilar uyushmasining Dormon ijod uyi va poliklinikasi tubdan rekonstruksiya qilindi. Uyushma qoshida Ijod jamoat fondi tuzildi. Poytaxtimizda Adiblar xiyoboni barpo etildi, Yozuvchilar uyushmasi uchun yangi bino qurilib, hududlarda ulug adiblarimiz nomi bilan atalgan ijod maktablari, madaniyat va istirohat boglari bunyod qilinmoqda. Atoqli adiblarning yubiley sanalari keng nishonlanmoqda, istedodli yoshlarni tarbiyalash, ularni qollab-quvvatlash maqsadida turli ijodiy anjumanlar otkazilmoqda. Yosh shoir va yozuvchilarning birinchi kitoblari davlat hisobidan kop ming nusxalarda nashr etilib, talim maskanlari va kutubxonalarga yetkazib berilmoqda. Kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targib qilish borasida izchil ishlar amalga oshirilmoqda. Qardosh xalqlarning buyuk adiblari ijodiy merosini keng organish va targib qilish, tavallud kunlarini nishonlash boyicha muhim hujjatlar qabul qilinishi xalqlarimiz ortasidagi madaniy-adabiy aloqalarni yanada rivojlantirishga xizmat qiladi.

Prezidentimizning Ozbekiston Yozuvchilar uyushmasi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari togrisidagi qarori mazkur yonalishdagi ishlarning uzviy davomidir.

Tadbirda Ozbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi M.Ahmedov, Qoraqalpogiston Yozuvchilar uyushmasi raisi K.Karimov, Ozbekiston xalq shoiri M.Toir, yosh ijodkorlar N.Jorayev, M.Abbosova va boshqalar manaviyatga yuksak etiborning yorqin namunasi bolgan mazkur tarixiy qaror adabiyotimiz rivoji yolida yangi bosqichni boshlab berishini alohida takidladi.

Qarorda qayd etilganidek, ozbek adabiyotining bugungi taraqqiyotida 80 yildan ziyod tarixga ega, mamlakatimizdagi nufuzli ijodiy tashkilotlardan biri bolgan Ozbekiston Yozuvchilar uyushmasining munosib orni bor. Ayni vaqtda takidlash joizki, Yozuvchilar uyushmasining asosiy faoliyat yonalishlari, uning Nizomi va tarkibiy tuzilmasi bugungi davr talablariga tola javob bermayapti. Bozor iqtisodiyoti va globallashuv jarayonlari bilan bogliq hozirgi murakkab sharoitda Ozbekiston Yozuvchilar uyushmasi azolarining hayotiy manfaatlarini taminlash, ularning jamiyat taraqqiyoti uchun beqiyos ahamiyatga ega bolgan mashaqqatli ijodiy mehnatini munosib qadrlash, adabiyot va sanat sohasini har tomonlama rivojlantirish, badiiy ijod ahlining jamiyatimiz hayotidagi orni va tasirini kuchaytirish, istedodli yosh ijodkorlarni tizimli asosda tarbiyalash va boshqa ota muhim yonalishlarda oqsoqlikka yol qoyilmoqda.

Yigirma tort banddan iborat ushbu tarixiy hujjatda Ozbekiston Yozuvchilar uyushmasi faoliyatini takomillashtirish va uning ish samaradorligini yanada oshirish, uyushma azolarining ijtimoiy-manaviy faolligi va masuliyatini oshirish, ularni yuksak badiiy asarlar yaratishga ragbatlantirish, ularning moddiy va manaviy manfaatlarini, mualliflik huquqlarini himoya qilish, uyushmaning obro-etibori va yuksak maqomini munosib saqlash, uning sifat tarkibini yaxshilash maqsadida tashkilotga azolikka qabul qilish boyicha zamonaviy va tasirchan mezonlarni belgilash, yosh istedod sohiblarini izlab topish, ularning iqtidorini royobga chiqarish, dunyo adabiyotining eng yaxshi namunalarini ozbek tiliga tarjima qilish va chop etish, mumtoz va zamonaviy adabiyotimizning eng sara namunalarini xorijiy tillarga ogirish va chet ellarda targib etish tizimini yaratish, ozbek tilidagi Internet adabiyotini shakllantirish kabi ota muhim va dolzarb vazifalar belgilangan.

Mamlakatimizda songgi yillarda roy berayotgan ulkan ozgarishlar biz, ijodkorlarni tolqinlantirib yuboryapti. Prezidentimiz faoliyatida xalqning kongliga yol topish, odamlarning dardini eshitish, muammolarini bartaraf etish bilan birga manaviyatga, adabiyotga, sanatga katta etibor yaqqol kozga tashlanayotganiga guvoh bolyapmiz, deydi Yoshlik jurnali bosh muharriri, shoir Nodir Jonuzoq. Bular bir-biriga uzviy bogliq ekanini takidlashni istardim. Chunki adabiyot xalqning konglini organadi, odamlarning qalbini yorqin boyoqlarda yetkazishga xizmat qiladi. Davlatimiz rahbarining Ozbekiston Yozuvchilar uyushmasi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari togrisidagi qarori adabiyotga etiborning eng yuksak namunasi boldi. Qarorning har bir bandida adabiyot olamining har bir jihatiga chuqur kirib borilgan. Ayniqsa, adabiy nashrlar tahririyatlarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, ular bilan yetakchi korxonalar ortasida Dostlar klublarini tuzish vazifalari belgilab qoyilgani adabiyot nashrlari xodimlarini nihoyatda xursand qilib yubordi. Bugun qalb quvonchga, shukuhga tolgan kun. Bu bizga katta ilhom manbai bolib xizmat qilmoqda.

Bugun ijod ahlining yuragida gurur-iftixor, xursandchilik tuygulari josh urib turibdi, deydi Ozbekiston Yozuvchilar uyushmasi Sirdaryo viloyati bolimi rahbari, Ozbekistonda xizmat korsatgan madaniyat xodimi Hayotxon Ortiqboyeva. Prezidentimizning adabiyotimiz rivoji yolidagi muhim qarori Ozbekiston Yozuvchilar uyushmasiga yangi ruh, yangi hayot bagishladi. Hujjat mazmun-mohiyatiga chuqurroq nazar tashlaydigan bolsak, uning zamirida ijodkorlarga yuksak etibor va ehtirom, xalqning manaviyatini yanada yuksaltirish maqsadi mujassam ekanini korish mumkin. Bu qaror bizni yanada koproq ijod qilishga undash bilan birga, yosh iqtidor egalarini, adabiyotimizning yangi avlodini tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Ushbu tarixiy hujjat har bir ijodkorni oz ishiga yanada masuliyat bilan yondashishga undaydi, deydi Ozbekiston Yozuvchilar uyushmasi azosi, shoir Faxriddin Hayit. Prezidentimiz biz, ijodkorlarga shunday etibor va gamxorlik korsatayotgan ekan, bu etiborga oz asarlarimiz bilan munosib javob berishni burchimiz, deb bilamiz.

Shu kuni Dormon ijod uyida ijodkorlar uchun bayram tadbiri tashkil etildi. Unda Ozbekiston Yozuvchilar uyushmasining yangi azolariga azolik guvohnomasi topshirildi.

Bugun adabiyot ahli uchun katta bayram. Kuni kecha davlatimiz rahbari tomonidan adabiyotimizni, manaviyatimizni yuksaltirish yolidagi muhim hujjat imzolangani barchamizni quvontirib yubordi, deydi uyushma azosi, yozuvchi Nurilla Chori. Ayniqsa, men uchun bugun ikki karra xursandchilik. Ozbekiston Yozuvchilar uyushmasining yangi tavallud kuni, deya etirof etilayotgan sanada uyushma azoligiga qabul qilinganimdan, ustozlarimiz meni ozlarining safiga munosib korganidan baxtiyorman. Bu yanada tinmay izlanishga, adabiyotimizga munosib hissa qoshish masuliyati bilan yashashga undaydi.

Tadbirda sanatkorlar ishtirokida konsert dasturi namoyish etildi, ijodkorlar uchun bayram dasturxoni yozildi.

Bayram Aytmurodov, Farhod Abdurasulov (surat), OzA

Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: