O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
07.04.2018

BUYUK MARIFAT ZIYOSI

Muslihiddin MUHIDDINOV, O‘zbekistonda xizmat korsatgan yoshlar murabbiysi, Samarqand davlat universiteti professori:

– Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari xodimlarining mehnatiga haq tolash tizimini takomillashtirish togrisidagi qarorini oqib, konglimdan kop oylar otdi.

Bugun Ozbekiston uzra buyuk bir marifat ziyosi taralmoqda. Men ellik yillik mehnat faoliyatim davomida ilm-fan va uning namoyandalariga bu darajada yuksak etibor qilinganini kormaganman. Ilmiy tekshirish institutlari faoliyati tiklandi. Bir qator oliy oquv yurtlari ochildi. Ozbekiston Fanlar akademiyasi ozining ikkinchi umrini yashay boshladi. Fan va talim, manaviyat va marifat, adabiyot va sanat ahli Prezident gamxorligini oz hayotlari misolida korib, anglab, his etayotgani ham ayni haqiqatdir.

Alisher Navoiy hazratlari aytadi:

Birovki qilsa olimlarga tazim,

Qilur goyoki paygambarga tazim.

Ilm va olimlar qadrlanmagan mamlakatning kelajagi yoqdir. Fan rivojlansa, davlat taraqqiy etadi. Olim uluglansa, xalq marifatli boladi. Manaviyatli xalq hech kimga bosh egmaydi. Bobolarimiz ilm-fan rivoji orqali dunyoni zabt etishgan. Ilm-fan odamlari hurmatlangan mamlakatlar gullab-yashnagan, obod bolgan, tinchlik hukm surgan, kundan-kunga taraqqiy etgan.

Bir paytlar butun dunyo buxoriylar, fargoniylar, samarqandiylar, xorazmiylar, termiziylar, nasafiylar taratgan ilm ziyosidan yorishgan bolsa, bugun fan va talim zahmatkashlariga korsatilayotgan ehtirom tufayli ertaga jahon fanida ulkan kashfiyotlar qilish ularning avlodlariga nasib etishiga ishonaman.

Prezidentimiz mamlakatimizda otkazilayotgan islohotlar negizida avvalo ilm-marifat taraqqiyoti mujassamlashganini takidlaydi. Tijoratchidan fermergacha, oddiy ishchi yo dehqondan tortib yuksak lavozimdagi rahbarlargacha faoliyatini fanning ilgor yutuqlari asosida qurishi lozimligini uqtiradi.

Tan olib aytish kerak, otish davrining qiyinchiliklari sababli ilm ahli mehnatiga yarasha ragbatlantirilmadi. Ilmiy-tadqiqot muassasasi xodimining litsey oqituvchisidan kam oylik olishi, butun umrini ilm-fan ravnaqiga bagishlagan professorning maoshi stajyor oyligidan deyarli farq qilmasligi yosh olimlarni ham, keksa avlod vakillarini ham konglidagi kemtik edi.

Mamlakatimiz olimlari hayotida juda muhim voqea bolgan, ilm ahlini moddiy jihatdan qollab-quvvatlashga qaratilgan Prezident qarori barcha oliy oquv yurtlari va ilmiy tadqiqot muassasalarida katta xursandchilik va mamnuniyat bilan kutib olindi. Samarqand davlat universiteti professori, Ozbekistonda xizmat korsatgan yoshlar murabbiysi Mavlon Joraqulov davlat rahbarining ushbu qaroridan ruhlanib: «Endi ilm rivojlanadi, fan taraqqiy etadi» dedi. Bu nafaqat butun umrini ilmga bagishlagan oqsoqol olimning fikri, balki butun yurtimiz ziyolilarining yakdil qarashidir.

Prezidentimizning ushbu qarori bilan yillar davomida biz, olimlarni oylantirib kelgan muammoga yechim topildi. Sadriddin Ayniy domla aytganidek, qalamning navbati keldi. Ishlaydigan, ilm qiladigan zamon boldi. Mening nazarimda, oliy talim tizimida, ilmiy dargohlarda ishlayotgan fan doktorlari va professorlar, tadqiqotchi va oqituvchi-assistentlar ushbu qarorni imtiyozmas, masuliyat ornida qabul qilib, ilm-fan va talim rivojiga ozlarining munosib hissalarini qoshmoqlari kerak. Ilmiy maktablar faoliyatini yanada jonlantirish, ilmiy ishlar sifat va samaradorligini oshirish, kadrlar tayyorlash jarayonlarida faol ishtirok etish biz, olimlarning vijdon amriga aylanishi kerak.

Ilm tafakkurni yangilaydi, odamlar ongini eskicha tushuncha, qoloq qarashlardan xalos qiladi. Ilm orqali asrlar qiyofasi ozgargan. Davr va zamonlar fazilatda bir-biridan ozgan, ilgarilagan. Insonning yuksalish yoli — bu ilm yolidir.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: