O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Iyul 2020   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
29 30 1 2 3 4 5
6 7 8 9 10 11 12
13 14 15 16 17 18 19
20 21 22 23 24 25 26
27 28 29 30 31 1 2
05.04.2018

NAVOIY, JOMIYLARNING TUGMA BIRODARLIGI

o‘zbek va tojik xalqlarining ajralmas dostligi timsolidir

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Tojikiston Respublikasiga davlat tashrifi chogida Prezident Imomali Rahmonga tojik mumtoz adabiyotining buyuk namoyandasi Abdurahmon Jomiyning ozbek tiliga tarjima qilingan «Muhabbat maxzani» kitobini sovga qildi...

...XIX asrning mashhur shoiri Ogahiy Abdurahmon Jomiyning Yusuf va Zulayho, Salomon va Ibsol asarlarini ozbekchaga ogirgan. 1914 yilda Haft avrang, Shahrimullo, Bahoriston kabi asarlari Toshkentdagi Gulomiya matbaasida toliq holda nashr ettirilgan.

Buyuk shoir va olim Jomiy va Navoiy ortalaridagi ijodiy dostlik va birodarlik, ustoz va shogird munosabatlari ikki qardosh xalq dostligiga zamin bolib kelmoqda. Akademik shoir Gafur Gulom ushbu dostlikni nechoglik tarixiy dalillar bilan yoritib, badiiy jihatdan ifodalaganligini uning Sharq nazmi osmonining ikki porloq quyoshi nomli maqolasida korish mumkin.

1964 yilda Afgoniston poytaxti Kobul shahrida mashhur fors-tojik shoiri Abdurahmon Jomiy tavalludiga 550 yil tolishi munosabati bilan yubiley tantanalari bolib otadi. Unda ishtirok etgan Gafur Gulom fors-tojik tilida ma’ruza qiladi.

Ushbu maruza osha yili Kobulda nashr qilinadigan Anis gazetasining bir necha sonlarida, 1966 yilda Abdurahmon Jomiyga bagishlangan maqolalar toplamida fors tilida chop etiladi. Uni akademik, Buyuk xizmatlari uchun ordeni sohibi Boturxon Valixojayev ozbek tiliga tarjima qilib, Samarqand viloyati Zarafshon gazetasining 1 avgust sonida chop ettiradi.

Men — Sharqning shoiriman, deb yozadi Gafur Gulom. Shu tufayli Sharq nazmining hamma klassiklari qarindoshlarim aqrobolarim, desam xato bolmaydi. Bu qarindoshlarim quyidagilar: fors poeziyasining otasi Abu Abdulla Jafar ibn Muhammad bin Abdurahmon bin Odam Rudakiy, Hakim Abulqosim Firdavsiy, Hakim Umar Xayyom, Shayx Muslihiddin Sadiy Sheroziy, Shamsiddin Muhammad Hofiz, Nizomiy Ganjaviy, Amir Xusrav Dehlaviy, Abdurahmon ibn Ahmad Jomiy, Alisher Navoiy, Muhammad Fuzuliy va boshqalardir.

Gafur Gulom maqolada oz ustozlarining nomini faxr bilan tilga olar ekan, ayniqsa, Abdurahmon Jomiy siymosiga alohida toxtalib otadi. Men hamisha farzandlik mehr-muhabbati va zavq-shavqi bilan Sharqning ulkan shoiri va mutafakkiri Abdurahmon Jomiyning merosini mutolaa qilgan, undan poetik mahorat sirlarini organganman. Shunday bolsa-da, men ozimning shoirligimni uning mahorati va teran fikrliligi oldida ojiz deb bilaman.

Gafur Gulom har safar Samarqandga borganda, Abdurahmon Jomiy bir muddat yashagan Ulugbek madrasasining ong tomonidagi hujrani albatta ziyorat qilar, u yerdagi: Bu hujra Jomiyniki bolib, uning qadami bilan qadr-qimmat topgan, degan yozuvni korib, faxr va mehr hissini tuyardi.

Gafur Gulomning aksariyat asarlarida dostlik, birodarlik, ahil qoshnichilik va bagrikenglik bosh goya sifatida tarannum etiladi. Ayniqsa, ozbek va tojik xalqlarining dostona munosabatlariga alohida etibor qaratgan adib ushbu maqolasida ham shu ananaga sodiq qolgan holda Jomiy va Navoiy timsolidagi dostlik orqali ikki xalqning birodarligi tarixan bardavom ekaniga urgu beradi. Jomiy Navoiydan 27 yosh katta bolsa-da, bu farq ularning samimiy dostligi va ijodiy hamkorligiga monelik qila olmas edi. Ularning hamfikr va hammaslakligi Navoiyning Abdurahmon Jomiy boshchilik qilgan naqshbandiya sulukini qabul qilishida yana bir bor isbotini topadi, deya etirof etadi Gafur Gulom.

Alisher Navoiy ozining Xamsa dostonini yozib tugatgach, uni oqish uchun birinchi bolib ustozi Jomiyga taqdim etadi. U Jomiyning lirik asarlari va dostonlari nihoyatda yuksak badiiy mahorat bilan yozilganini Xamsada ham takidlab otadi.

Gafur Gulom bu ustoz-shogirdlik ananasini yuksak baholab, shunday izoh beradi: Jomiy va Navoiy ortasidagi ijodiy hamkorlik shu qadar ediki, ularning ijodxonasi bir-birlaridan ilhom olardi. Ular bir xil maqsad bilan yashar, bir havodan nafas olar, bir-birini yangi-yangi ijodiy yutuqlar, yangi-yangi asarlar yaratishga ruhlantirardi. Bunday holni faqat doston yaratish sohasidagina emas, balki lirik asarlarni ijod qilishlarida ham korish mumkin.

Gafur Gulom Abdurahmon Jomiyning 550 yillik yubileyida qilgan maruzasi yakunida anjuman mezbonlariga Ozbekiston Fanlar akademiyasi tomonidan nashr qilingan Risolai musiqiy asarini, Abdurahmon Jomiyning Alisher Navoiyga oz qoli bilan yozgan maktublarining fotonusxasini topshiradi. Ushbu maktublar Jomiyning Navoiyga bolgan nihoyatda chuqur hurmat va izzati hamda uni qollab-quvvatlashini korsatib beruvchi hayotiy dalillar edi.

Ajralmas dostligimiz timsoli bola olar

Navoiy, Jomiylarning tugma birodarligi.

Qondoshlik, qarindoshlik asr-asrlar qolar

Xalqlarning judolikni bilmas dostparvarligi,

deb yozgan edi Gafur Gulom.

Lutfulla ILHOMJONOV,

TDIU ijtimoiy fanlar kafedrasi katta oqituvchisi.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: