O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
05.04.2018

JAMOATCHILIK NAZORATI XALQ NAZORATI DEMAKDIR

Konstitutsiyamizning 2-moddasida davlat organlari va mansabdor shaxslar jamiyat va fuqarolar oldida mas’ul ekanligi belgilab qo‘yilgan.

Bosh qomusimizda belgilangan bu tamoyil davlat organlari faoliyati ustidan tasirchan jamoatchilik nazoratini olib borishga qodir bolgan fuqarolik jamiyati institutlarini rivojlantirishga oid qonunchilik tizimining shakllanishiga zamin yaratdi.

Shu asnoda «Jamoat birlashmalari togrisida»gi, Nodavlat notijorat tashkilotlari togrisidagi, Fuqarolarning ozini ozi boshqarish organlari togrisidagi, Nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatining kafolatlari togrisidagi, Ommaviy axborot vositalari togrisidagi, Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi togrisidagi qonunlar va boshqa yuzga yaqin qonunosti hujjatlarida davlat organlari faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratining u yoki bu korinishiga taalluqli meyorlar oz aksini topdi.

Alohida takidlash joizki, Konstitutsiyamizga 2014 yilda kiritilgan ozgartish va qoshimchalarga muvofiq, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari tomonidan qonun hujjatlarining ijro etilishi ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirishning konstitutsiyaviy asosi shakllantirilgan.

Yuqorida sanab otilgan qonun va qonunosti hujjatlari jamoatchilik nazorati institutining rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etdi. Biroq ularda jamoat nazorati haqida qator normalar mavjud bolsa-da, ushbu nazoratning mohiyati, turlari, uni amalga oshirishning usul va shakllari, umuman olganda, nazorat qilish mexanizmlarini nazarda tutuvchi maxsus qoidalar va yagona hujjat mavjud emas edi. Bu esa qonunlardagi ushbu qoidalarning va hatto konstitutsiyaviy normaning toliq ishlamasligiga sabab bolayotgan, ushbu sohada yagona huquqni qollash amaliyoti mavjud emas edi.

Jamoatchilik nazorati bilan bogliq qator normativ-huquqiy hujjatlarni birxillashtirish hamda yagona tizimlashtirilgan tayanch qonunni qabul qilishga ehtiyoj mavjud edi.

Shunga kora, Faol tadbirkorlik, innovatsion goyalar va texnologiyalarni qollab-quvvatlash yili Davlat dasturiga asosan Jamoatchilik nazorati togrisidagi Qonun Qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan ishlab chiqildi.

Qonun Konstitutsiyaning 32-moddasida nazarda tutilgan havola normani amalda tatbiq etishga, mamlakatimizda davlat organlarining faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirishning qonunchilik asoslari va mexanizmini toliq belgilashga qaratilgan.

Davlat organlari faoliyati ustidan jamoatchilik nazorati ornatilishining muhimligi nimada, degan savol tugilishi tabiiy.

Birinchidan, jamoatchilik nazorati faqatgina jamiyat uchun emas, balki davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatini samarali tashkil qilishda ham muhim ahamiyatga ega.

Zero, jamoatchilik nazorati qonunlarning samarali ishlashini taminlashga, inson huquq va erkinliklarini hurmat qilish bilan birga, uni himoya qilishga davat etadi, davlat tuzilmalarining takomillashuvini taminlaydi.

Bu esa bugungi kunda ota dolzarb hisoblanib kelayotgan davlat organlari mansabdor shaxslarining javobgarligi va masuliyatini oshirishga xizmat qiladi.

Ikkinchidan, jamoatchilik nazorati orqali fuqarolar fikr va mulohazalarining ijtimoiy hayotdagi tasirchanligi ortadi, davlat kelajagiga befarq bolmagan va ijtimoiy faol aholi qatlami shakllanib boradi.

Uchinchidan, jamoatchilikning ishonchi hamda qollab-quvvatlashi orqali davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari oz faoliyatini yanada samarali tashkil etish imkoniyatiga ega boladi.

Jamoatchilik nazorati togrisidagi Qonun jami 21 moddadan iborat bolib, unda jamoatchilik nazorati subekti va obektlari, asosiy tamoyillari va jamoatchilik nazoratini amalga oshirishning shakllari belgilanmoqda.

Nazorat shakllarining har birini amalga oshirish tartibi qonun bilan batafsil yoritib berilmoqda. Shuningdek, jamoatchilik nazorati subektlari va obektlarining huquq va majburiyatlari, jamoatchilik nazoratining natijalarini rasmiylashtirish tartibi ochib berilmoqda.

Qonunga muvofiq, jamoatchilik nazoratining subektlari sifatida Ozbekiston Respublikasi fuqarolari, fuqarolarning ozini ozi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va ommaviy axborot vositalari belgilandi.

Shuningdek, jamoatchilik nazorati jamoatchilik kengashlari, komissiyalari masalan, Mudofaa vazirligi va boshqa idoralar huzurida tashkil etiladigan jamoatchilik kengashlari tomonidan amalga oshirilishi mumkinligi belgilab qoyilmoqda.

Jamoatchilik nazoratining obekti sifatida esa davlat organlari va ularning mansabdor shaxslari belgilandi.

Qonunga muvofiq, jamoatchilik nazorati subektlari davlat organlari faoliyati ustidan qator shakllarda nazorat olib borishlari belgilab qoyilmoqda.

Masalan, davlat organlariga murojaatlar va sorovlar yollash; davlat organlarining ochiq hayat majlislarida ishtirok etish; jamoatchilik muhokamasi; jamoatchilik eshituvi; jamoatchilik monitoringi; jamoatchilik ekspertizasi; jamoatchilik fikrini organish; fuqarolarning ozini ozi boshqarish organlari tomonidan ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda boshqa tashkilotlar va muassasalarning hisobotlarini eshitish shular jumlasidandir.

Qonunni ishlab chiqish jarayonida milliy qonunchilik, huquqshunos olimlar va ekspertlarning fikrlari hamda xorijiy mamlakatlar tajribasi organildi, jamoatchilik nazorati sohasidagi huquqni qollash amaliyoti tahlil qilindi.

Jumladan, AQSh, Belgiya, Germaniya, Buyuk Britaniya, Fransiya, Rossiya va Qozogiston kabi mamlakatlarning jamoatchilik nazorati sohasidagi qonun hujjatlari toliq organilgan.

Qonunni dastlabki tarzda korib chiqish uchun turli davlat va nodavlat tashkilotlari mutaxassis va ekspertlaridan iborat tarkibda ishchi guruhi tuzilib, ular tomonidan atroflicha muhokama qilindi. Qonun hududlar etiboriga yetkazilib, joylardan ushbu hujjat hududiy manfaatlarga toliq mos ekanligi togrisida fikr-mulohazalar olindi.

Xulosa ornida takidlash joizki, ushbu Qonunning hayotga tatbiq etilishi davlat organlari va mansabdor shaxslari faoliyatining samaradorligini yanada oshirishga, eng muhimi, fuqarolar huquqlari va qonuniy manfaatlarini muhofaza qilish mexanizmining yanada takomillashuviga xizmat qiladi.

Tolibjon MADUMAROV,

Oliy Majlis Senati Qonunchilik va sud-huquq masalalari qomitasi raisi orinbosari.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: