O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
05.04.2018

SUV BEHISOB EMAS

Undan tejab-tergab foydalanish muqaddas burchimiz

Keyingi paytda Yer kurrasidagi suv resurslarining tugashi yoki «issiqxona effekti» natijasida ko‘payishi insoniyatni katta ekologik fojialarga olib kelishi haqida turli-tuman mulohazalar bildirilmoqda. Ba’zi hisob-kitoblarga kora, insoniyatning chuchuk suv resurslaridan foydalanish ahvoli hozirgi tarzda davom etsa, 2100 yillarga borib, ishlatib bolinadi va 2230 yilga borib, planetaning suv zaxiralari batamom tugaydi.

Soha ekspertlarining aytishicha, songgi 50 yil mobaynida dunyoda ichimlik suvga bolgan ehtiyoj aholi soni va ekin maydonlari kengayishiga proporsional tarzda uch barobar ortib, toza ichimlik suvi bilan bogliq muammolar tobora chuqurlashib bormoqda.

Nazarimizda, sayyoramizda suv nihoyatda kopdek, uni qadrlashga, tejashga ehtiyoj yoqdek tuyuladi. Aslida ham shundaymi?..

Darhaqiqat, suvning asosiy manbai bolgan dunyo okeanlari maydoni Yer sayyorasining uchdan ikki qismini egallagan bolib, miqdori 1,4 mlrd. kub kilometrga tengdir. Suv zaxiralari kop bolishiga qaramasdan, uning atigi 3 foizigina istemolga yaroqli chuchuk suvlar bolib, ushbu suvning ham uchdan ikki qismini Arktika, Antarktida va Grenlandiya muzliklari, qorlari tashkil qiladi. Yuqorida keltirilgan raqam ichimlik suv masalasi umumjahon miqyosidagi muammolardan biri ekani, mavjud resurslardan tejab-tergab foydalanish esa eng dolzarb vazifalardan biriga aylanganining dalilidir.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan 22 martning Xalqaro suv kuni, 2013 yilning Xalqaro suv hamkorligi yili deb elon qilinishi, XXI asrni — Suv asri deb atash yuzasidan kiritgan taklifi ham bejiz emas.

Keyingi paytda Yer kurrasidagi suv resurslarining tugashi yoki issiqxona effekti natijasida kopayishi insoniyatni katta ekologik fojialarga olib kelishi haqida turli-tuman mulohazalar bildirilmoqda. Bazi hisob-kitoblarga kora, insoniyatning chuchuk suv resurslaridan foydalanish suratlari shu tarzda davom etsa, 2100 yillarga borib, ishlatib bolinadi va 2230 yilga borib, planetaning suv zaxiralari batamom tugaydi.

Soha ekspertlarining aytishicha, songgi 50 yil mobaynida dunyoda ichimlik suvga bolgan ehtiyoj aholi soni va ekin maydonlari kengayishiga proporsional tarzda uch barobar ortib, toza ichimlik suvi bilan bogliq muammolar tobora chuqurlashib bormoqda.

2010 yil BMTning Butunjahon suv kuni munosabati bilan elon qilingan maruzasida ifloslangan suvdan foydalanish urushlar yoki kuch ishlatishning barcha boshqa shakllariga nisbatan insonlarni koproq nobud qiladi, deb takidlangan. Yani, BMT malumotlariga kora, Har yili sifatsiz suv istemol qilish bilan bogliq kasalliklar sababli dunyoda 5 yoshgacha bolgan 1,8 mln. bola, yoki boshqacha aytganda, har 20 soniyada bir bola nobud bolmoqda. Dunyo kasalxonalaridagi bemorlarning yarmidan kopi u yoki bu darajada ifloslangan suv bilan bogliq kasalliklarga chalingan kishilardir.

Ozbekiston suv resurslari bilan taminlanish va foydalanish tabiiy sharoiti ancha noqulay mintaqada joylashgan. Xususan, Markaziy Osiyo gidrogeografiyasida tabiiy suv havzalari va resurslari notekis taqsimlangan. Suv resurslarining faqat, taxminan 10 foizi mamlakat hududida hosil boladi, qolgan 90 foizi yaqin qoshni mamlakatlardan keladigan suvlar bolib, ularni tozalash inshootlari bolmaganligi uchun sifati talab darajasida emas.

Shuning uchun BMT Yevropa iqtisodiy komissiyasining Atrof-muhit siyosati qomitasi tomonidan 2009 yil Butunjahon suv kuni munosabati bilan tayyorlangan Atrof-muhit holatining sharhida oxirgi on yilliklarda Orol dengizida vujudga kelgan eng tashvishli suv inqirozi nafaqat Markaziy Osiyoga, balki butun planetaga taalluqli ekanligiga dunyo hamjamiyatining diqqat-etibori jalb qilindi.

Haqiqatan ham, ellik yil davomida Orol dengizi ornida uchta mustaqil namakob kol vujudga kelgan. Unga suv quyilishi kamayishi Orol dengizi atrofidagi ekologik muvozanatni butunlay ozgartib yubordi.

Bugungi kunda Orol dengizi mintaqasida 6 million gektardan ortiq qum-tuz sahrosi Orolqum paydo bolgan. Olimlarning fikricha, har yili dengiz tubidan 700-800 million tonnadan ziyod chang va turli zaharli moddalar, tuzlar atmosferaga kotarilib, 500 kilometr maydon boylab tarqaladi.

Orol dengizi qurishi unumdor yer resurslari kamayishiga, tuproqning shorlanishiga, hosildorligi pasayishiga olib kelmoqda. Chollashish jarayonining tezlashishi esa osimlik va hayvonlar dunyosi xilma-xilligiga biosfera ekologik muvozanatiga salbiy tasir korsatmoqda. Shunday sharoitda transchegaraviy Amudaryo va Sirdaryo daryolarining quyi oqimida suvlardan oqilona foydalanish Markaziy Osiyo davlatlari uchun ota muhim iqtisodiy va ekologik vazifalardan biri bolib qolmoqda.

Nufuzli ekspertlarning malumotlariga kora, suv tanqisligi tufayli faqatgina Qoraqalpogiston Respublikasida sugoriladigan maydonlar deyarli ikki barobar kamaygan.

Markaziy Osiyo davlatlarining aholisi kopayib borayotgan sharoitda elektr energiya tanqisligini (muqobil variantlari bolgani holda) faqat transchegaraviy suv resurslari hisobiga bartaraf qilishga urinishlar boshqa davlatlarda aholini oziq-ovqat va boshqa birinchi ehtiyoj mollari bilan taminlashga; ekologik muvozanat buzilishiga; maishiy va sanitariya-gigiyena sharoiti yomonlashuviga; yuqumli kasalliklar kopayishi va tarqalishiga; iqlim ozgarishi bilan bogliq tabiiy ofatlarni keltirib chiqarish ehtimoli kuchayishiga olib keladi. Bu esa muammolarga xalqaro ekologik huquq normalari va umuminsoniy axloq tamoyillariga asosan jahon hamjamiyatining adekvat chora-tadbirlar korishini taqozo qiladi.

2014 yil oktabrda Urganch shahrida Orol dengizi mintaqasidagi ekologik ofat oqibatlarini yumshatish boyicha hamkorlikni rivojlantirish mavzusida xalqaro konferensiya otkazildi. Bu anjumanda Orolboyi mintaqasidagi ekologik va ijtimoiy-iqtisodiy ahvolni yaxshilash uchun xalqaro hamjamiyat mablagi va say-harakatlarini safarbar etishga doir amaliy takliflar berildi, qarorlar qabul qilindi.

Ozbekiston xalq xojaligida daryolar, suv omborlari va suniy havzalardan tashqari, yerosti suvlaridan ham foydalaniladi. Ozbekistondagi jami yerosti suvi zaxiralari 24,35 kub km.ga teng bolib, respublika aholisi ehtiyojining 80 foizini qondiradi. Chuchuk yerosti suvi asosan Fargona vodiysida (34,5%), Toshkent (25,7%), Samarqand (18%), Surxondaryo (9%), Qashqadaryo (5,5%) viloyatlarida mavjud bolib, qolgan viloyatlarda chuchuk suv zaxirasi 7 foizni tashkil etadi.

Biroq oxirgi yillarda yerosti suvi sifatining yomonlashib borishi haqida turli malumotlar berilmoqda. Xususan, mamlakatning garbiy hududlaridagi yerosti suvi zaxiralarida kuchli shorlanish jarayoni kuzatilib, foydalanishga yaroqsiz holga kelganligi aytilmoqda. Kelajakda dunyo OAVida uglevodorodlarni noananaviy usulda qazib olish texnologiyalarining keng qollanilishi oqibatida yerosti suvlari global ifloslanishi haqida turli ilmiy bashoratlar qilinmoqda.

Bu bashoratlarning haqiqatligini slanets konlaridan yoqilgi olish texnologiyasidan foydalanayotgan davlatlarda yerosti suvlari sifati yomonlashgani, shuningdek, geologik qatlamlar joylashuvi izdan chiqayotgani haqida nufuzli ekspertlar xulosalar bermoqda.

Shu orinda yana bir masalaga etibor qaratish lozim boladi. Malumki, bu yil qish va bahorda mamlakatimizda yogingarchilik kam boldi. Demak, qishloq xojaligi ekinlari parvarishi boshlangach, suv tanqisligi kelib chiqadi. Bu vaziyat suvdan juda ham oqilona foydalanishimizni talab etadi. Ayniqsa, fermer xojaliklari, tomorqa egalari suv isrofgarchiligiga yol qoymaslik chora-tadbirini kormogi kerak.

Qisqa qilib aytganda, tiriklikning asosiy manbalaridan hisoblangan suv kamayib ketayotgan boylik bolib, undan har tomonlama samarali foydalanish talab etiladi.

Saidmurod MAMASHOKIROV,

falsafa fanlari nomzodi, professor.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: