O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Sentabr 2018   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
27 28 29 30 31 1 2
3 4 5 6 7 8 9
10 11 12 13 14 15 16
17 18 19 20 21 22 23
24 25 26 27 28 29 30
03.04.2018

BIZ SHU KUNGACHA GUVOHI BOLMAGAN ONLAYN ELEKTRON AUKSION SAVDOSI YOLGA QOYILADI

Prezidentimizning «O‘zbekiston Respublikasi davlat veterinariya qomitasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari togrisida»gi qarorining ijrosi hamda sohada olib borilayotgan islohotlar va galdagi ustuvor vazifalarga bagishlangan matbuot anjumani Davlat veterinariya qomitasi tomonidan tashkil etildi.

— Davlatimiz rahbarining ushbu farmoni soha faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga kotarishda muhim omil boldi, deydi Davlat veterinariya qomitasi raisi orinbosari Abror Akbarov. Xususan, 20 ga yaqin veterinariya, veterinariya-sanitariya qoidalari va me’yorlari yangidan ishlab chiqildi. Turli kasalliklarga qarshi kurashish boyicha 30 dan ortiq yoriqnomalarga tegishli ozgartirishlar kiritildi. Shuningdek, aholiga veterinariya servis xizmatlari korsatish sifati va tezkorligini yanada oshirish borasida aholi tarqoq joylashgan hududlardagi veterinariya uchastkalariga 190 mototransport, 220 velosiped, 500 purkagich, 400 termosumkalar, 240 dyuar idishlari yetkazib berildi. Veterinariya-sanitariya ekspertiza hamda veterinariya laboratoriyalari zamonaviy tahlil usullarida tashxislovchi laboratoriya uskunalari bilan taminlandi. Bu tashxis qoyishga ketadigan vaqtni qisqartirib, tezkorlikni oshirmoqda.

Joylarda epizootik monitoring ishlari samarasini yanada oshirishda hududiy veterinariya boshqarmalarining 6 epizootik komak beruvchi punkti tashkil etilib, ular 210 ming AQSh dollari miqdoridagi jihozlar va avtotransport vositalari bilan taminlandi. Veterinariya mutaxassislarini tayyorlash hamda malakasini oshirish maqsadida Samarqand qishloq xojalik instituti veterinariya fakulteti bazasida oquv markaz tashkil etilib, qiymati 100 ming AQSh dollarilik zamonaviy innovatsion texnologiyalar bilan jihozlandi.

Bundan tashqari, hayvonlar va chorva mollarini turli kasalliklarga qarshi emlash tadbirlari tashkil etilgan va otgan davr mobaynida 29 million bosh chorva moli 8 turdagi va 65 million bosh parranda 4 turdagi kasallikka qarshi profilaktik emlangan. Shuningdek, 860 mingga yaqin chorvachilik subektlari va aholi xonadonlaridagi hayvonlar saqlanadigan joylarda dezinfeksiya tadbirlari ham otkazilgan.

Respublikamizga kirib kelgan hamda tranzit orqali otayotgan 55 mingdan ortiq avtomashina va 2,8 mingga yaqin temir yol vagoni dezinfeksiya ishlovidan otkazilib, zararsizlantirilgan. Shu bilan birga oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligini taminlash maqsadida laboratoriya tekshiruvlari natijasida istemolga yaroqsiz deb topilgan 122 tonna gosht, 147 tonna sut mahsulotlari va 2 million 200 ming donadan ortiq tuxum ornatilgan tartibda zararsizlantirildi.

Sohada xalqaro hamkorlik keng yolga qoyilmoqda. Ozbekiston Respublikasi hukumati va Xalqaro epizootik byuro ortasida veterinariya sohasida hamkorlik qilish boyicha kelishuv imzolandi. Shuningdek, AQShning Biologiya sohasidagi hamkorlik dasturi doirasida Buxoro va Xorazm viloyatlarida eng zamonaviy uskunalar bilan jihozlangan hududiy diagnostika laboratoriyalari tashkil etilib, foydalanishga topshirildi.

SAVOL:

Bugungi kunda istemolchilar tomonidan xarid qilingan gosht va sut mahsulotlarining sifati borasida etirozlar bolib turadi. Savdoga chiqarilayotgan gosht va sut mahsulotlarining sifatini nazorat qilish borasida qomita tomonidan qanday ishlar qilinmoqda?

JAVOB:

Bu kabi holatlarning oldini olish maqsadida qomitaning hududiy bolimlari tomonidan savdoga chiqarilayotgan gosht va sut mahsulotlarini har kunlik qatiy nazorati yolga qoyilgan. Agarda tadbirkor sifatsiz mahsulotni savdoga chiqarganligi tekshirish jarayonida aniqlansa, unga nisbatan qonunda belgilangan tartibda chora korilib, tegishli tashkilotlar xabardor qilinadi va savdodan mahsuloti olinadi. Mutaxassis sifatida bir fikrni aytib otmoqchiman. Har kuni xohlaymizmi yoqmi, gosht, sut va tuxum mahsulotlarini istemol qilamiz. Sut 60 darajada pishadi. Shu boisdan uni 2 yoki 3 marotaba qayta pishirib, istemol qilinsa, undagi turli xil viruslar oladi va hech qanday xavotirga orin qolmaydi. Tuxumni ham yaxshilab qaynatib, postidan ajratib olgandan keyin ham bir qaynatib olib tanovul qilish tavsiya etiladi. Bir soz bilan aytganda, chorva hamda parranda mahsulotlarini yaxshilab pishirish lozim.

SAVOL:

Uyda it va mushuk saqlash boyicha aholi ortasida turli qarama-qarshi fikrlar bildiriladi. Kopchilik ular turli kasalliklar tarqatishidan tashvishlanadi. Turli xil kasalliklarga qarshi emlangan soglom it va mushukni qayerdan xarid qilish mumkin, maxsus joy tashkil etilganmi?

JAVOB:

Bizga ham kopincha shu kabi hayvonlarni uyda boqishni hohlovchilar murojaat qilishadi. Shu narsani malumot ornida aytib otmoqchiman. Qomita tomonidan 2020 yilgacha it, mushuk va boshqa hayvonlarning onlayn elektron auksion savdosi yolga qoyiladi, xohlovchilar internetdagi maxsus saytimiz orqali bemalol ozlariga yoqqan hayvonni sotib olishi mumkin boladi.

Toshtemir XUDOYQULOV,

Ozbekiston ovozi muxbiri.



DB query error.
Please try later.