O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
03.04.2018

BUYUK ADIB VA JAMOAT ARBOBI CHINGIZ AYTMATOV TAVALLUDINING 90 YILLIGINI KENG NISHONLASH TOGRISIDA

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori

Buyuk adib va jamoat arbobi Chingiz Aytmatov nafaqat qirgiz eli, ayni paytda, butun turkiy mamlakatlar, jumladan, ozbek xalqi uchun ham aziz va qadrli siymo, Ozbekistonning ulkan dosti edi.

Chingiz Aytmatov mintaqamiz tinchligi va osoyishtaligi, uning kelajagi va ravnaqi, xalqlarimiz ortasida dostlik va hamjihatlikni mustahkamlash, ularni turli ziddiyat va qarama-qarshiliklardan asrash yolida fidokorona faoliyat olib bordi.

Otgan asrning 80-yillarida sobiq Markaz tomonidan uyushtirilgan «ozbek ishi», paxta ishi kabi nohaq siyosiy kampaniyalar chogida Chingiz Aytmatovning adolat va haqiqat kuychisi sifatida xalqimizning sha’ni va obro-etiborini katta minbarlardan turib mardona himoya qilganini el-yurtimiz hamisha minnatdorlik bilan eslaydi. Betakror ijodkorning davlatimiz tomonidan Dostlik va Buyuk xizmatlari uchun ordenlari bilan taqdirlangani ham shundan dalolat beradi.

Atoqli adib ozbek adabiyoti va sanatining yirik namoyandalari bilan yaqin dost va ijodiy hamkor bolgani yosh adiblarimiz uchun yuksak ibrat namunasidir.

Ozbekiston va Qirgiziston ortasidagi munosabatlar tarixida yangi davr boshlangan hozirgi paytda Chingiz Aytmatovning olmas badiiy merosi xalqlarimiz uchun yanada muhim ahamiyat kasb etmoqda. Uning gumanizm va ezgulik goyalarini, milliy va umumbashariy qadriyatlar, turli millatlar va elatlar ortasida ozaro hurmat va hamjihatlik rishtalarini mustahkamlashga qaratilgan barkamol asarlari mamlakatimizda millionlab nusxalarda nashr etilmoqda. Ozbekiston Milliy universitetida tashkil etilgan Chingiz Aytmatov va Ozbekiston doimiy ekspozitsiyasi faoliyat korsatmoqda.

Ozining noyob istedodi va joshqin ijtimoiy faoliyati bilan xalqlarimiz ortasida dostlik va hamkorlikni, adabiy-madaniy aloqalarimizni rivojlantirish ishiga qoshgan ulkan hissasini inobatga olib hamda tavalludining 90 yilligini munosib nishonlash maqsadida:

1. Ozbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, Oliy va orta maxsus talim vazirligi, Xalq talimi vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Ozbekiston Yozuvchilar uyushmasi, Ozbekiston Fanlar akademiyasi, Respublika Manaviyat va marifat markazi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan dostlik aloqalari qomitasi, Ozbekiston yoshlar ittifoqi va jamoatchilik vakillarining buyuk adib va jamoat arbobi Chingiz Aytmatov tavalludining 90 yilligini mamlakatimiz miqyosida keng nishonlash togrisidagi takliflari maqullansin.

2. Buyuk adib va jamoat arbobi Chingiz Aytmatov tavalludining 90 yilligini nishonlash boyicha tashkiliy qomita (keyingi orinlarda Tashkiliy qomita deb ataladi) tarkibi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

3. Tashkiliy qomita bir oy muddatda Chingiz Aytmatov tavalludining 90 yilligini yuqori saviyada nishonlash boyicha tegishli chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqsin.

Ushbu chora-tadbirlar rejasida:

Chingiz Aytmatov va Ozbekiston nomli xotira kitobini nashrga tayyorlash va chop etish;

Chingiz Aytmatov hayoti va ijodiy faoliyati haqida hujjatli film yaratish;

yozuvchi asarlari asosida yangi spektakl sahnalashtirish va badiiy film suratga olish;

Chingiz Aytmatov xotirasini abadiylashtirish maqsadida Toshkent shahrining markaziy kochalaridan biriga adib nomini berish;

Toshkent viloyati Parkent tumanidagi 33-maktabda adib byustini ornatish;

Ozbekiston Fanlar akademiyasi, Oliy va orta maxsus talim vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Ozbekiston Yozuvchilar uyushmasi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan dostlik aloqalari qomitasi, Respublika Manaviyat va marifat markazi bilan hamkorlikda Chingiz Aytmatov va ozbek adabiyoti mavzusida ilmiy konferensiya otkazish;

mamlakatimizdagi oliy va orta maxsus, kasb-hunar, umumiy orta talim muassasalari, harbiy qismlar, mehnat jamoalari va mahallalarda taniqli shoir va yozuvchilar, olimlar ishtirokida uchrashuvlar, adabiy kechalar tashkil etish;

2018 yil dekabr oyining ikkinchi on kunligida Ozbek Milliy akademik drama teatrida atoqli adib xotirasiga bagishlangan ijodiy kecha otkazish tadbirlari kozda tutilsin.

4. Ozbekiston Milliy axborot agentligi, Ozbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Jahon axborot agentligi va boshqa ommaviy axborot vositalariga Chingiz Aytmatov tavalludining 90 yilligini nishonlash bilan bogliq tadbirlarni keng yoritish tavsiya etilsin.

5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Ozbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.Aripov, Ozbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi X.Sultonov zimmasiga yuklansin.

Ozbekiston Respublikasi Prezidenti

Sh.MIRZIYOYEV

Toshkent shahri,

2018 yil 2 aprel


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: