O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
03.04.2018

QURILISH SOHASIDA DAVLAT BOSHQARUVI TIZIMINI TUBDAN TAKOMILLASHTIRISH CHORA-TADBIRLARI TOGRISIDA

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni

Arxitektura va qurilish sohasini boshqarishning samarali mexanizmlarini joriy etish hududlarning zamonaviy qiyofasini shakllantirish, hayot va tadbirkorlik uchun qulay shart-sharoitlarni yaratishga qaratilgan shaharsozlik faoliyatini sifat jihatidan yangi darajaga kotarishning muhim sharti hisoblanadi.

Shu bilan birga, tahlillar qurilish sohasida davlat boshqaruvini tashkil etishda zamonaviy shaharsozlik uslublari, normalari va qoidalarini keng joriy qilishga, raqobatni rivojlantirishga, yangi sub’ektlarning innovatsion goyalar, ishlanmalar va texnologiyalar bilan bozorga kirib kelishiga tosqinlik qilayotgan bir qator tizimli muammolarni ochib berdi. Xususan:

birinchidan, shaharsozlik faoliyati, loyiha va pudrat xizmatlari bozori, shuningdek, qurilish materiallari ishlab chiqarishning holati hamda rivojlanish tendensiyalari kompleks tahlil qilinmagan, oqibatda hududlarni shaharsozlik jihatidan rivojlantirishning orta muddatli va istiqbolli yonalishlari belgilanmagan;

ikkinchidan, arxitektura va qurilish organlarining tashkiliy-shtat tuzilmasi qurilish va rekonstruksiya jarayonlarini toliq kuzatib borishni taminlash, shuningdek, qurilish-montaj ishlari sifatini samarali nazorat qilish uchun mavjud resurslarni safarbar etishga imkon bermayapti;

uchinchidan, arxitektura va qurilish organlari funksiyalarining tarqoqligi hamda ular faoliyatiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish darajasining pastligi shaharsozlik sohasida davlat xizmatlarini korsatishning maksimal shaffofligi va samaradorligini taminlamayapti;

tortinchidan, kopchilik aholi punktlarining bosh rejalari mavjud emasligi hududlarni kompleks qurishga, ishlab chiqarish va infratuzilma obektlarini joylashtirishga, tadbirkorlik va ishbilarmonlik faolligini rivojlantirishga salbiy tasir korsatmoqda, shuningdek, qurilish jarayonida puxta oylanmagan qarorlarni qabul qilishga sabab bolmoqda;

beshinchidan, texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar ancha eskirgan hamda ularda arxitektura-qurilish ishlarini olib borishning innovatsion uslublarini, energiya samarador va energiya tejaydigan texnologiyalarni keng qollash etiborga olinmagan, bu esa loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish va obektlarni qurish sifatiga salbiy tasir korsatmoqda;

oltinchidan, qurilish ishlarini tashkil etish, innovatsion goyalar va ishlanmalarni joriy qilishda ayrim hollarda tor idoraviy manfaatning ustunlik qilishi byudjet mablaglaridan oqilona foydalanmaslikning sabablaridan biri hisoblanadi;

yettinchidan, qurilish sohasi va qurilish materiallari sanoatida istiqbolli investitsion loyihalarni, innovatsion goyalar, ishlanmalar va texnologiyalarni ilgari surish va amalga oshirishda, shuningdek, innovatsion mahsulotlarni joriy etish uchun infratuzilmani takomillashtirishda davlat-xususiy sherikligidan foydalanishga yetarlicha etibor berilmayapti;

sakkizinchidan, kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishning amaldagi tizimi arxitektura-qurilish sohasini jadal rivojlantirish vazifalarini samarali royobga chiqarishga imkon bermayapti, kadrlarni moddiy ragbatlantirish darajasining pastligi esa malakali mutaxassislarning tizimdan ketib qolishiga olib kelmoqda.

Arxitektura-qurilish sohasini boshqarishning shaharsozlik faoliyatiga innovatsion goyalar, ishlanmalar va ilgor axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish imkonini beruvchi zamonaviy tizimni yaratish, korsatilayotgan xizmatlarning shaffofligini taminlash maqsadida, shuningdek, 2017-2021 yillarda Ozbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yonalishi boyicha Harakatlar strategiyasi va Ozbekiston Respublikasida Mamuriy islohotlar konsepsiyasiga muvofiq:

1. Quyidagilar:

Ozbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qomitasi negizida Ozbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi (keyingi orinlarda Vazirlik deb yuritiladi);

Ozbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qomitasi huzuridagi Rivojlantirish va moddiy ragbatlantirish jamgarmasi hamda Talim muassasalarini qollab-quvvatlash jamgarmasi bazasida Vazirlik faoliyatini qollab-quvvatlash jamgarmasi tashkil etilsin.

2. Quyidagilar:

Ozbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qomitasi huzuridagi Davlat arxitektura va qurilish nazorati inspeksiyasi Vazirlik huzuridagi Qurilish sohasida nazorat inspeksiyasi;

Qurilishda standartlashtirish va sertifikatlash respublika markazi Qurilishda standartlashtirish respublika markazi etib qayta tashkil qilinsin.

3. Quyidagilar:

qurilish sohasida tegishli faoliyat turlarini litsenziyalash funksiyasini Vazirlikka otkazgan holda Qurilish sohasida islohotlarning amalga oshirilishi monitoringi va faoliyatni litsenziyalash boyicha Respublika komissiyasi;

Ozbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qomitasi huzuridagi Shaharsozlik faoliyatini axborot bilan taminlash markazi;

Ozbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qomitasi huzuridagi Kapital qurilishda iqtisodiy islohotlar va narxlarni shakllantirish markazi tugatilsin.

Belgilansinki, Vazirlik Ozbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi bilan kelishilgan holda 1-ilovada nazarda tutilgan litsenziyalarni beradi.

4. Quyidagilar Vazirlikning asosiy vazifalari etib belgilansin:

shaharsozlik va qurilish uchun muhandislik-texnik izlanishlar sohasida yagona ilmiy-texnikaviy siyosatni olib borish, mehnat unumdorligini oshirish, qurilish-montaj ishlari qiymatini kamaytirish, resurslardan oqilona foydalanishni taminlaydigan energiya samarador va energiya tejaydigan innovatsion loyiha va qarorlarni qurilish faoliyatiga joriy etish;

respublika hududida aholini joylashtirishning bosh sxemasini, Qoraqalpogiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar, tumanlar, shaharlar hududlarini rejalashtirish sxemalarini, aholi punktlarining bosh rejalarini va boshqa shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish va tasdiqlashni tashkil qilish, ularning amalga oshirilishi ustidan monitoring yuritish;

shaharsozlik sohasida davlat siyosatining asosiy yonalishlari boyicha takliflar tayyorlash, arxitektura-qurilish faoliyatini rivojlantirishning uzoq muddatli va orta muddatli davlat dasturlarini ishlab chiqish, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning tarmoq va hududiy dasturlarini tayyorlashda ishtirok etish;

loyiha ishi va qurilish faoliyatini muvofiqlashtirish, loyiha-qidiruv tashkilotlarining ish samaradorligini oshirish va hududiy tarmoqlarini kengaytirish, yakka tartibdagi, namunaviy, takroran qollaniladigan va eksperimental loyihalarni va loyiha yechimlarini ishlab chiqishni tashkil etish, shaharsozlik hujjatlarini ekspertiza qilish;

shaharsozlik va shaharsozlik faoliyatining normativ-huquqiy bazasini yanada takomillashtirish va yangilash, idoraviy qurilish norma va qoidalarini ishlab chiqishni muvofiqlashtirish, loyihalash, qurilish, qurilish materiallari va buyumlarini ishlab chiqarish sohasida standartlashtirish ishlarini amalga oshirish;

arxitektura, loyihalash va qurilish sohasida malakali kadrlarni tayyorlash, ixtisoslashtirilgan talim muassasalarida oquv jarayonining darajasi va sifatini tubdan yaxshilash, qurilish sohasida, jumladan, chet eldagi yetakchi ilmiy-tadqiqot muassasalarida loyihachilar va mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirishga komaklashish.

5. Belgilab qoyilsinki, Vazirlik:

Ozbekiston Respublikasida arxitektura va qurilish sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshiruvchi vakolatli davlat boshqaruvi organi hisoblanadi;

mahalliy xom ashyoni chuqur qayta ishlash, raqobatbardosh va eksportga yonaltirilgan qurilish mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmini kopaytirish va turlarini kengaytirish, shuningdek, yangi turdagi yuqori sifatli qurilish materiallariga bolgan ichki talabni qondirish boyicha dasturiy chora-tadbirlarni ishlab chiqish borasida «Ozqurilishmateriallari» AJ faoliyatini muvofiqlashtiradi;

Ozbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablaglari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalardan moliyalashtiriladi.

6. Quyidagilar Vazirlik huzuridagi Qurilish sohasida nazorat boyicha inspeksiyaning asosiy vazifalari etib belgilansin:

aholi punktlarining tasdiqlangan bosh rejalarga qatiy muvofiq ravishda kompleks qurilishi, aholi punktlarini rejalashtirish va qurish, loyiha-qidiruv va qurilish-montaj ishlarini bajarish, qurilish materiallari va buyumlari ishlab chiqarish va ulardan foydalanishda yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan shaharsozlik togrisidagi qonunchilikka, shaharsozlik norma, qoida va standartlariga sozsiz rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish;

buyurtmachi texnik nazorat va loyiha tashkilotlari mualliflik nazorati olib borishi ustidan monitoring otkazish.

7. Qurilish-montaj tashkilotlari reyestrini yuritish togrisidagi talab bekor qilinsin.

Barcha tadbirkorlik subektlariga Ozbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ozbekiston Respublikasining rivojlanish davlat dasturlarini moliyalashtirish jamgarmasidan moliyalashtiriladigan obektlar qurilishi doirasida tovar (ish, xizmat)larni xarid qilish boyicha tanlov (tender) savdolarida belgilangan tartibda ishtirok etish huquqi berilsin.

8. Vazirlar Mahkamasi Ozbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi bilan birgalikda ikki hafta muddatda qurilish sohasida ayrim faoliyat turlarini litsenziyalashning quyidagilarni nazarda tutuvchi soddalashtirilgan mexanizmini tasdiqlasin:

litsenziya shartnomasini imzolash zaruratini bekor qilgan holda, aniq va toliq litsenziya talablari va shartlarini;

litsenziya talabgorining litsenziya talablari va shartlariga muvofiqligini tekshirishning samarali mexanizmini;

moddiy javobgarlik hamda litsenziat tomonidan litsenziya talablari
va shartlariga rioya etilishini nazorat qilishni.

Vazirlik 2018 yilning oxiriga qadar 1-ilovada nazarda tutilgan ilgari berilgan litsenziyalarning ushbu Farmon bilan belgilangan litsenziyalashning yangi mexanizmini hisobga olgan holda qayta rasmiylashtirilishini taminlasin.

9. Ozbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi 2018 yil 1 iyulga qadar muddatda akkreditatsiya mexanizmini joriy etish orqali, jumladan, akkreditatsiya organining mustaqilligini taminlash, subektlarning malaka talablariga muvofiqligini baholash tartibini belgilashni nazarda tutgan holda, qurilish sohasida texnik nazoratga oid davlatning ayrim funksiyalarini xususiy sektorga otkazish boyicha taklif kiritsin.

10. Qurilish faoliyatini takomillashtirish boyicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar dasturi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

Belgilansinki, Ozbekiston Respublikasi qurilish vaziri, vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlar rahbarlari Chora-tadbirlar dasturida nazarda tutilgan tadbirlarning oz vaqtida, sifatli va toliq bajarilishi uchun shaxsan javob beradi.

11. Vazirlik Adliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu farmondan kelib chiqadigan ozgartish va qoshimchalar togrisidagi takliflarni Ozbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.

12. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Ozbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N.Aripov, Ozbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi orinbosari A.J.Ramatov, Ozbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi direktori Sh.M.Sodiqov va Ozbekiston Respublikasining Bosh prokurori O.B.Murodov zimmasiga yuklansin.

Ozbekiston Respublikasi Prezidenti

Sh.MIRZIYOYEV

Toshkent shahri,

2018 yil 2 aprel


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: