O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Sentabr 2018   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
27 28 29 30 31 1 2
3 4 5 6 7 8 9
10 11 12 13 14 15 16
17 18 19 20 21 22 23
24 25 26 27 28 29 30
03.04.2018

PARIJLIKLAR SAMARQANDDA YIGILISH OTKAZDI

Fransiyaning Parij shahridagi turistik kompaniyalar assotsiatsiyasi (Ile de France) a’zolari «O‘zbekiston havo yollari» milliy aviakompaniyasining maxsus reysi orqali Samarqandga keldi.

Joriy yil 22 fevral kuni Prezidentimiz raisligida mamlakatimizda turizmni rivojlantirish masalalariga bagishlab otkazilgan videoselektor yigilishida berilgan topshiriqlar asosida Ozbekiston Respublikasining Fransiyadagi elchixonasi Parijdagi turistik kompaniyalar assotsiatsiyasi bilan hamkorlikda assotsiatsiyaning navbatdagi yillik yigilishini Samarqand shahrida otkazish boyicha kelishuvga erishgan edi. Ushbu kelishuv asosida Parijdagi turistik kompaniyalarning 100 nafardan ortiq rahbar va masul xodimlarining yurtimizga tashrifi uyushtirildi.

31 mart kuni Samarqand xalqaro aeroportida mehmonlarni Samarqand shahar hokimi F.Rahimov boshchiligidagi rasmiylar tantanali kutib oldi.

Shahar hokimi mehmonlarni yurtimizga tashrifi bilan qutlab, assotsiatsiyaning navbatdagi yigilishi Samarqandda otkazilishi uchun barcha imkoniyatlar yaratilganini takidladi. Samarqand shahar hokimligi va shahardagi sayyohlik firmalari Parij shahri bilan turizm sohasida hamkorlik qilishga tayyor ekanini bildirdi.

Ile de France assotsiatsiyasi prezidenti Lionel de Robiye Fransiyadagi sayyohlik kompaniyalarining Ozbekistonga mazkur tashrifi davlatlarimiz ortasida turizm sohasida hamkorlikni yanada rivojlantirish va bu borada yangi istiqbollar ochishga xizmat qilishini qayd etdi. Kutib olish marosimi yuqori saviyada tashkil etilgani uchun minnatdorlik bildirdi.

— Samarqand qadimiy Buyuk ipak yolining markazi, mojizaviy shahar, deydi Lionel de Robiye. Bu shaharga kelish va uning gozalligidan bahramand bolishni har bir fransuz orzu qiladi. Shuning uchun bugun Samarqandga Fransiyadagi eng yirik sayyohlik kompaniyalari vakillari tashrif buyurib, bu yerdagi turizm industriyasi ishtirokchilari bilan hamkorlik qilish niyatida. Assotsiatsiyamizning navbatdagi yigilishini ushbu tarixiy shaharda otkazish esa biz uchun ulkan sharaf.

Registon plaza mehmonxonasida assotsiatsiyaning yigilishi otkazilishi barobarida, Samarqand shahridagi turistik obektlarga sayohat, Samarqand va Jizzax viloyatlarining turizm imkoniyatlari boyicha taqdimotlari, mahalliy turistik firma va kompaniyalar vakillarining fransuz hamkasblari bilan uchrashuvlari tashkil etildi.

Mehmonlar turistik obektlar bilan tanishish maqsadida 2 aprel kuni Buxoro shahriga jonab ketdi.

G.HASANOV,

OzA muxbiri.



DB query error.
Please try later.