O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
31.03.2018

AFGONISTON XAVFSIZLIGI BU OZBEKISTON XAVFSIZLIGI,

butun bepoyon Markaziy va Janubiy Osiyo mintaqasi barqarorligi hamda taraqqiyotining garovidir

26-27 mart kunlari o‘tkazilgan «Tinchlik jarayoni, xavfsizlik sohasida hamkorlik va mintaqaviy sheriklik» mavzuida Afgoniston boyicha yuqori darajadagi Toshkent xalqaro konferensiyasi butun dunyoda katta qiziqish bilan kuzatildi. Konferensiya ishtirokchilari Afgonistondagi ziddiyatni hal etish yuzasidan bildirilgan takliflarni qollab-quvvatladi.

Tahririyatimizga ushbu xalqaro anjumanning tarixiy ahamiyati haqida munosabatlar kelishi davom etmoqda.

Robiya KAZIMOVA, OzXDP Buxoro viloyat kengashi raisi:

— Yuqori darajadagi Toshkent xalqaro konferensiyasini barcha yurtdoshlarimiz qatori katta hayajon bilan kuzatdim. Unda ta’kidlanganidek, anjuman xalqaro hamjamiyat tomonidan Afgonistonda tinchlik va barqarorlikni taminlash boyicha olib borilayotgan amaliy say-harakatlarning mantiqiy davomi bolib xizmat qiladi.

Darhaqiqat, Afgoniston va Ozbekiston azaldan dostona munosabatda bolgan. Ikki xalqning madaniyati, tarixi, adabiyoti kop jihatdan mushtarak. Malumki, bu rishtalarning sarhalqasi hazrat Alisher Navoiyga borib taqaladi. Afgoniston qadimda marifat va ilmu urfon zamini bolgan. Afsuski, mamlakatda qariyb 40 yildan buyon davom etib kelayotgan urushlar, mojarolar bu mamlakatni vayronaga aylantirdi. Urush tufayli aholining muayyan qismi ozi yashab turgan joylarini tashlab, boshqa mamlakatlarga qochoq sifatida ketishga majbur boldi. Bu hududda paydo bolgan inqiroz, aholining qashshoqlashuvi dunyo hamjamiyatidan ushbu global muammoga birgalikda yechim topishni taqozo qilmoqda. Urush jamiyat va davlatning hayotiga falokatli tasir korsatadi. Afgonistonda tinchlik va barqarorlik bolmas ekan, butun mintaqamizda tinchlik bolmaydi.

Ozbekiston ozining tashqi siyosatida qoshni mamlakatlar bilan aloqalarga ustuvor ahamiyat berar ekan, Afgonistonda tinchlikni taminlashga alohida etibor qaratmoqda.

Prezidentimiz BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida Afgonistondagi vaziyatni barqarorlashtirish boyicha Ozbekiston pozitsiyasini bayon qilgan edi. Mazkur Toshkent konferensiyasida ham bu boradagi aniq takliflarni ilgari surarkan, terrorizm va ekstremizm bilan bogliq tahdidlarga qarshi kurashishda faqat ularning oqibatlariga emas, balki sabablariga alohida ahamiyat berish zarurligini takidladi.

Aslida ham, jaholatni qurol bilan yengib bolmasligini bugungi hayot korsatib turibdi. Agar butun dunyo marifatga intilsa, portlatish, qoporuvchilik uchun ketayotgan mablag marifat yolida sarflansa, yer yuzida tinchlik hukm surishiga ishonaman.

Mazkur xalqaro konferensiya dunyo hamjamiyatining Afgonistonda tinch taraqqiyotni taminlashga qaratilgan say-harakatlariga goyat muhim hissa qoshdi. Ishonch bilan aytamizki, unda bildirilgan fikrlar har bir inson qalbiga tinchlikka davat sifatida kirib boradi.

Afgoniston dostona hamkorimiz va jon qoshnimizdir. Bu mamlakatning qaddini rostlashiga Ozbekiston imkon darajada hissa qoshishga intilmoqda. Dunyo ahli birlashib, afgon xalqiga tinchlik va taraqqiyot yolida yordam qolini chozishi insonparvarlikning yorqin namunasi boladi.

Toshniyoz AHMEDOV, xalq deputatlari Yunusobod tuman Kengashidagi OzXDP guruhi azosi:

Afgonistonda tinchlikni taminlash masalasiga bagishlangan xalqaro konferensiya, aytish mumkinki, koplab mudrab yotgan qalblarni uygotdi. Unda bildirilgan fikrlar afgon xalqining tortgan jabri, otkazilgan zulmlar butun insoniyatga tegishli ekanini namoyon etdi.

40 yildirki davom etayotgan qurolli toqnashuvlar, zoravonlik sharoitida butun bir avlod voyaga yetdi. Ayrim ekspertlar esa ularni yoqotilgan avlod, boy berilgan avlod sifatida baholamoqda. Aslida, ular urush va muhtojlikdan, nohaqligu nizolardan charchagan. Bir burda nonini xotirjam tanovul qilishni istamoqda, xolos. Ozi boshidan kechirgan dahshatlarni farzandiga ravo kormayapti, bizga halovat kerak, tinchlik kerak, deyapti.

Toshkent xalqaro konferensiyasi esa mana shu istakni dunyo ahliga yana bir bor tushuntirishga, anglatishga xizmat qildi, deb oylayman.

Prezidentimiz hamisha yordamga tayyor ekani va bu Ozbekistonning tashqi siyosatiga tola mos kelishini takidladi. Mamlakatimiz avvalo, chegaradosh davlatlar bilan yaxshi qoshnichilik, dostlik va ozaro manfaatli hamkorlik munosabatlarini mustahkamlashni ustuvor vazifa etib belgilagan. Ozbekiston va Afgoniston xalqlari asrlar davomida yagona madaniy-sivilizatsion makonda yashab kelgan.

Muhimi, xavfsizlik yagona va bolinmasdir. Uni taminlash uchun butun dunyo birgalikda say-harakat olib borishi talab etiladi. Ana shunda seniki-meniki qabilidagi qarashlarga barham berilib, xavf-xatarlar bartaraf etiladi.

Shu nuqtai nazardan poytaxtimizda otkazilgan nufuzli konferensiyaning ahamiyati beqiyosdir. Markaziy Osiyo va Yevropa ittifoqining yetuk siyosatchilari, tajribali diplomatlar Ozbekiston pozitsiyasini, yani tinch muzokaralar yoli bilan, siyosiy munosabatlar orqali muammoni hal qilish taklifini qollab-quvvatladi.

Mazkur konferensiyaning madaniy, iqtisodiy ahamiyati ham nihoyatda katta. Uning natijasi tez orada namoyon bolib, qardosh afgonistonliklarga yangi hayot beradi, biz uchun esa dostlik rishtalarini mustahkamlashga xizmat qiladi, deb oylaymiz.

Ozbekiston ovozi muxbiri

Zilola UBAYDULLAYEVA yozib oldi.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: