O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
29.03.2018

DABDABA SHUHRAT KELTIRMAYDI, AKSINCHA...

To‘ylardagi ortiqcha dabdababozlik, isrofgarchilik anchadan beri xalqimizni oylantirib kelayotgan masalalardan biriga aylangan.

Keyingi 10-15 yilda toylarimizda dabdaba, isrofgarchilik, shuhratparastlik avjiga chiqib, toyxonalarda 500-600 kishiga dasturxon yozishlar odat tusiga kirib borayotgan edi. Oziga toq, daromadi yaxshi oilalar toylarni serhasham, dabdabali qilib otkazayotganini korgan yosh yigit-qizlar ota-onasining moddiy ahvolini, oila byudjetini hisobga olmasdan ularga ham shunday hashamdor toy otkazib berishlarini talab qilayotganini barchamiz bilamiz. Natijada kop oilalar otkazgan toylari tufayli qulogigacha qarzga botib qolmoqda.

Kimozarga bolayotgan toylarning sarpolari, qiz tomondan qilinadigan sarpolarning bahosi ham aqlga sigmas darajaga yetdi. Qimmatbaho kiyim-boshlar, uy jihozlari, xorij mebellarini xarid qilishni hammaning ham chontagi kotarmaydi. Shu sababli qudalar orasida kechadigan gap-sozlar, bahs-tortishuvlar oradagi mehr-oqibatning, quda-andachilikning buzilishiga olib kelmoqda. Oqibatda yaxshi niyatlar bilan oila qurishni, baxtli yashashni orzu qilgan yosh kelin-kuyovlarning ham munosabatlariga darz ketib, hatto ajrimgacha sabab bolmoqda.

Oxirgi paytlarda ayrim qiz-yigitlarning ozboshimchalik bilan turmush qurayotgan holatlar kuzatilayotgan ekan. Endigina 16-18 yoshga kirgan ba’zi qizlar uydan ketib, yigit bilan oila quradi, ota-onaning xabari yoq, oradan biroz vaqt otib, noiloj qolgan qudalar ozaro kelishib, katta sarf-xarajatlar bilan toyni otkazib beradilar. Nega bu gaplarni aytyapman? Toylarimiz haqida soz ochilgan ekan, avvalo, bunday holatlarning yoshlarimiz tarbiyasiga salbiy tasir korsatishini anglashimiz, azaliy qadriyatlarimiz, bu holat milliy urf-odatlarimizga ham zid ekanini biz kattalar tushunib olishimiz lozim. Nikohning muqaddasligi, oila degan qorgonni barpo etishda er-xotin masuliyati kattaligi, unga xiyonat qilish ulkan gunoh ekanini anglamasdan, turmush qurish mumkin emasligini farzandlarimiz ongiga singdirishimiz shart, deb oylayman.

Biz toy va tantanalarni otkazishdek masuliyatli vazifani yoshlar qoliga butkul topshirib qoyib, katta xatoliklarga yol qoymasligimiz lozim. Shu manoda, mahalla faollari, yoshi ulug otaxon-onaxonlarimiz xalqimiz orasida bolib, bu borada keng tushuntirish ishlarini olib borishi muhim ahamiyat kasb etadi, deb oylayman.

Dabdaba orniga ixcham, sermazmun toy otkazilsa, tejalgan mablag hisobidan ota-onalar sihatgohlarda dam olib davolansa, oz farzandlarini tarixiy maskanlarga sayohatlarga olib borib, yurtimiz tarixi, ulug allomalar qadamjolari bilan tanishtirib borsalar, bu ziyoratlar yoshlarning dunyoqarashini kengaytiradi. Toylarimizni chiroyli, esda qoladigan qilib otkazishni tashkil etish maqsadida mahallalar huzurida toy komissiyasi faoliyati yolga qoyilsa, toy va marosimlar ana shu komissiya nazorati ostida otkazilsa, nur ustiga nur bolur edi, deb hisoblayman. Xonadon sohiblari toydan oldin shu komissiya maslahatini olib, ish tutsa, yanada maqsadga muvofiq bolardi.

Toy-marakalar millatimizning azaliy qadriyatlari va ananalarini namoyon etadigan kozgu ekan, ularni yuksak manaviy mezonlarga munosib tarzda otkazaylik. Bu ezgu ishga hamma birdek bosh qoshishi lozim, hech kim ozini chetga olishi, menga buning dahli yoq, deb loqayd bolishi mumkin emas. Zero, ne-ne mashaqqatlarni, ogir kunlarni bir jonu bir tan bolib mardlarcha yengib otgan donishmand xalqimiz odob-axloq mezonlariga ham, muqaddas dinimiz talablariga ham togri kelmaydigan isrofgarchilik, shuhratparastlik, kibr kabi illatlarga barham berishga qodir, deb ishonaman.

Ozbekiston «Mahalla» xayriya jamoat fondi va Respublika Nuroniy jamgarmasining xalqimizga murojaatnomasida aytilganidek, toy va marosimlar shaxsiy ish emas, mamlakat va millat taqdiriga daxldor ijtimoiy ahamiyatga ega masaladir. Shunday ekan, har birimiz oz hududimizda toy va marakalar, oilaviy marosim va boshqa tadbirlarning otkazilishi yuzasidan jamoatchilik nazoratini ornatishda faol ishtirok etishimiz lozim. Bu borada targibot va tushuntirish ishlari samaradorligi va tasirchanligini yanada kuchaytirishimiz kelgusida ozimizning farovonligimizga, oilalarimiz totuvligiga, eng muhimi, umrimiz uzayishiga turtki boladi.



Rustam TORAYEV,

Oliy Majlis Senati azosi.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: