O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
29.03.2018

AFGONISTON BOYICHA TOSHKENT KONFERENSIYASI YAKUNLARI MUHOKAMA QILINDI

Xalqaro press-klubda Afg‘oniston boyicha «Tinchlik jarayoni, xavfsizlik sohasida hamkorlik va mintaqaviy sheriklik» mavzuidagi yuqori darajadagi Toshkent konferensiyasi yakunlariga bagishlangan anjuman bolib otdi.

Oliy Majlis Senati raisining birinchi orinbosari S.Safoyev, Prezidentning Afgoniston boyicha maxsus vakili I.Irgashev, BMT Bosh kotibining maxsus vakili, Markaziy Osiyoda preventiv diplomatiya boyicha mintaqaviy markazi rahbari N.German, Ozbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy U.Alimov va boshqalar Tinchlik jarayoni, xavfsizlik sohasida hamkorlik va mintaqaviy sheriklik mavzuidagi konferensiya mintaqada xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlashning yangi davrini boshlab berganini alohida takidladi. Qabul qilingan Toshkent deklaratsiyasi Afgoniston hukumati va boshqa siyosiy kuchlar ortasida murosa, terrorizm va narkotiklarning noqonuniy aylanishiga qarshi kurashish, mintaqaviy iqtisodiy hamkorlikning barcha muhim jihatlarini qamrab olgani qayd etildi.

Markaziy Osiyo davlatlarining tashqi siyosati, iqtisodiy faoliyati bir-biri bilan uzviy bogliqdir.

Shu manoda, Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida olib borilayotgan tashqi siyosat mintaqa davlatlari, xususan, Afgoniston uchun ham muhim ahamiyatga ega bolmoqda.

Anjuman ishtirokchilari takidlaganidek, Afgonistonda qariyb 40 yildan buyon davom etayotgan toqnashuvlar koplab odamlar qurbon bolishi, mamlakat iqtisodiyotining izdan chiqishiga olib keldi. Ushbu mojaroga tashqi kuchlarning aralashuvi vaziyatni yanada keskinlashtirdi. Toshkent konferensiyasi afgon muammosini hal etishni amaliy ruhda muhokama qilish, birgalikda umumiy yechim ishlab chiqish yolida muhim qadam boldi.

Tadbirda oldindan hech qanday shartlar qoymasdan, togridan-togri muzokara otkazishning ahamiyati, bunda jahon hamjamiyatining yakdil qarashga ega ekani xususida soz yuritildi.

— Afgoniston masalasiga bagishlab koplab muzokaralar, uchrashuvlar otkazilgan, biroq Toshkent anjumani ularning hech birini aynan takrorlamaydi, dedi siyosat fanlari doktori Alisher Fayzullayev. Afgoniston muammosini hal etishda ishtirok etayotgan davlat va tashkilotlarning bir-biridan farqli yondashuvlari, takliflari bor. Shunga qaramasdan, Toshkent konferensiyasi ularni yagona maqsad sari birlashtirib, bir davrada jamladi. 26-27 mart kunlari bolib otgan anjuman afgon xalqi uchun tahdidlar emas, tinchlikka erishish imkoniyati sifatida namoyon boldi. Ushbu konferensiya qoshni mamlakat uchun Markaziy Osiyo va jahon eshiklarini ochib beradigan qadam bolganiga ishonchimiz komil.

Ulugbek SHONAZAROV,

OzA muxbiri.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: