O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
29.03.2018

Mehnatga haq tolash: OTKAZILGAN VAQT EMAS, NATIJA MUHIM

Ish ko‘p, vaqt kam zamonda yashamoqdamiz. Mamlakatimizda ishchanlik kayfiyatini kotarish, xodimlarni yuqori natijalarga erishish uchun ragbatlantirish, intiluvchanlikni qollash hozirgi sharoitda dolzarb vazifaga aylandi. Mehnatga oqilona haq tolash boyicha dunyoning rivojlangan davlatlari ancha ilgarilab ketgan. Bizga bu masalada yangicha, aytish joiz bolsa, innovatsiyali yondashuvlar suv bilan havodek zarur bolib turibdi.

Bugun har bir sohada jiddiy ozgarishlarni niyat qilib belgilangan ulkan vazifalarni tez fursatda va sifatli bajarish uchun birinchi navbatda umumiy ishtiyoqni oshirish talab etiladi. Chunki ishtiyoqsiz odam hech bir ishni kongillanib bajarmaydi. Hafsalasizlik bilan qurilgan imorat omonat boladi, ta’mirlangan yol esa tez buziladi, hafsalasi yoq shifokorning muolajasi yaxshi tasir qilmaydi, mehr bilan ekilmagan nihol unmaydi, kokarmaydi.

Prezidentimizning joriy yil yanvar oyidagi tegishli farmoyishiga muvofiq moliya, soliq va bojxona organlari faoliyatini tubdan takomillashtirishga yonaltirilgan takliflarni tanqidiy organib tayyorlash boyicha ishchi komissiya tuzildi. Ushbu komissiya qayd etilgan organlar faoliyatini rejalashtirish va kompleks tahlil qilish tizimi samaradorligini, xodimlarning xizmat yuklamasini, bajarayotgan ishini, vazifalarni amalga oshirish mexanizmlarini chuqur organmoqda, takliflar tyyorlamoqda.

Bu nimani bildiradi? Ishni togri tashkil qilish, xodimlarni samarali boshqarish, vazifalarni aniq belgilash, kim aynan qaysi xizmati uchun qanday haq olayotganini oydinlashtirish, ushbu masalada tasirchan chora-tadbirlar qollash mamlakat miqyosida dolzarb masalaga aylanganini anglatadi.

Yaqin bir-ikki yil ichida turli soha xodimlari mehnatiga haq tolashda yangicha qoidalar joriy etila boshlandi. Ularni umumlashtiradigan jihat mehnatga haq tolashda reyting tizimiga asoslanilayotganidir. Unga kora, soha xodimlarining ishi malum davr boyicha baholanadi, natijaga qarab reyting tuziladi. Maqsad — yaxshi ishlagan xodim ortacha ishlayotgan xodimdan koproq ragbatlantirilishiga erishish, shu bilan birga, qoniqarsiz faoliyat yuritayotgan xodimlarning boshqalar bilan bir xil maosh olib, bemalol yurishiga yol qoymaslik.

Mehnatga haq tolash tizimini yaxshilash yuzasidan yurtimizda qanday ishlar amalga oshirilyapti?.. Ayrim misollarga toxtalamiz.

Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan markaziy tuman (shahar) kop tarmoqli poliklinikalari, shahar va qishloq oilaviy poliklinikalari, qishloq vrachlik punktlari hamda vrachlar va orta tibbiyot xodimlari faoliyati samaradorligini reyting baholash tartibi togrisida nizom tasdiqlangan. Unga kora, 2017 yilning 1 oktabridan boshlab yuqorida sanab otilgan tibbiyot muassasalari va ularning tibbiyot xodimlari ishi 100 ballik reyting tizimi asosida baholanadi. U yilda 2 marotaba tibbiyot muassasasining hisobga olish va hisobot hujjatlarini organish yoli bilan otkaziladi. Sogliqni saqlash vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi va Moliya vazirligining qarori bilan Tibbiyot tashkilotlarini moddiy ragbatlantirish va rivojlantirish jamgarmasi togrisidagi nizomga ozgartirishlar kiritildi. Nizomga binoan ishga vijdonan munosabati va korsatilayotgan tibbiy yordamning yuqori sifati uchun tibbiyot xodimlarining tarif stavkasiga oylik ustamalar tegishli xodim tarif stavkasining 5 dan 20 foizigacha miqdorda belgilanadi.

Hukumatning Biriktirilgan hududda ichki ishlar organlarining huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish boyicha faoliyatini baholash tartibi togrisidagi nizomni tasdiqlash haqidagi qaroriga kora, faoliyati qoniqarsiz deb topilgan profilaktika inspektorlari va tezkor xodimlarga nisbatan tasir chorasi sifatida ular lavozim maoshining 50 foizigacha miqdorda bir martalik pul ushlanishi qollaniladi. Baholash yakunlariga kora, ishi samarali deb topilgan profilaktika inspektorlari va tezkor xodimlari esa lavozim maoshining 50 foizigacha miqdorda bir martalik pul mukofoti bilan ragbatlantiriladi.

Reyting asosida xodimlarga haq tolash qoidasi Majburiy ijro byurosi, yongin xavfsizligi xizmati va boshqa sohalarda ham qollanilmoqda. Bundan xulosaga kelish mumkinki, mamlakatimizda mehnatga oqilona haq tolash, yaxshi ishlagan xodim bilan ortamiyona ishlagan xodimga adolatli munosabatda bolish, nomiga ishlab yurish emas, yuqori natija uchun intilishni ragbatlantirish masalalarida yangicha yondashuvlar yuzaga kelmoqda. Bularning hammasi ishtiyoqni oshirish bilan chambarchas bogliqdir. Islohotlar va yangiliklarni qandaydir sehrli kuchlar emas, mamlakatimizdagi barcha idora-tashkilotlarda ishlayotgan minglab, millionlab xodimlar amalga oshiradi. Ularning hafsalasi, kayfiyati kop narsani hal qiladi. Mehnatga adolatli haq tolanishi bu kayfiyatni belgilovchi asosiy omillardan biri, albatta.

Shu orinda reyting haqida ikki ogiz gapirmasak bolmaydi. Maktabda yaxshi bilim olgan oquvchi boshqalardan yaxshi baho oladi, universitetda yaxshi oqigan talaba boshqalardan koproq stipendiya oladi, turli imtiyozlarga ega boladi. Bu qoida inson hayotidagi muhim davr ish faoliyatiga kelganda ham davom etishi, rivojlanishi zarur.

Eskicha fikrlaydigan aksariyat kishilar mehnatga haq tolash tizimini yaxshilash deganda, xodimlarga koproq maosh tolash kerakligini tushunadi. Bu mutlaqo notogridir. Chunki birinchidan, gap hammaning oyligini oshirish haqida emas, mehnatga adolatli haq tolash, xodimlarni yaxshi natija korsatishga ragbatlantirish togrisida ketmoqda. Ikkinchidan, raqobat muhitini yuzaga keltirmaydigan har qanday mehnatga haq tolash qoidasi pulni havoga sovurish bilan barobar. Uchinchidan, xodimlar faol bolsa, bir-biridan ozish uchun intilsa, tashkilot bundan yutadi: natija ham, foyda ham shunga yarasha boladi. Tortinchidan, shunday qoida bor: «Kim qancha kam tolasa, shuncha kop shikoyat qiladi». Yani, qaysi idora qancha kam maosh bersa, xodimlari faol emasligi, tashabbus korsatmasligi, astoydil ishlamasligidan shuncha kop noliydi. Bu haqda yuzlab tadqiqotlar otkazilgan va isbotlangan.

Yurtimizda ayrim sohalarda faol ishlaydigan xodimlar boshqa xodimlarga nisbatan sezilarli darajada koproq haq olishi mumkinligi mamuriy hujjatlar bilan belgilanyapti. Demak, bu masalaga munosabat asta-sekin ozgara boshladi. Lekin jarayon izchil tus olgan emas.

Mutaxassislar mehnatga haq tolash bilan bogliq muammolarni chuqur organishgan, xulosalar chiqarishgan. Ularning aksariyati bu tizimni isloh qilish, ayniqsa, rivojlanayotgan mamlakatlar uchun juda muhim ekanini alohida takidlaydi.

Tadqiqotchilar mehnatga haq tolash tizimini isloh qilish deganda aynan nimani nazarda tutadi?.. Ishga haq tolashda, avvalo, moddiy ragbatlantiruvchi omilni yoqish kerak. Vaqtbay, har xil murakkab koeffitsiyentlar asosida haq tolash kabi allaqachon eskirib bolgan usullardan voz kechish zarur. Maosh otkazilgan vaqt uchun emas, bajarilgan aniq ish, korsatilgan aniq natija uchun berilishi lozim. Xodim asosiy daromadini ishxonaga kelib-ketgani uchun emas, faollik korsatgani uchun olishi togri boladi.

Tahlillarga kora, rivojlanayotgan davlatlarda xodimlarga yil davomida tolanadigan ish haqining odatda 80-90 foizi oylik maoshga togri keladi. Qolgan qismi asosan turli bayramlar munosabati bilan beriladigan mukofot pullaridan iborat boladi. Bu tartibda pul tolanishi xodimlarni susaytiradi, yuqori natija uchun kurashish, boshqalardan ajralib turishga intilish hissini sondiradi. Ishga vaqtida borib kelib tursam, xato qilmasam, rahbarning koziga yomon korinmasam boldi-da, degan kayfiyatni kuchaytiradi. Vaqt otishi bilan hamma shunga konikib qoladi...

Nima uchun shunday boladi? Chunki xodim yaxshi ishlasa ham, ortacharoq ishlasa ham boshqalar bilan bir xil pul olishini biladi. Juda yomon ishlagan taqdirda esa nari borsa bir-ikki marta mukofot pulidan ayrilishini, bu esa unchalik katta ziyon emasligini, yil mobaynida oladigan pulidan arzimagan foizlarnigina yoqotishini yaxshi tushunadi. Bunday bolmagur kayfiyat bilan ish yuritilgan idorada xodimlar ortasida hech qachon raqobat yuzaga kelmaydi, aksincha, muhit nosoglom boladi.

Rivojlangan mamlakatlarda mehnatga haq belgilashda ragbatlantiruvchi tolovlarga alohida etibor qaratiladi. Tarif-oklad tizimi bugungi hayotga togri kelmagani uchun mehnatga haq tolashning yangi usullari joriy etilmoqda. Unga kora, ish haqi ikki qism asosiy stavkalar va ragbatlantiruvchi tolovlardan iborat boladi.

Kim qanday xizmati uchun qancha oylik olayotganini nafaqat xodimning ozi, balki boshqa xodimlar ham, ish beruvchi ham aniq-ravshan bilishi kerak. Shunda har xil zararli kayfiyatga, anglashilmovchilik holatlariga sabab qolmaydi. Olimlar va psixologlarning alohida qayd etishicha, xodimlar ishxonada ozini uydagidek sezishi, yaxshi natija korsatsa, bundan avvalo oziga foyda kelishini aniq tasavvur etishi, idorada adolat ornatilganini his qilishi, unda bunga shubha qolmasligi kerak ekan, shunda u astoydil mehnat qilar ekan. Odatda xodimlar ish haqi kamligidan emas, idorada mehnatga haq tolash adolatsiz yolga qoyilganidan koproq shikoyat qilishi isbotlangan haqiqat.

Singapur mojizasi haqida kop yozilgan. Bilasiz, u mojazgina davlat, otgan asrning 60-70 yillarida odamlari ogir sharoitda yashagan. Hozir esa holat butunlay boshqacha. Yalpi ichki mahsulot, aholi jon boshiga hisoblaganda, qariyb 90 ming dollar atrofida, insonning rivojlanish indeksi boyicha bu davlat songgi yillarda dunyoda eng yuqori orinlarda turibdi. Bunday yuksak taraqqiyotga erishilishiga koplab omillar tasir qilgan, albatta. Li Kuan Yu (1959-1990 yillarda Singapur Respublikasi Bosh vaziri) bu mojizaning asosiy sabablaridan birini shunday izohlagan:

Biz mehnatga yangicha munosabatni tarbiyalashimiz kerak edi, ish haqi sarflangan vaqtga emas, natijaga uzviy bogliq bolishi bu munosabatning eng muhim sharti edi.

Qariyb qirq yil davlatni boshqargan inson mehnatga haq tolash, ishga munosabatni ozgartirish, odamlarni ragbatlantirish haqida shunday fikrga asoslanib islohotlar olib borgan. Bugun natijani korib turibmiz.

Yaxshi ishlaydigan xodim bilan ortacha ishlaydigan xodimga bir xil haq tolanishi taraqqiyot qoidasiga mutlaqo teskari holat. Otkazilgan vaqtga emas, korsatilgan natijaga qarab haq berilishi adolatdan boladi. Bugun ana shu haqiqatlar bilan hisoblashmaydigan jamiyat ham, jamoa ham katta xato qiladi, hayotdan orqada qolganini bildirib qoyadi, xodimlarni yuqori marralar sari ilhomlantira olmaydi.

Yurtimizda mehnatga oqilona haq tolash boyicha boshlanayotgan islohotlar, innovatsiyali yondashuvlar millionlab xodimlarning ishonchi va ishtiyoqini oshirmoqda.

Tolqin TORAXONOV


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: