O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Iyun 2020   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
1 2 3 4 5 6 7
8 9 10 11 12 13 14
15 16 17 18 19 20 21
22 23 24 25 26 27 28
29 30 1 2 3 4 5
29.03.2018

Afgoniston boyicha Tinchlik jarayoni, xavfsizlik sohasida hamkorlik va mintaqaviy sheriklik mavzusidagi toshkent konferensiyasining deklaratsiyasi

O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri

2018 yil 26-27 mart

Muqaddima

Biz, Toshkent konferensiyasi ishtirokchilari:

1) Afgonistonda tinchlik va xavfsizlik ornatilishi mintaqada barqarorlik va farovonlikni ta’minlash hamda kop yillik zoravonlik va afgon xalqining azob-uqubatlariga chek qoyishda salmoqli ahamiyatga ega ekanini tasdiqlaymiz. Shu sababli, biz Afgoniston rahbariyati va ushbu mamlakat xalqining say-harakatlari bilan terrorizm va narkotik moddalar kontrabandasiga qarshi kurashish sohasidagi ozaro yaqin mintaqaviy hamkorlik orqali amalga oshiriladigan siyosiy tartibga solish, shuningdek, mintaqaviy iqtisodiy hamkorlik va sheriklik Afgoniston va butun mintaqada tinchlik va farovonlikni taminlashda muhim ahamiyat kasb etishini etirof etamiz;

2) Biz BMT Bosh Assambleyasi va Xavfsizlik Kengashining, jumladan, 2018 yil 19 yanvar kuni Nyu-York shahrida bolib otgan BMT Xavfsizlik Kengashining Markaziy Osiyo va Afgoniston boyicha majlisidan song Afgoniston va Markaziy Osiyo ortasida shakllantirilgan yangi sheriklikka doir rezolyutsiyalari va qarorlarini qollab-quvvatlaymiz;

3) Afgonistonning suvereniteti, mustaqilligi va hududiy yaxlitligi, shuningdek, milliy birdamligi, Afgoniston xalqi va hukumatining oz mamlakatida tinchlik, barqarorlik va taraqqiyotni taminlash boyicha say-harakatlarini hurmat qilamiz;

4) Afgoniston rahbariyati va ushbu mamlakat xalqining oz say-harakatlari bilan Afgonistonda tinchlik va barqarorlikni qollab-quvvatlash boyicha xalqaro va mintaqaviy tashabbuslar, jumladan, Afgoniston hukumati rahbarligidagi Afgonistonda tinchlikni taminlash va zoravonlikka barham berish boyicha say-harakatlariga rahbarlik qilishga qaratilgan bosh forum va vosita sifatida Kobul jarayonining muhimligini etirof etamiz;

5) Markaziy Osiyo davlatlarining Afgonistonda tinchlik ornatish jarayoni va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni kengaytirishga qaratilgan say-harakatlarini, ularning mintaqadagi siyosiy va iqtisodiy jarayonlardagi ishtirokini qollab-quvvatlaymiz;

6) Afgoniston rahbariyati va ushbu mamlakat xalqining oz say-harakatlari bilan tinchlik va yarashuv jarayonini qollab-quvvatlash boyicha say-harakatlarning davomi sifatida Afgoniston boyicha «Tinchlik jarayoni, xavfsizlik sohasida hamkorlik va mintaqaviy sheriklik» mavzusidagi Toshkent konferensiyasining muhim ahamiyatini alohida qayd etamiz.

Tinchlik va yarashuv

7) Milliy Birdamlik hukumatining toliblar bilan keng kolamli tinchlik kelishuviga erishish boyicha pirovard maqsad yolida oldindan hech qanday shart qoymaslik asosida Tolibon bilan togridan-togri muzokaralar otkazishni boshlash haqidagi xalqaro hamjamiyat tomonidan qollab-quvvatlanayotgan taklifini qatiy qollab-quvvatlashimizni takidlaymiz hamda Tolibonni Afgoniston rahbariyati va ushbu mamlakat xalqining oz say-harakatlari bilan va Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi va Xavfsizlik Kengashining tegishli rezolyutsiyalariga muvofiq amalga oshirilayotgan tinchlik ornatish jarayoniga doir ushbu taklifni qabul qilishga chaqiramiz;

8) Toliblar bilan munosabatlarni siyosiy yol bilan hal etish Afgonistonda zoravonlikka barham berishning eng maqbul yoli ekani, shuningdek, Afgoniston hukumati va Tolibonning murosasoz vakillari ortasida oldindan hech qanday shart qoymasdan togridan-togri tinchlik muzokaralarini otkazish zarurati mavjudligini qayd etamiz;

9) Afgoniston hukumatining Tolibon bilan togridan-togri muzokaralarni boshlash boyicha say-harakatlarini qollab-quvvatlashimizni tasdiqlaymiz hamda Kobul jarayonini Afgoniston boyicha boshqa mintaqaviy va xalqaro tinchlikparvar tashabbuslar bilan bir qatorda bosh forum va vosita sifatida etirof etamiz;

10) Toliblarni afgon xalqining azob-uqubatlariga chek qoyish uchun Afgonistonda tinchlik va xavfsizlik ornatishda ularning ham masuliyati borligini tan olishga hamda ozaro kelishilgan formatni ishga solgan holda va xalqaro hamjamiyatning toliq qollab-quvvatlashi orqali Afgoniston hukumati bilan togridan-togri tinchlik muzokaralariga kirishishga tayyor ekanligini rasman elon qilishga chaqiramiz;

11) Afgoniston hukumati va Tolibonni siyosiy muzokaralarga kirishishga chaqiramiz. Keng kolamli tinchlik kelishuvidan barcha yutadi, hech kim yutqazmaydi. Ushbu kelishuv Tolibonning siyosiy jarayonga legitim siyosiy ishtirokchi sifatida qoshilishini, Tolibonning zoravonlikdan voz kechishi hamda terrorchilik guruhlari va xalqaro terrorizm, jumladan, Al-Qoida, IShID va boshqa transmilliy terrorchilik tarmoqlari (TTT) bilan aloqalarni uzishini, shuningdek, Afgoniston Konstitutsiyasi, jumladan, barcha afgonlarning teng huquqlari hurmat qilinishini kafolatlashi lozim;

12) Xotin-qizlarning afgon yarashuvi jarayoni, xavfsizlik, jamiyat va iqtisodiyotdagi toliq va salmoqli ishtirokining muhim ahamiyatini alohida takidlaymiz hamda xotin-qizlar huquqlari va imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan xalqaro say-harakatlarni muttasil qollab-quvvatlashimizni qayd etamiz, shuningdek, Afgonistonning xotin-qizlar, tinchlik va xavfsizlikka doir harakatlar Milliy rejasini amalga oshirishni qollab-quvvatlashning tarafdori bolib qolamiz;

13) Afgoniston hukumatini samarali ragbatlantirish yoli bilan tinchlik muzokaralarini boshlash va ilgari surish uchun hamda tinchlik jarayoniga qoshilishdan bosh tortayotgan hamda zoravonlik, qon tokish va vahshiylik harakatlarini davom ettirayotgan, transmilliy terrorchilik tarmoqlariga komaklashayotgan murosasiz elementlarga qarshi zarur chora-tadbirlar bilan kurashish uchun qulay sharoitlar yaratishda qollab-quvvatlaymiz;

14) Barcha mamlakatlarni Afgoniston xavfsizligi, barqarorligi va farovonligini taminlash uchun uning suvereniteti va hududiy yaxlitligini hurmat qilishga, uning ichki ishlariga aralashmaslikka chaqiramiz;

15) Boshqa mamlakatlarga terrorchilik bilan tahdid solmaydigan hamda oz hududida xavfsiz muhitni yaratishda oz kuchiga toliq tayana oladigan tinch Afgonistonni qollab-quvvatlashimizni takidlaymiz.

Terrorizm va narkotiklarning noqonuniy aylanishiga qarshi kurashish

16) Afgoniston xalqiga qarshi yaqinda sodir etilgan shafqatsiz tajovuzlarni qoralaymiz hamda u bilan mustahkam birdamligimizni bildiramiz, terrorizmning shakl va korinishlarini farqlamasdan ularning barchasini qoralaymiz, transmilliy terrorizm, narkotiklarning noqonuniy aylanishi va uyushgan jinoyatchilik ortasidagi aloqadan Afgoniston, mintaqa va butun xalqaro hamjamiyat xavfsizligi va barqarorligiga jiddiy va umumiy tahdidlar mavjudligini etirof etamiz;

17) BMTning Global aksilterrorchilik strategiyasi va BMT Xavfsizlik Kengashining tegishli rezolyutsiyalariga muvofiq barcha shakl va korinishlardagi terrorizmga barham berish boyicha amaliy mintaqaviy va xalqaro hamkorlikning muhimligini qayd etamiz;

18) Afgoniston hukumatining terrorizmni moliyalashtirishning asosiy manbai bolgan narkotiklar, prekursorlar ishlab chiqarish va ularning noqonuniy aylanishiga, qurol-yarog kontrabandasiga qarshi kurashish maqsadida mintaqaviy va xalqaro sheriklar bilan hamkorlikda faol amaliy say-harakatlarining muhimligini qayd etamiz;

19) Terrorizm, narkotiklarning noqonuniy aylanishi va uyushgan jinoyatchilik ozaro bogliq global tahdid ekani hamda BMTning Global aksilterrorchilik strategiyasiga asoslangan yagona strategiyani ishlab chiqishni talab etayotganini etirof etamiz.

20) Afgonistonga xavfsizlik sohasidagi komak Afgoniston hukumati orqali taqdim etilishi lozimligini tasdiqlaymiz hamda Afgonistonni beqarorlashtirish va mojaroni uzaytirishga olib keluvchi Tolibon va IShIDga har qanday moliyaviy, moddiy komak yoki qurol-yarog taqdim etilishiga qatiy qarshimiz.

Mintaqaviy iqtisodiy hamkorlik

21) Mintaqada iqtisodiy hamkorlik borasida va Afgonistonni Markaziy Osiyoni Janubiy Osiyo va boshqa mintaqalar bilan boglovchi tabiiy koprik sifatida etirof etib, transport-kommunikatsiya loyihalarini amalga oshirishda oxirgi paytlarda erishilgan muvaffaqiyatlarni qollab-quvvatlaymiz. Afgonistonning mintaqaga iqtisodiy integratsiyasi kelgusida ushbu mamlakatda va butun mintaqada tinchlik va barqarorlikni mustahkamlashga xizmat qiladi;

22) Afgonistonni uning yaqin qoshnilari va mintaqa bilan boglaydigan savdo-tranzit, transport, energetika, infratuzilma va kommunikatsiya sohalaridagi mintaqaviy loyihalarni oz vaqtida amalga oshirish butun mintaqa aholisiga sezilarli manfaat keltirishi, kun kechirish uchun zarur manbalarni yaxshilashi, tinchlikka komaklashish hamda terrorizm va noqonuniy faoliyatga qarshi kurashish borasida korilayotgan say-harakatlarni mustahkamlashini qayd etamiz;

23) Avvalgi tashabbuslarning davomi sifatida tashkil etilgan Afgoniston boyicha Tinchlik jarayoni, xavfsizlik sohasida hamkorlik va mintaqaviy sheriklik mavzusidagi Toshkent konferensiyasi Afgonistonda tinchlik ornatish jarayoni, terrorizm va narkotiklarning noqonuniy aylanishiga qarshi kurashish, mintaqada iqtisodiy hamkorlikka oid keng doiradagi masalalar boyicha ochiq va har tomonlama muhokamalar uchun noyob imkoniyat taqdim etgani hamda ozaro maqbul qarorlar ishlab chiqishga ragbat berganini etirof etamiz;

24) Ozbekiston hukumatiga ananaviy mehmondostlik va Toshkent shahrida yuqori darajadagi ushbu konferensiya yuksak darajada tashkil etilgani, shuningdek, tinchlik, xavfsizlik va mintaqaviy sheriklik masalalari boyicha keng va mustahkam mintaqaviy va xalqaro konsensusni shakllantirishga qaratilgan qatiy say-harakatlari uchun chuqur minnatdorlik bildiramiz.

Ushbu deklaratsiya Ozbekiston Respublikasining Toshkent shahrida Afgoniston, Xitoy, Fransiya, Germaniya, Hindiston, Eron, Italiya, Yaponiya, Qozogiston, Qirgiziston, Pokiston, Qatar, Rossiya, Saudiya Arabistoni, Tojikiston, Turkiya, Turkmaniston, BAA, Buyuk Britaniya, AQSh, Ozbekiston, YeI va BMT tomonidan qabul qilindi.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: