O'zb  
 
27.03.2018

OZBEKISTON VA ISPANIYANING QISHLOQ XOJALIGI SOHASIDAGI HAMKORLIGI ISTIQBOLLARI MUHOKAMA ETILDI

Mamlakatimiz kompaniyalarining vakillari agrar, oziq-ovqat sanoati, chorvachilik va qishloq xo‘jaligi sayyohligi sohalaridagi ozaro hamkorlik istiqbollarini organish maqsadida Ispaniyada boldilar.

Ushbu safar chogida mamlakatimizning Madriddagi elchixonasi tomonidan Ispaniyaning «EuroCapra» kompaniyasi bilan hamkorlikda Ozbekiston — Ispaniya amaliy seminari tashkil etildi. Mazkur tadbir qishloq xojaligi va chorvachilik jabhasidagi ikki tomonlama hamkorlik salohiyati va uning istiqbollariga bagishlandi.

Ispaniyaning yigirmaga yaqin yirik kompaniyasi rahbarlari va vakillari ishtirokida bolib otgan ushbu seminar chogida Ozbekistonning iqtisodiy va sarmoyaviy salohiyati taqdim etildi. Tadbir qatnashchilari mazkur taqdimot vositasida mamlakatimizning tabiiy afzalliklari hamda savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy sheriklikni rivojlantirish uchun yaratilayotgan qulayliklar bilan yaqindan tanishdilar.

Bu seminar Ozbekistonda kechayotgan iqtisodiy modernizatsiyalash va islohotlar jarayonlari, biznes yuritish, shu jumladan, chet el kapitali va texnologiyalari asosida ozaro hamkorlik uchun yaratilgan sharoitlar haqidagi ma’lumotlarni birinchi qoldan olish imkonini berdi, - dedi Kastiliya-La-Mancha mintaqasi hukumatining Tashqi munosabatlar agentligi bolimi boshligi Violeta Lupashku. Ozbekistonda iqtisodiy rivojlanishning yangi strategiyasi amalga oshirilayotgani, xususiy sektorning tashqi bozorlarga chiqish uchun intilayotgani, sarmoyalar hamda nou-xauni jalb etish uchun qulay sharoitlar yaratilayotgani biz uchun quvonarli holdir.

Kastiliya-La-Mancha mintaqasi agrosanoat jabhasida faoliyat korsatadigan ozbek kompaniyalariga ozaro hamkorlik uchun katta istiqbollarni taklif etishi mumkin. Biz bugun bu boradagi ozaro manfaatli sheriklikni rivojlantirish maqsadida har ikki tomonga manfaat keltiradigan qator yonalishlardagi hamkorlik masalalarini muhokama qildik.

Oz navbatida, JHuete International kompaniyasi menejeri Xaver Uyete Ozbekistonda qishloq xojaligini jadal rivojlantirish boyicha yangi va katta etiborga sazovor bolgan davlat dasturlarining hayotga tadbiq etilishini Ispaniyada jiddiy qiziqish bilan kuzatib borishayotganini malum qildi.

JHuete International zamonaviy issiqxonalarni loyihalashtirish va qurishga ixtisoslashgan Yevropaning yetakchi kompaniyalaridan biri hisoblanadi, dedi u. Mamlakatlarimiz qoshma istiqbolli loyihalarni amalga oshirish borasida ulkan salohiyatga ega. Ozaro hamkorlik bu yonalishda ishlab chiqarish samaradorligini oshirish imkonini beradi. Hozirgi paytda biz Ozbekiston bozorini batafsil organish bilan birga Ispaniya texnologiyalari asosida zamonaviy issiqxonalar barpo etish yuzasidan qoshma korxona tuzish imkoniyatini kozda tutadigan biznes loyihalarimizni tayyorlayapmiz.

Muxtasar qilib aytganda, Madridda bolib otgan ushbu tadbir ikki mamlakatning tadbirkorlik subektlariga pishloq, yogurt singari va boshqa sut mahsulotlari, chorva ozuqalari, qoshma korxonalar tuzish yoli bilan boshqa turli oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish, zamonaviy issiqxonalarda meva-sabzavot yetishtirish, biogaz uskunalari ornatish kabi yonalishlarda ozaro kooperatsiyani yolga qoyish masalalarini muhokama etish uchun yaxshi imkoniyatni yaratdi.

Jahon AA,

Madrid



DB query error.
Please try later.