O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Noyabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
28 29 30 31 1 2 3
4 5 6 7 8 9 10
11 12 13 14 15 16 17
18 19 20 21 22 23 24
25 26 27 28 29 30 1
27.03.2018

TOSHKENT AFGONISTON BOYICHA TINCHLIK MUZOKARALARI MEZBONI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan otkazilayotgan «Tinchlik jarayoni, xavfsizlik sohasida hamkorlik va mintaqaviy sheriklik» mavzuida Afgoniston boyicha yuqori darajadagi Toshkent xalqaro konferensiyasi doirasida 26 mart kuni poytaxtimizda Evropa Ittifoqi — Markaziy Osiyo formatida tashqi ishlar vazirlarining navbatdagi uchrashuvi tashkil etildi.

Unda Ozbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov, Qozogiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Qayrat Abdraxmanov, Qirgiziston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Erlan Abdildayev, Tojikiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Sirojiddin Aslov, Turkmaniston tashqi ishlar vaziri orinbosari Vepa Xadjiyev va Yevrokomissiya prezidenti orinbosari, Yevropa Ittifoqining tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati boyicha Oliy vakili Federika Mogerini mintaqalararo hamkorlikning dolzarb masalalarini muhokama qildi.

Afgoniston Yevroosiyo mintaqasidagi noyob strategik va transchegaraviy imkoniyatlarga ega mamlakat sifatida Markaziy Osiyoning ajralmas qismi bolib kelgan. Mintaqa xalqlarini umumiy tarix, din, madaniyat va urf-odatlar birlashtirib turadi. Tinch Afgoniston Markaziy Osiyo mamlakatlariga Hind okeani va Fors korfazi portlariga eng qisqa yol orqali chiqish, Hindiston, Eron va Pokistonni Yevropa va boshqa mintaqalar bilan boglash imkonini beradi. Shu bois nafaqat Markaziy Osiyo, balki qoshni mintaqalardagi barqarorlik va izchil taraqqiyot Afgonistonda tinchlik va osoyishtalik ornatilishi bilan uzviy bogliqdir.

Ozbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev prezidentlik faoliyatining ilk kunlaridanoq Afgoniston bilan kop qirrali hamkorlikni yanada faollashtirish hamda ushbu mamlakatda tez fursatda tinchlik, barqarorlik ornatilishi, uning iqtisodiy va transport infratuzilmasi tiklanishiga komaklashish tarafdori ekanini bildirdi. Davlatimiz rahbari eng nufuzli minbarlardan turib, Markaziy Osiyo mintaqasida barqarorlik va xavfsizlikni ta’minlashda Afgonistonda tinchlik ornatish strategik ahamiyatga ega ekanini alohida takidladi.

Xususan, Shavkat Mirziyoyev 2017 yil sentabr oyida BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida hamda noyabr oyida Samarqandda BMT shafeligida otkazilgan Markaziy Osiyo: yagona tarix va umumiy kelajak, barqaror rivojlanish va taraqqiyot yolidagi hamkorlik mavzusida xalqaro konferensiyadagi nutqlarida Markaziy Osiyodagi xavfsizlikka tahdidlarni oziniki va ozgalarniki deb ajratishdan voz kechish, yaxlit xavfsizlik tamoyiliga amalda rioya qilish zarurligi, qoshni mamlakatdagi tinchlikka faqat muzokaralar bilan erishish mumkinligini takidladi. Zero, Afgonistondagi vaziyatni barqarorlashtirish nafaqat mintaqaviy, balki global xavfsizlikni taminlashning muhim shartidir.

Prezidentimiz shu nuqtai nazardan jahon afkor ommasi etiborini afgon mojarosini hal qilishning yagona yoli markaziy hukumat va mamlakat ichidagi asosiy siyosiy kuchlar ortasida oldindan hech qanday shart qoymasdan, togridan-togri muloqot olib borish ekaniga qaratdi.

Xalqaro tahlil markazlari qayd etayotganidek, Toshkentda Afgoniston boyicha otkazilayotgan yuqori darajadagi xalqaro konferensiya Ozbekistonning yangi tashqi siyosati strategiyasining amaliy natijasi sifatida ushbu mamlakatda tinchlik va barqarorlikni taminlash boyicha mintaqaviy va xalqaro miqyosdagi qoshma say-harakatlarga keng yol ochadi.

Keyingi paytlarda Ozbekiston Afgoniston hamkorligini rivojlantirishda izchil osishga erishildi. 2017 yilda mamlakatlarimizning dostona munosabatlari tomonlar hamkorligi uchun yangi istiqbol eshiklarini ochdi. Davlatlarimiz rahbarlarining muntazamlik kasb etgan muloqotlari birgalikdagi hamkorlikka yangi surat bagishladi. Prezidentlar dostona, samimiy va ozaro ishonchga asoslangan muloqotni yolga qoyishga erishdilar. Otgan yil dekabr oyida Afgoniston Prezidenti Ashraf Ganining Ozbekistonga tashrifi ikki davlat munosabatlarida yangi sahifa ochdi.

Tashrif yakuniga kora, siyosiy, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalarga oid 20 hujjat imzolandi. Hujjatlarning aksariyati nafaqat Afgoniston va Ozbekiston, balki butun mintaqa uchun strategik ahamiyat kasb etadi. Jumladan, ozbekistonlik mutaxassislar tomonidan Mozori Sharif Hirot temir yoli va Surxon Puli Xumri elektr uzatish liniyasi qurish boyicha yirik loyihalarni amalga oshirish yuzasidan kelishuvlarga erishildi. Mazkur loyihalarning amalga oshirilishi Afgoniston iqtisodiyoti rivojlanishi va afgon xalqi turmushi yaxshilanishiga xizmat qiladi.

Ozbekistonning Afgonistonga dostona munosabati, mamlakatimizning afgon xalqiga komaklashishga tayyor ekani ramzi sifatida Termiz shahrida Afgoniston fuqarolarini oqitish talim markazi tashkil etildi. Markazda ayni paytda afgonistonlik 96 yigit-qiz tahsil olmoqda.

Mamlakatlarimiz vazirlik va idoralari ortasida ozaro muloqot faollashdi. Otgan bir yarim yil ichida Afgonistondan mamlakatimizga 20 dan ortiq delegatsiya tashrif buyurdi. Qayd etish kerakki, bunday kolamdagi delegatsiyalar almashuvi ozbek afgon munosabatlarida ilgari kuzatilmagan. Bularning barchasi ikki tomonlama hamkorlikka yangicha shukuh bagishlamoqda.

Prezidentimiz tashabbusi bilan tashkil etilayotgan Tinchlik jarayoni, xavfsizlik sohasida hamkorlik va mintaqaviy sheriklik mavzuidagi xalqaro konferensiya dunyo hamjamiyatining Afgonistonda tinch taraqqiyotni taminlashga qaratilgan say-harakatlariga goyat muhim hissa bolib qoshiladi. Chunki bu nufuzli forumda boshqa konferensiyalardan farqli olaroq, afgon muammosini hal qilish boyicha aniq takliflar ilgari surilishi kutilmoqda. Unda ishtirok etish uchun 25 davlat va xalqaro tashkilotlar vakillari Toshkentga keldi.

Jumladan, Afgoniston Islom Respublikasi Prezidenti Muhammad Ashraf Gani, BMTning Afgonistondagi maxsus vakili Tadamiti Yamamoto, Yevropa Ittifoqining tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati boyicha Oliy vakili Federika Mogerini, shuningdek, AQSh, Buyuk Britaniya, Germaniya, Italiya, Fransiya, Turkiya, Rossiya, Xitoy, Hindiston, Eron, Pokiston, Qozogiston, Qirgiziston, Tojikiston, Turkmaniston, Saudiya Arabistoni va Birlashgan Arab Amirliklari tashqi siyosiy mahkamalari rahbarlari tashrif buyurdi. Konferensiya ishini yoritish uchun 300 ga yaqin ommaviy axborot vositasi akkreditatsiyadan otkazildi. Jumladan, AQSh, Buyuk Britaniya, Xitoy, Rossiya, Yaponiya va Markaziy Osiyo mamlakatlarining yetakchi telekanallari, axborot agentliklari va nashrlari keng yoritmoqda.

Toshkent konferensiyasi oldidan poytaxtimizdagi Hyatt Regency Tashkent mehmonxonasida otgan Evropa Ittifoqi Markaziy Osiyo formatida tashqi ishlar vazirlarining uchrashuvida mazkur konferensiyani otkazishning amaliy jihatlari haqida soz yuritildi.

Markaziy Osiyo mamlakatlarining tashqi siyosiy idoralari rahbarlari Yevropaning 2019 yilda YeIning mintaqamizga oid yangilangan strategiyasini ishlab chiqish va qabul qilishga doir rejasini maqulladi hamda Markaziy Osiyo davlatlarining mazkur jarayonda faol ishtirok etishiga doimo tayyor ekanini bildirdi.

Uchrashuvda, shuningdek, mintaqada iqtisodiy, hududlararo yonalishlardagi hamkorlikni, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, texnologik, ilmiy va talim sohalaridagi aloqalarni rivojlantirish istiqbollari haqida ham soz yuritildi.

Tadbirda Afgonistondagi ahvolni barqarorlashtirish va poytaxtimizda otkaziladigan Tinchlik jarayoni, xavfsizlik sohasida hamkorlik va mintaqaviy sheriklik mavzuidagi Toshkent konferensiyasi arafasida ushbu davlatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalariga alohida etibor qaratildi.

Xususan, Yevropa Ittifoqi tomonidan Markaziy Osiyo davlatlarining Afgonistonda tinchlik va barqarorlikni taminlash, uni hududiy iqtisodiy va infratuzilma aloqalariga jalb qilishga doir say-harakatlarini qollab-quvvatlashi boyicha fikr almashildi. Shu bilan birga, 27 mart kuni Ozbekiston poytaxtida ish boshlaydigan Afgoniston boyicha yuqori darajali xalqaro konferensiyaning delegatsiya rahbarlariga kiritiladigan yakuniy Toshkent deklaratsiyasi dunyo hamjamiyatini tashvishga solayotgan global muammoni bartaraf etish yolidagi goyat ulkan qadam bolishi takidlandi.

Tashqi ishlar vazirlarining navbatdagi uchrashuvini joriy yilning ikkinchi yarmida Bryussel shahrida otkazishga qaror qilindi.

Bularning barchasi Ozbekiston Prezidentining mintaqada barqarorlikni taminlashga doir tashabbusi Afgonistondagi vaziyatni tinch muzokaralar yoli bilan hal qilish uchun sharoit yaratish dunyo hamjamiyatining ham xohish-istagi ekani va kelgusida Markaziy Osiyo boylab istiqbolli hamkorlik muhitini yaratishidan dalolatdir.

OzA


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: