O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
27.03.2018

TASHQI SAVDONI YANADA ERKINLASHTIRISH VA SAVDO OPERATSIYALARINING SAMARADORLIGINI OSHIRISH CHORA-TADBIRLARI TOGRISIDA

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori

Tashqi savdoni yanada erkinlashtirish, tadbirkorlik sub’ektlarining tashqi iqtisodiy faoliyatda keng ishtirok etishi uchun teng va qulay sharoitlar yaratish, shuningdek, savdo operatsiyalarini amalga oshirishda ortiqcha tosiq va govlarni bartaraf etish maqsadida:

1. Ozbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi va «Ozstandart» agentligining Ozbekiston Respublikasiga import qilinadigan tovarlarni yuklashdan oldin majburiy inspeksiyadan otkazish tartibotini bekor qilish haqidagi taklifi qabul qilinsin.

2. Belgilab qoyilsinki:

Ozbekiston Respublikasiga import qilinadigan tovarlarni yuklashdan oldin inspeksiyadan otkazish ixtiyoriy asosda amalga oshiriladi;

Ozbekiston Respublikasiga import qilinadigan tovarlarni yuklashdan oldin inspeksiyadan otkazish xizmatlarini korsatish huquqiga vakolatli organ tomonidan xalqaro standartlar talablariga muvofiq akkreditatsiya qilingan inspeksiya organlari ega;

inspeksiya organlarining xizmatlari, shu jumladan yuk ortishdan oldin inspeksiyadan otkazish xizmatlari uchun haq tolash ularning Ozbekiston Respublikasi hududidagi banklarda ochilgan hisobraqamlari orqali amalga oshiriladi;

Ozbekiston Respublikasiga import qilinadigan tovarlar sifati, miqdori va narxlarining Ozbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshidagi Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi DUKda (keyingi orinlarda — Markaz) royxatdan otgan import kontraktlari shartlariga muvofiqligini taminlash boyicha zarur choralarni korish uchun javobgarlik import qiluvchining mansabdor shaxslari zimmasiga yuklatiladi;

davlat bojxona xizmati organlari Markazda royxatdan otgan import kontraktlari doirasida erkin muomalaga chiqarilgan tovarlarning miqdori va narxlari haqidagi malumotlarni axborot tizimlaridan foydalangan holda Markazga taqdim etadi.

3. Davlat organlari va tashkilotlariga, shuningdek, tijorat banklariga yuk ortishdan oldin inspeksiyani otkazuvchi inspeksiya organini tanlash haqida import qiluvchilarga tavsiyalar berish taqiqlansin.

4. Ozbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti Ozstandart agentligi va Davlat bojxona qomitasi bilan birgalikda ikki oy muddatda, mazkur qaror talablaridan kelib chiqib, davlat manfaatlariga yetkazilgan zararni qoplash kafolatlarini taminlovchi mexanizmlarni joriy etgan holda import qiluvchilar va vakolatli davlat organlari mansabdor shaxslarining javobgarligini kuchaytirish boyicha takliflar kiritsin.

5. Ozbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bir oy muddatda akkreditatsiya obektlari tomonidan vakolatli organga otkaziladigan tolovlarni undirish shartlari va miqdorlarining tanqidiy qayta korib chiqilishini taminlasin.

6. Belgilansinki, Markaz faoliyati sohasi tatbiq etiladigan tovarlar, ishlar va xizmatlar xaridlarini otkazish (xarid tartibotlarini bajarish, reklama ishlarini tashkil etish, tender va boshqa hujjatlarni rasmiylashtirish va boshqalar) boyicha ixtisoslashgan tashkilotni tanlash Ozbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi tomonidan ornatiladigan talablarga javob beradigan ixtisoslashgan tashkilotlar orasidan tanlov asosida amalga oshiriladi.

Ozbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi bir oy muddatda davlat xaridlarini otkazish boyicha xizmatlar korsatish huquqiga ega ixtisoslashgan tashkilotlarga qoyiladigan talablarni, shuningdek, davlat xaridlarini otkazish doirasida ixtisoslashgan tashkilotlar tomonidan korsatiladigan xizmatlar turlari royxatini ornatilgan tartibda belgilasin.

7. Ozstandart agentligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan ozgartish va qoshimchalar togrisida Ozbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.

8. Vazirliklar va idoralar ozlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.

9. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Ozbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N.Aripov, Ozbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi direktori Sh.M.Sadikov va Ozbekiston Respublikasining Bosh prokurori O.B.Murodov zimmasiga yuklansin.

Ozbekiston Respublikasi Prezidenti

Sh.MIRZIYOYEV

Toshkent shahri,

2018 yil 24 mart


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: