O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Noyabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
28 29 30 31 1 2 3
4 5 6 7 8 9 10
11 12 13 14 15 16 17
18 19 20 21 22 23 24
25 26 27 28 29 30 1
11.09.2012

DEMOKRATIK YANGILANISH JARAYONI

siyosiy kuchlardan o‘z dasturlari ijrosi yolida izchil kurashishni talab etmoqda

Saylovoldi vazifalari bajarilmasa, elektorat manfaatiga xizmat qiladigan amaliy ishlar qilinmasa, tabiiyki, osha yerda partiyaga ishonch susayadi. «Milliy tiklanish» DPning Termiz tumanidagi faollari oz dasturlarida belgilangan vazifalarni unutib qoyganga oxshaydi.

Siyosiy partiyalarning davlat va jamiyat boshQaruvini tashkil etishda bevosita ishtirok etish HuQuQining kengayishi ularning jamiyatdagi mavQei va mas’uliyatini yanada oshirdi. Bugun Har bir siyosiy partiya Oz Saylovoldi dasturini izchil amalga oshirmay, elektorati manfaatini samarali Himoya Qilmay turib kOzlagan maQsadiga erisha olmasligini Hayotning Ozi kOrsatib turibdi.

Tabiiyki, bu borada siyosiy partiyalar oz mahalliy kengashlari va deputatlik guruhlariga suyanadi. Tajribadan malumki, qayerda partiya mahalliy kengashlari, ayniqsa, deputatlari faol va tashabbuskor bolsa, osha yerda amaliy ishlar koproq boladi.

Termiz tumanida Milliy tiklanish demokratik partiyasining 435 nafar azosi 13 ta boshlangich tashkilotga birlashgan. Biroq mazkur hududda partiyaning dasturiy vazifalarini samarali amalga oshirish, elektorat muammolariga ijobiy yechim topish, bu borada boshlangich tashkilotlar va deputatlik guruhlari hamkorligini mustahkamlash, yetakchilar masuliyatini kuchaytirishda izchillik sezilmayapti.

Shuni aytish kerakki, boshlangich partiya tashkiloti yetakchisi hududdagi jarayonlarni yaxshi biladi. Odamlar turmushidan xabardor. Chunki u aholiga eng yaqin bogin. Shuning uchun boshlangich tashkilot bunday masalalarni joyida organib, yuqori partiya tashkilotlariga olib chiqsa, deputatlik guruhlariga ularning yechimlari boyicha takliflar kiritsa, odamlarga nafi tegadi. Bugun boshlangich tashkilot yetakchisiga ham, partiya raislari hamda deputatlarga ham qoyiladigan talab shu.

Ochigi, OzMTDPning Termiz tumanida boshlangich tashkilotlari bilan partiya tuman kengashi, deputatlik guruhi ortasida mustahkam hamkorlik yoqligi sababli elektoratni oylantirayotgan masalalar organilmagan, tahlil etilmagan. Xalq deputatlari tuman Kengashidagi 4 nafar deputatdan iborat OzMTDP deputatlik guruhi joriy yil davomida birorta masalani sessiya muhokamasiga olib chiqmagani buning tasdigidir.

Milliy tiklanish DP dasturida partiya faoliyatining muhim yonalishlaridan biri sifatida iqtisodiyotni erkinlashtirishni yanada chuqurlashtirish, bu jarayondagi tosiqlarga barham berish, ichki bozorni sifatli va zarur mahsulotlar bilan toldirish masalasi belgilab qoyilgan. Qolaversa, iqtisodiy faoliyatning ilgor shakllariga asoslangan zamonaviy korxonalarni rivojlantirish yoli bilan milliy iqtisodiyotning eksport salohiyatini mustahkamlashga yonaltirilgan industrial siyosatni takomillashtirish, mahalliy ishlab chiqaruvchilarni yanada qollab-quvvatlash, inflyatsiya jarayonlari bilan kurashishga doir chora-tadbirlar samaradorligini oshirish boyicha ham vazifalar qayd etilgan.

Afsuski, bu dolzarb vazifalar ham qogozda qolib ketmoqda. Saylovoldi vazifalari bajarilmasa, elektorat manfaatiga xizmat qiladigan amaliy ishlar qilinmasa, tabiiyki, osha yerda partiyaga ishonch susayadi. Milliy tiklanish DPning Termiz tumanidagi faollari oz dasturlarida belgilangan vazifalarni unutib qoyganga oxshaydi.

Ozbekiston Xalq demokratik partiyasi Saylovoldi dasturida aholining real daromadlari ortishini kafolatlaydigan barqaror iqtisodiy osishni taminlash, qoshimcha ravishda yangi, barqaror, yuqori haq tolanadigan ish orinlari tashkil etish, ichki bozorni ozimizda ishlab chiqariladigan sifatli va arzon oziq-ovqat hamda nooziq-ovqat mahsulotlar bilan yetarlicha taminlash vazifalari belgilangan.

Termiz tumanida OzXDPning 2470 nafar azosini birlashtirgan 43 ta boshlangich tashkiloti faoliyat korsatadi. Ular elektoratni oylantirayotgan masalalarni organish, yechimini topishda turli taklif va tashabbuslar bilan chiqayapti, partiya dasturiy goyalarini amalga oshirish uchun kurashayapti.

Bunga misol qilib, 93 nafar azoni birlashtirgan tuman tibbiyot birlashmasi, 200 nafardan ortiq kishini atrofida jamlagan Yangiariq qishloq fuqarolar yiginidagi boshlangich tashkilotlar faoliyatini keltirish mumkin.

Quyi boginning tashbbuskorligi, aholi orasiga chuqur kirib, elektorat manfaatiga xizmat qiluvchi takliflarni ilgari surishi natijasida 10 nafar deputatdan iborat OzXDP deputatlik guruhi elektorat manfaatiga xizmat qiluvchi masalalarni tuman Kengashi doimiy komissiyalari, sessiyalari muhokamasiga olib chiqmoqda. Misol uchun, deputatlik guruhi tumanda import ornini bosuvchi mahsulot ishlab chiqarish boyicha hududiy dasturlarni bajarish doirasida istemol bozorini mahalliy tovarlar bilan taminlash masalasini organib, sessiya kun tartibiga kiritgan. Deputatlar masalani har tomonla muhokama etganidan song, bu borada uchrayotgan kamchiliklarni bartaraf etish, tegishli mutasaddi rahbarlarning masuliyatini oshirishga qaratilgan qaror qabul qilindi. Bugun deputatlik guruhi mazkur qaror ijrosi yuzasidan oz nazoratini olib bormoqda.

Deputatlik guruhi rahbari Torabek Zoirovning malum qilishicha, shu yilning tortinchi choragida deputatlik guruhi tomonidan kasb-hunar kollejlarida yuqori malakali kadrlarni tayyorlash jarayonida talim-tarbiyani rivojlantirish, uning sifatini oshirish hamda bitiruvchi yoshlarni oz mutaxassisligi boyicha ishga joylashtirishning ahvoli haqidagi masala xalq deputatlari tuman Kengashi sessiyasiga kiritilishi rejalashtirilgan. Ayni paytda mazkur masala yuzasidan nazorat-tahlil ishlari boshlangan.

Siyosiy partiya ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar jarayonida oz tasir kuchiga ega bolishi uchun elektorat manfaatlarini astoydil himoya etishi lozim. Odamlarni oylantirayotgan masalalarni hal etish oz-ozidan bolmaydi. Buning uchun partiya faollari, deputatlar hamkorlikda qatiy va izchil harakat qilmogi talab etiladi.

Gulruh ODAShBOYEVA


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: