O'zb  
 
27.03.2018

OZBEKISTON PREZIDENTI AQSH DAVLAT KOTIBI ORINBOSARINI QABUL QILDI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 26 mart kuni «Tinchlik jarayoni, xavfsizlik sohasida hamkorlik va mintaqaviy sheriklik» mavzuida Afgoniston boyicha yuqori darajadagi Toshkent xalqaro konferensiyasida ishtirok etish uchun mamlakatimizga kelgan AQShning nufuzli delegatsiyasi rahbari, AQSh Davlat kotibining siyosiy masalalar boyicha orinbosari Tomas Shennonni qabul qildi.

Davlatimiz rahbari mehmonni qutlar ekan, birgalikdagi sa’y-harakatlar Ozbekiston — AQSh munosabatlarini rivojlantirishga yangi surat bagishlaganini alohida takidladi. Oliy va yuqori darajadagi ikki tomonlama muloqotlar Ozbekiston va AQSh ortasidagi strategik sheriklikni mustahkamlashga xizmat qilib, uni amaliy mazmun bilan boyitmoqda.

Mamlakatlarimiz ortasida yolga qoyilgan muntazam siyosiy muloqotga yuksak baho berildi. Savdo, investitsiya va yuqori texnologiyalar sohalarida qoshma loyihalarni amalga oshirishda AQShning yetakchi kompaniyalari va banklari bilan ozaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish muhimligi qayd etildi.

Uchrashuvda Afgonistondagi vaziyat yuzasidan fikr almashildi. Ozbekiston va AQSh afgon mojarosini tinch siyosiy yol bilan hal etish boyicha jarayonni tez fursatda boshlash tarafdori ekani takidlandi.

Afgoniston hukumatining mamlakatda tinchlik va barqarorlik ornatish, mintaqaviy iqtisodiy hamkorlik jarayonlariga qoshilish boyicha say-harakatlarini ikki tomon ham qollab-quvvatlashi qayd etildi.

Ozbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Afgoniston boyicha Toshkent konferensiyasini otkazish togrisidagi tashabbusni qollab-quvvatlagani va uning ishida AQShning nufuzli delegatsiyasi ishtirok etayotgani uchun Prezident Donald Trampga minnatdorlik bildirdi.

AQSh Davlat kotibining orinbosari Tomas Shennon ushbu anjumanda qatnashishga taklif etgani uchun Prezident Shavkat Mirziyoyevga samimiy minnatdorlik izhor qildi. Mazkur muhim xalqaro tadbirning oz vaqtida otkazilayotgani va dolzarbligi alohida takidlandi.

AQSh diplomati mamlakatimizda davlat boshqaruvi, fuqarolik jamiyati va iqtisodiyot sohalarida yangi bosqichda amalga oshirilayotgan islohotlarni yuksak baholadi.

Oz mamlakati rahbariyati nomidan AQSh davlatlarimiz ortasidagi ikki tomonlama keng kolamli hamkorlikni yanada kengaytirish va strategik sheriklikni mustahkamlashga tayyor ekanini takidladi.

OzA


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: