O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
27.03.2018

OZBEKISTON OZ TARAQQIYOT YOLIGA EGA MAMLAKAT. UNING TASHABBUSI ESA ETIROFGA MUNOSIB

Poytaxtimiz ikki kun davomida yirik xalqaro anjumanga mezbonlik qiladi. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan tashkil etilayotgan «Tinchlik jarayoni, xavfsizlik sohasida hamkorlik va mintaqaviy sheriklik» mavzusida Afg‘oniston boyicha yuqori darajadagi Toshkent xalqaro konferensiyasi doirasida OzA muxbirlari anjuman ishtirokchilarining fikrlari bilan qiziqdi.

Ibrat JUMABOYEV (Ibrat Safo), BBC muxbiri:

— Xalqaro hamjamiyat e’tiborini tortgan ushbu anjuman Afgonistonda tinchlikka erishish jarayoni, xavfsizlik masalalariga qaratilgan. Bu birgina davlatning ishi emasligi, tinchlik hamma uchun, dunyo ahli uchun hayotiy muhim masala ekanini hisobga olsak, anjumanning ahamiyati yanada ortadi. Konferensiyani tinchlikka erishish yolidagi juda ulkan harakat deb hisoblayman. Ozbekiston ayni ezgu harakatga boshchilik qilayotgani har qancha tahsinga sazovor.

Bu esa Ozbekistonning qoshni Afgonistondagi muvozanatli hayotga, u yerda tinchlik ornatish jarayoniga befarq emasligini korsatadi. Ozbekistonda bu kabi konferensiyaning tashkil etilishi va uni keng ommaga yoritishning tizimli yolga qoyilgani biz, jurnalistlarni quvontiradi. Bu jarayonda jurnalistlar uchun yaratilgan imkoniyatlardan unumli foydalanyapmiz.

Mehmet JONPOLAT, Turkiya teleradiokompaniyasining Ozbekistondagi vakolatxonasi muxbiri:

Ozbekistonning qoshni davlatlar bilan turli sohalardagi ozaro hamkorlikni mustahkamlash borasida olib borayotgan ishlari, ularning ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy jihatdan rivojlanishiga befarq emasligi etiborga molik. Har qanday davlat uchun tinchlikning ahamiyati yuksak. Qayerda tinchlik bolsa, osha yerda har tomonlama rivojlanish boladi, mamlakat taraqqiyotga erishadi. Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan tashkil etilayotgan konferensiya ikki qoshni davlat uchun ham yuksak ahamiyatga ega ekanini takidlash joiz. Bu say-harakatlar ozaro aloqalarni mustahkamlash bilan birga, Afgonistondagi siyosiy vaziyatni barqarorlashtirishga xizmat qilishi kutilmoqda. Zero, tinchlik iqtisodiy barqarorlikka erishish va jadal rivojlanish asosidir.

Gyunter KNABE, Germaniyaning Deutsche Welle teleradiokompaniyasi muxbiri:

Ozbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev oz yechimini kutib turgan masalalar doirasida Afgonistonda mustahkam tinchlikka erishishga oid goyat olamshumul taklifni ortaga tashladi. Dunyo ekspertlari, bevosita qoshni mamlakatlar etiborini ayni davlatga qaratish orqali vaziyatni tubdan tahlil qilib, barqaror tinchlik va rivojlanishga erishish asosiy vazifa etib belgilangan. Ozbekiston mezbonlik qilayotgan ushbu konferensiya oz samarasini beradi, deb oylaymiz. Butun dunyo hamjamiyatining etibori qaratilgan anjumanda vaziyatni organib, uni tahlil qilib, barqaror tinchlikka erishish yolida muhim qarorlar qabul qilinishi kutilmoqda. Ayni vaqtda bu voqealarni jahon afkor ommasi kuzatayotgani ushbu mamlakatlar taqdiri barcha uchun muhim ekanidan dalolatdir.

Daniil KISLOV, Rossiyaning Fergana.ru axborot agentligi bosh direktori:

Ozbekistonning har tomonlama taraqqiy etayotganini etirof etishdan mamnunman. Ayniqsa, uning turistik jihatdan yuksalayotgani meni hayratda qoldirdi. Anchadan buyon bu jannatmonand yurtda bolmagandim. Oz taraqqiyot yoliga ega bolgan ushbu davlatdagi rivojlanish, uning qoshni mamlakatlarga munosabati, Afgonistondagi vaziyatga alohida etibor bilan yondashuvi meni jurnalist sifatida juda mamnun etadi.

Ayni vaqtda butun dunyo ekspertlari bilan birga jurnalistlar ham ushbu voqeani alohida etibor bilan kuzatmoqda. Chunki qoshni davlatda tinchlik va osoyishtalik ornatishga qaratilgan qator tashabbuslar bilan chiqib, turli loyiha va anjumanlarga bosh bolayotgan Ozbekiston koplab mamlakatlar bilan mustahkam hamkorlik aloqalariga ega. Bu tashabbus uning oz prinsiplari, tizimli taraqqiyot rejasiga ega davlat ekanidan dalolat.

Bu anjuman keyinchalik ham tashkil etiladigan bir qator xayrli ishlarning, kop tomonlama hamkorlikning asosi bolib xizmat qilishiga ishonaman.

Muhammet ENES POLAT, Turkiya teleradiokompaniyasi muxbiri:

Ozbekiston juda yuksak salohiyatga ega mamlakat. Imkoniyatlari juda keng. Shu bilan birga, tashabbuslari ham xalqaro miqyosda goyat ahamiyatli. Qoni-qoshnichilik munosabatlariga jiddiy yondashuvi boshqa davlatlarga ornak bolgulik darajada. Markaziy Osiyo mintaqasida barqarorlikni taminlash, mamlakatlarning ozaro savdo-iqtisodiy va infratuzilmaviy munosabatlarini tizimli yolga qoyishdan koplab davlatlar birdek manfaatdor.

Afgonistonda uzoq vaqtdan buyon davom etib kelayotgan turli nizolar koplab davlatlarni tashvishga soladi. Albatta, birgina konferensiya doirasida ushbu muammo hal bolmasligi mumkin. Ammo bu kabi ezgu ishlarning hamkorlikda va tizimli davom ettirilishi, qabul qilinadigan qarorlar, takliflar, albatta, oz samarasini beradi, deb oylayman. Ushbu anjuman davomida xavfsizlik masalalari, tinchlik va farovonlikka erishish, uni hal etishning munosib va ozaro manfaatli yollarini topish, ozaro hamkorlikni rivojlantirishga harakat qilinadi. Bu masalalarning natijasi biz uchun muhim.

Barno MELIQULOVA,

Ulugbek SHONAZAROV

yozib oldi.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: