O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
22.03.2018

SAMIMIY QUTLOVLAR

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Shavkat Mirziyoyev Janobi Oliylariga


Muhtaram Prezident Janoblari!

Navroz bayrami arafasida Xitoy hukumati va xalqi nomidan, shaxsan oz nomimdan Sizni va butun Ozbekiston xalqini ushbu bayram bilan muborakbod etishga ijozat bergaysiz.

Songgi yillarda Xitoy – Ozbekiston munosabatlari yangi strategik darajaga kotarildi, bu mamlakatlarimiz ortasidagi an’anaviy dostlik rishtalariga yangi hayotiy kuch bagishladi. "Bir makon bir yol" qoshma loyihasi doirasidagi ikki tomonlama hamkorlik izchil taraqqiy etmoqda, xalqaro va mintaqaviy masalalardagi ozaro aloqalar mustahkamlanib bormoqda. Ikki tomonlama munosabatlarning jadal rivojlanishi xalqlarimiz uchun foydali bolmoqda. Xitoy Ozbekiston munosabatlarini rivojlantirishga alohida etibor qaratishim va Siz bilan dostlikni yuksak qadrlashimni yana bir bor takidlashga ijozat bergaysiz.

Si Szinpin,

Xitoy Xalq Respublikasi Raisi

* * *

Ozbekiston Respublikasi Prezidenti

Shavkat Mirziyoyev Janobi Oliylariga


Hurmatli Prezident, aziz qardoshim!

Olkalarimiz ortasidagi qadim dostlik, qardoshlik, birdamlik va hamkorlikni ozida mujassam etib, kelajak avlodlarga yetkazgan Navroz bayrami munosabati bilan Siz, Janobi Oliylarini hamda dost va qardosh ozbek xalqini turk xalqi va shaxsan oz nomimdan eng samimiy tilaklarim ila tabriklayman.

Hurmat bilan,

Rejep Tayyip Erdogan,

Turkiya Respublikasi Prezidenti

* * *

Ozbekiston Respublikasi Prezidenti

Shavkat Mirziyoyev Janobi Oliylariga

Muhtaram Shavkat Miromonovich!

Uygonish, yasharish va yangilanish fasli Navroz ayyomi munosabati bilan samimiy tabriklarimni qabul qilgaysiz.

Mamlakatlarimiz ortasidagi mustahkam dostlik va mushtarak manaviy qadriyatlarga asoslangan kop tomonlama munosabatlar xalqlarimiz manfaatlari yolida yanada jadal rivojlanishiga ishonchim komil.

Hurmat bilan,

Nursulton Nazarboyev,

Qozogiston Respublikasi Prezidenti

* * *

Ozbekiston Respublikasi Prezidenti

Shavkat Mirziyoyev Janobi Oliylariga


Muhtaram Shavkat Miromonovich!

Qirgiziston xalqi va shaxsan oz nomimdan Sizni hamda Sizning timsolingizda butun Ozbekiston xalqini bahor ayyomi Navroz bilan samimiy muborakbod etaman.

Navrozni nishonlash xalqlarimiz ortasidagi kop asrlik ananaviy dostlik, yaxshi qoshnilik va qardoshlik aloqalarini mustahkamlashga xizmat qiladi.

Birgalikdagi say-harakatlar bilan Qirgiziston va Ozbekiston ortasidagi ozaro ishonch va anglashuv tamoyillariga asoslangan munosabatlar xalqlarimiz manfaatlari yolida bundan buyon ham rivojlanib borishiga ishonch bildirishga ijozat bergaysiz.

Ehtirom ila,

Sooranbay Jeenbekov,

Qirgiziston Respublikasi Prezidenti

* * *

Ozbekiston Respublikasi Prezidenti

Shavkat Mirziyoyev Janobi Oliylariga


Muhtaram Shavkat Miromonovich!

Sizni va birodar Ozbekiston xalqini bahor va uygonish ayyomi xalqaro Navroz bayrami bilan chin qalbimdan muborakbod etaman.

Umid qilamanki, mamlakatlarimiz ortasidagi dostlik va ozaro manfaatli hamkorlik munosabatlari bundan buyon ham Navrozning hayotbaxsh goyalaridan ilhomlanib, izchil taraqqiy etib boradi.

Hurmat bilan,

Imomali Rahmon,

Tojikiston Respublikasi Prezidenti

* * *

Ozbekiston Respublikasi Prezidenti

Shavkat Mirziyoyev Janobi Oliylariga


Muhtaram Shavkat Miromonovich!

Qadrli birodarim!

Xalqaro Navroz ayyomi munosabati bilan Sizga va Siz orqali qardosh Ozbekiston xalqiga samimiy tabriklarimni izhor etish, farovonlik va ravnaq tilashga ijozat bergaysiz.

Bir necha ming yillik tarixga ega Navroz bayrami mehmondostlik, yaxshi qoshnilik ananalari bardavomligi va ulug insoniylik tamoyillarini mujassam etgan xalqlarimizning manaviy va madaniy boyligi hisoblanadi.

Chuqur hurmat ila,

Gurbanguli Berdimuhamedov,

Turkmaniston Prezidenti

* * *

Ozbekiston Respublikasi Prezidenti

Shavkat Mirziyoyev Janobi Oliylariga


Muhtaram Shavkat Miromonovich!

Ozim va Ozarbayjon xalqi nomidan Sizni va Ozbekiston xalqini milliy va madaniy-marifiy qadriyatlarimizni ozida mujassam etgan Navroz bayrami bilan samimiy qutlayman.

Xalqlarimiz irodasi bilan biz bundan buyon ham Ozarbayjon va Ozbekiston ortasidagi dostlik va hamkorlik aloqalarini birgalikda mustahkamlab borishimizga ishonch bildirishga ijozat bergaysiz.

Hurmat bilan,

Ilhom Aliyev,

Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti

* * *

Ozbekiston Respublikasi Prezidenti

Shavkat Mirziyoyev Janobi Oliylariga


Xalqaro Navroz bayrami kirib kelishi munosabati bilan Afgoniston xalqi nomidan Siz, Janobi Oliylari va birodar Ozbekiston xalqiga ozimning eng samimiy tabriklarimni izhor etaman.

Mushtarak bayramimiz bilan yana bir bor muborakbod etgan holda, mamlakatlarimiz ortasidagi hamkorlik va aloqalarning kengayishiga ishonch bildiraman.

Muhammad Ashraf Gani,

Afgoniston Islom Respublikasi Prezidenti

* * *

Shuningdek, Ozbekiston Respublikasi Prezidenti nomiga

Saudiya Arabistoni PodshohiSalmon ibn Abdulaziz Ol Saud

Saudiya Arabistoni Podshohligi voris shahzodasi,
Bosh vazirining orinbosari,
mudofaa vaziriMuhammad ibn Salmon Ol Saud

Indoneziya PrezidentiJoko Vadodo

Falastin PrezidentiMahmud Abbos

BAA vitse-prezidenti, Bosh vaziri,
Dubay amiriMuhammad ibn Roshid Ol Maktum

Afgoniston ijro hukumati rahbariAbdulla Abdulla

Kavkaz musulmonlari idorasi raisiOllohshukur Poshshozodatabrik yolladi.

Ozbekiston Respublikasi Prezidenti nomiga Navroz munosabati bilan samimiy tabriklar kelishi davom etmoqda.

Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: