O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
22.03.2018

OZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI SHAVKAT MIRZIYOYEVNING MAMLAKATIMIZ XALQIGA BAYRAM TABRIGI

Aziz vatandoshlar!

Jonajon yurtimiz – O‘zbekistonimizga yasharish, bahor va gozallik bayrami Navrozi olam kirib kelmoqda.

Ana shu qutlug ayyom Sharqona yangi yil bilan siz, muhtaram otaxon va onaxonlarni, munis opa-singillarimiz, suyukli farzandlarimiz, butun xalqimizni chin yurakdan samimiy muborakbod etaman.

Qalblarimiz shodlik va quvonchga tolgan mana shu nurli lahzalarda barchangizga sihat-salomatlik, xonadonlaringizga baxtu saodat, fayzu baraka tilayman.


Qadrli dostlar!

Bugun kop millatli xalqimiz dala va qirlarda, maydon va xiyobonlarda, tabiat bagrida sayil-tomoshalar otkazib, Navroz ayyomini kutib olmoqda.

Yetti yoshdan yetmish yoshgacha barcha yurtdoshlarimiz katta shodu xurramlik bilan bir-birini qutlab, shu yorug kunlarga yetkazgani uchun shukronalar aytmoqda.

El-yurtimizning tabarruk zaminimizga, ona diyorimizga mehri, ozaro ahillik, mehr-oqibat fazilatlari yanada yaqqol namoyon bolmoqda.

Shu dilbar faslda tabiatdagi ozgarishlarga uygun bolib, jamiyatimiz, hayotimiz ham ozgarib, yangilanib bormoqda.

Yangi-yangi uy-joylar, ta’lim, tibbiyot va madaniyat maskanlari, zamonaviy korxonalar, obod qishloq va shaharlar yurtimiz chiroyiga chiroy qoshmoqda.

Navroz falsafasi, Navroz qadriyatlari odamlarning dardu tashvishi bilan yashash, keksalarga hurmat, muhtoj insonlarga etibor va yordam korsatish, adolat va xalqparvarlik faoliyatimiz mezoniga aylanmoqda.

Biz eng avvalo onalarimiz, ayollarimiz va farzandlarimiz, butun xalqimizni rozi qilishni oz oldimizga ezgu vazifa qilib qoyganmiz. Va bu oliy maqsadga albatta erishamiz. Shunda hayotimiz yanada obod va farovon, buyuk Alisher Navoiy bobomiz aytganlaridek, har kunimiz Navroz boladi.

Bugun mirishkor dehqon va fermerlarimiz katta orzu-niyatlar bilan yangi mehnat mavsumini boshlamoqdalar. Barchamiz yilimiz qutlug kelsin, hosilimiz mol bolsin, mehnatingizdan baraka toping, deb ularni tabriklab, ishlariga rivoj tilaymiz.


Aziz dostlar!

Mana, bir necha yildirki, Birlashgan Millatlar Tashkilotining qaroriga muvofiq Navroz bayrami xalqaro miqyosda keng nishonlanmoqda.

Haqiqatan ham bu betakror bayram barcha ezgu niyatli insonlarni birlashtiradi, ularning qalbida eng gozal va olijanob tuygularni uygotadi. Shu bois ham Navrozi olam mustaqillik yillarida, millati, tili va dinidan qati nazar, diyorimizda yashayotgan barcha yurtdoshlarimizning ardoqli va sevimli bayramiga aylandi.

Bugun chet el diplomatik korpus vakillari, xorijiy dostlarimiz va hamkorlarimiz Navroz quvonchini biz bilan birga baham kormoqdalar.

Fursatdan foydalanib, aziz mehmonlarimizga, barcha yaqin va uzoq davlatlar xalqlariga samimiy tabriklarimizni yollab, ularga tinchlik-osoyishtalik, ravnaq va farovonlik tilaymiz.


Qadrli va muhtaram yurtdoshlarim!

Mana shu munavvar lahzalarda siz, azizlarga, butun xalqimizga eng ezgu tilaklarimni izhor etishdan baxtiyorman.

Sharqona yangi yilimiz har bir oila, har bir xonadonga baxt va quvonch olib kelsin!

Barcha pok orzu-niyatlarimiz amalga oshsin!

Yurtimiz tinch, xalqimiz omon bolsin!

Navrozi olam barchamizga muborak bolsin!


Shavkat Mirziyoyev,
Ozbekiston Respublikasi Prezidenti


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: