O'zb  
 
18.03.2018

QANCHA KOP ISH ORNI YARATILSA, ODAMLAR SHUNCHALAR ROZI BOLADI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev joylarda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari, olib borilayotgan islohotlar jarayoni, yirik loyihalar bilan tanishish va xalq bilan muloqot qilish maqsadida 17 mart kuni Samarqand viloyatiga tashrif buyurdi.

Samarqand viloyati mamlakatimizning iqtisodiy salohiyati yuqori, boy tarix va madaniyatga ega hududlaridan biri hisoblanadi. Respublikamizda barcha sohalarda amalga oshirilayotgan keng kolamli islohotlar viloyat ijtimoiy-iqtisodiy hayoti, shahar va qishloqlarining kun sayin ozgarib, obod bolib borayotgani, aholi turmush farovonligi yuksalayotganida ham oz aksini topmoqda.

Davlatimiz rahbari 2017 yilda viloyatga tashriflari chogida Samarqand shahri va boshqa tuman, shaharlarda qurilish-bunyodkorlik ishlarini keng kolamda davom ettirish, turizm, sanoat, qishloq xojaligi, xizmat korsatish va servis sohalarini jadal rivojlantirish, aholi uchun munosib turmush sharoiti yaratish yuzasidan vazifalarni belgilab bergan edi. Mazkur topshiriqlar ijrosi doirasida ulkan ishlar amalga oshirildi. Yangi sanoat korxonalari, tadbirkorlik sub’ektlari tashkil etildi. Mahsulot ishlab chiqarish va eksport hajmi oshdi. Zamonaviy uy-joylar, infratuzilma obektlari bunyod etildi. Tashriflar chogida taqdimoti otkazilgan 15 ta loyiha ishga tushirildi, 18 tasi boyicha belgilangan chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Viloyatda olib borilayotgan bu kabi ishlar, belgilangan vazifalarning ijrosi va loyihalarning amaliy natijasi Prezidentimizning doimiy etiborida.

Davlatimiz rahbari Samarqand viloyatiga tashrifini Imom Buxoriy majmuasi ziyoratidan boshladi.

Otganlar xotirasiga Quron tilovat qilindi.

Buyuk mutafakkir bobomiz, hadis ilmining sultoni Imom Buxoriy xoki mangu qonim topgan ushbu maskan islom marifati va ajdodlarimizning muqaddas dinimiz rivojiga qoshgan ulkan hissasini targib qiluvchi ulug ziyoratgohdir. Xalqimiz manaviy hayotidan chuqur orin olgan ushbu goshani rekonstruksiya qilish va uzoq-yaqin davlatlardan keladigan ziyoratchilar uchun yanada korkam qadamjoga aylantirish yuzasidan keng kolamli ishlar olib borilmoqda.

Prezidentimiz 2017 yil noyabr oyida majmuaga tashrif buyurganida bu borada amalga oshiriladigan ishlar konsepsiyasi bilan tanishib, uni yanada takomillashtirish boyicha zarur tavsiyalar bergan edi. Shu asosda majmuani rekonstruksiya qilish hamda ushbu maskanga ziyorat turizmi boyicha keluvchi sayyohlar uchun barcha xizmat turlarini qamrab oluvchi mehmonxona va infratuzilma obektlari qurish boyicha loyiha-takliflar tayyorlandi.

Shavkat Mirziyoyevga shu haqda malumot berildi.

Loyihaga kora, tamirlash ishlarini majmua hududini uch qismga ajratgan holda bosqichma-bosqich amalga oshirish moljallangan. Avvalo, yodgorlikning old qismini ikki qavat qilib kotarish, masjidni kengaytirish, 250 orinli zal, yuqori martabali mehmonlarni kutish xonalarini tashkil etish kozda tutilmoqda.

Majmua roparasida mehmonxonalar, bozor, gipermarket, savdo va maishiy xizmat majmualari, kafe va choyxonalar, milliy hunarmandlik ustaxonalari, sport maydoni qurish rejalashtirilgan. Ushbu hudud va majmua ortasida favvoralardan iborat 850 metrlik alleya, uning yonida fransuz uslubida landshaft dizayni asosida bahavo yolaklar barpo etiladi. Ziyoratchilarga qulaylik yaratish maqsadida majmua yaqinida mahalliy va viloyatlararo yonalishlarda qatnovchi avtobuslar uchun avtovokzal hamda 700 orinli avtomobillar toxtash joyi quriladi, majmuaga olib boruvchi yol boyida qishloq aholisi uchun ikki qavatli turar joylar bunyod etish belgilangan.

Bu ishlar amalga oshirilgach, ziyoratgohda bir vaqtning ozida 3-4 ming sayyohga zamonaviy xizmat korsatish imkoniyati yaratiladi.

– Biz yurtimizda ziyorat turizmini rivojlantirishga alohida etibor berishimiz kerak, dedi Shavkat Mirziyoyev.

Mazkur konsepsiya loyihasini yana bir bor sinchiklab korib chiqish, majmuaning Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi bilan hamohang bolishiga etibor qaratish kerakligi takidlandi.

Davlatimiz rahbari viloyatga tashrifi doirasida Oqdaryo tumanidagi «Daromad baxt omad» masuliyati cheklangan jamiyati tomonidan gidroponika usulida tashkil etilgan issiqxona bilan tanishdi. Bu yerda mehnat qilayotgan ishchilar bilan suhbatlashdi.

Gidroponika bu osimliklarni suniy muhitda tuproqsiz yetishtirish usulidir. Unda osimliklar ozuqani ildizlarini orab turgan eritmadan oladi.

Mamlakatimiz qishloq xojaligi salohiyatini yanada oshirish, oziq-ovqat xavfsizligini taminlash hamda eksportbop mahsulot yetishtirish maqsadida barcha hududlarda gidroponika usulida issiqxonalar tashkil etilmoqda. Ixcham va samarador bunday issiqxonalar yuqori sifatli poliz mahsulotlari yetishtirish, minglab ish orinlari yaratish imkonini beradi.

Bunday issiqxonaning yana bir afzalligi shundaki, unda maxsus unumdor yerga zarurat yoq. Toliq avtomatlashtirilgan nazorat tizimi bilan boshqariladi. Joydan maksimal darajada foydalanish imkoniyati mavjud. Mahsulot yetishtirish uchun sarflanadigan energiya resurslari ancha arzon. Tejamkor usulda sugorish va oziqlantirish tizimi mavjud.

Daromad baxt omad masuliyati cheklangan jamiyatida hozir 4 gektar maydonda gidroponika usulida tashkil etilgan issiqxonada pomidor parvarishlanmoqda. 22 doimiy, 30 dan ortiq mavsumiy ish orni yaratilgan. Issiqxonaning dastlabki hosilidan 220 tonnadan ortiq mahsulot yigishtirib olinib, uning qariyb teng yarmi Rossiya va Qozogistonga eksport qilinadi.

Oqdaryo tumanini paxtadan ozod qildik, dedi Prezident. Tumanning zax, toshloq yerlariga gidroponika juda mos. Bunday issiqxonalarni kengaytirish, nima bozorbop bolsa, shuni ekish kerak. Bu yonalishni rivojlantirish uchun mutaxassislar tayyorlash zarur.

Shu yerda Samarqand viloyatida parrandachilik, chorvachilik, baliqchilik, asalarichilik va boshqa tarmoqlarni rivojlantirish, meva-sabzavot yetishtirish va eksport qilishni kopaytirish loyihalari taqdimoti otkazildi.

Prezident loyihalar qamrovini oshirish, ishbilarmonlarni qollab-quvvatlash boyicha korsatmalar berdi. Tadbirkorlar bilan suhbatlashdi.

Davlatimiz rahbari soya yogi xaridorgir va sogliq uchun foydali ekani, uning shroti parranda uchun zarur ozuqa bolishini takidladi. Mazkur yonalishdagi ishlarni keng kolamda davom ettirish va rivojlantirish uchun soya yetishtiruvchilar assotsiatsiyasini tuzish boyicha korsatma berdi.

Prezidentimiz Oqdaryo tumanidagi Mushtariy Oqdaryo masuliyati cheklangan jamiyatiga qarashli tikuvchilik fabrikasida ham boldi.

Otgan yili noyabrda ish boshlagan ushbu korxonada xotin-qizlar va bolalar uchun 20 xilga yaqin trikotaj mahsuloti ishlab chiqarilmoqda. Tabiiy matodan tayyorlanayotgan sifatli kiyim-kechaklarning asosiy qismi Rossiya, AQSh va Qozogistonga eksport qilinmoqda. Bu yerda ayni paytda 500 yuzga yaqin xotin-qiz, jumladan, kollej bitiruvchilari mehnat qilmoqda.

Shavkat Mirziyoyev fabrikaning ishlab chiqarish jarayoni bilan tanishdi, mahsulotlarni kozdan kechirib, xodimlar bilan suhbatlashdi. Bunday zamonaviy korxonalar iqtisodiyotni barqarorlashtirish, aholini ish bilan taminlashda muhim orin tutishini, shu kabi fabrikalarni har bir tumanda kamida ikkitadan tashkil etish, trikotaj klasterlari yaratish zarurligini takidladi.

Birinchi navbatda, iqtisodi nisbatan ogir bolgan Qoshrabot, Nurobod singari tumanlarda bu kabi trikotaj korxonalarini tashkil qilishimiz kerak, dedi Prezidentimiz. Yetishtirilayotgan paxta hosilini imkon qadar viloyatlarning ozida qayta ishlab, tayyor mahsulot sifatida sotishni yolga qoyish har jihatdan foydali boladi. Qancha kop ish orni yaratsak, aholi bizdan shunchalik kop rozi boladi, turmush farovonligi yaxshilanadi.

Shu yerda Urgut erkin iqtisodiy zonasida amalga oshirilayotgan loyihalar, viloyatda tashkil etiladigan kichik sanoat zonalari va ixcham gidroenergetika stansiyalari loyihalari taqdimoti otkazildi. Kattaqorgon shahri misolida Jahon banki ishtirokida kichik va orta shaharlarni rivojlantirish dasturi haqida malumot berildi.

Davlatimiz rahbari ushbu loyiha va dasturlarni oz vaqtida amalga oshirish yuzasidan mutasaddilarga topshiriqlar berdi.

Samarqandda KamAZ avtomobillari ishlab chiqarish loyihalari bilan tanishuv chogida Prezidentimiz mahalliylashtirish, avtomobillar ekportini oshirish lozimligini qayd etdi.

Shavkat Mirziyoyev Ishtixon tumani Xumo mahalla fuqarolar yiginidagi Xina qishlogida Ishtixon tomorqa xizmati masuliyati cheklangan jamiyati faoliyati bilan tanishdi.

Prezidentimizning 2017 yil 10 oktabrdagi Fermer, dehqon xojaliklari va tomorqa yer egalari faoliyatini yanada rivojlantirish boyicha tashkiliy chora-tadbirlar togrisidagi qarori aholi daromadini kopaytirish, tomorqadan unumli foydalanishda muhim dasturilamal bolmoqda.

Joriy yilda tashkil etilgan jamiyat yuqori navli kochat va urug yetishtirish va tarqatish, zotdor chorva mollari yetkazish, aholi tomorqasiga texnik xizmat korsatish, osimliklarga kimyoviy vositalar bilan ishlov berish xizmatini tashkil qilish, yetishtirilgan mahsulotni sotib olish, qayta ishlash va eksport qilish bilan shugullanmoqda.

Xina qishlogida 1 ming 200 dan ziyod aholi tasarrufida bugungi kunda 34,2 gektar tomorqa mavjud. Bu yerda tomorqadan unumli foydalanish, oila farovonligini taminlash bilan birga, dasturxonimiz tokinligiga munosib hissa qoshayotgan tajribali dehqonlar kopchilikni tashkil etadi.

Davlatimiz rahbari mazkur qishloqda yashovchi Toshquvvat Rajabov xonadoniga tashrif buyurdi.

71 yoshli Toshquvvat ota 14 farzandni el koriga yaraydigan inson qilib tarbiyalagan. Bugungi kunda ular qishloq xojaligi, talim, tibbiyot va tadbirkorlik sohalarida yurtimiz taraqqiyoti uchun mehnat qilmoqda. Otaxon tomorqasida issiqxona qurib, pomidor va bodring parvarishini yolga qoygan. Bu yil tomorqadan 10 million som daromad olishni moljallamoqda.

Shu yerda Obod qishloq dasturi asosida Nurobod tumani Jom qishlogini obodonlashtirish va kokalamzorlashtirish, bogcha, dehqon bozori, turar joy binolarini tamirlash, qishloq vrachlik punktini rekonstruksiya qilish kabi muhim loyihalar taqdimoti otkzildi.

Tomorqadan qishin-yozin daromad olsa boladi. Biror qarich yer bosh turmasligi lozim, aholining tomorqadan foydalanish madaniyatini oshirishimiz kerak, dedi davlatimiz rahbari.

Shu kuni Pastdargom tumani hokimligida viloyat faollari ishtirokida yigilish bolib otdi. Unda Samarqand viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, qurilish-bunyodkorlik ishlari kolamini kengaytirish, tadbirkorlik subektlarini qollab-quvvatlash, aholi turmush darajasini yanada oshirish, xotin-qizlar va yoshlar bandligini taminlash kabi masalalarga alohida etibor qaratildi.

Aholini elektr energiyasi, tabiiy gaz bilan uzluksiz taminlash, 11 ta qishloqlararo va tumanlararo yangi avtobus yonalishlari ochish, Samarqand viloyatida qoshimcha 642 namunaviy loyihadagi arzon uylar qurish, ayollar va yoshlar jinoyatchiligini kamaytirish masalalari haqida soz yuritilib, mutasaddilarga bu borada tegishli topshiriqlar berildi.

Prezidentimizning Samarqand viloyatiga tashrifi davom etmoqda.

OzA


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: