O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
18.03.2018

BIZ KOKARGAN BOGLAR

8 mart — Xalqaro xotin-qizlar bayrami munosabati bilan Prezidentimiz tomonidan bir guruh ayollarimiz faxriy unvonlar, orden va medallar bilan mukofotlandi. Ular orasida borligim, e’tibor va ezozga sazovor bo‘lganim hayajoni hali bosilgani yoq.

Shavkat Mirziyoyev «Mehnat shuhrati» ordenini menga topshirayotib Yozganlaringizni oqiganman, rahmat, deganida ana shu shukronalik konglimdan otdi va boshim kokka yetdi. Qilingan mehnat hech qachon yerda qolmasligiga, ertami-kechmi u, albatta, etirof etilishiga yana bir bor ishonch hosil qildim. Eng muhimi, ana shu ajoyib va garoyib jurnalistika maktabini otagan dargohim Ozbekiston ovozi gazetasidan minnatdor boldim.

Pensiyaga chiqqanimga chorak asrdan oshdi. Bu sokin va xotirjam umr yollarimda qalam gashtini yanada kuchliroq tuyish, oz ustimda koproq ishlash ishtiyoqi kuchaydi. Ijodkorning baxtidan orgilay, u oyogi yerdan uzilguncha sevgan kasbi bilan hamroh va hamroz, bu kasbi korini imkon qadar rozi qilish darajasida ishlash imkoniyatiga ega bolarkan.

Pensiyaga chiqish bu ishdan chiqish, degani emas. Balki, tabiat inom etgan umri aziz va vaqt deb atalmish oltin damlardan yanada koproq va xoproq foydalanish nematidir.

Bu mukofot ana shu dargohdagi mehnatlarim sharofati, deb bildim. Ochigini aytsam, qizgin va joshqin, qaynoq ijodiy hayot, samarali ijodiy safarlarda chiniqqan, charxlangan qalamimning peshonasidan opgim keldi. Gazetamizning oltin sahifalariga koz nurimdan tokilgan sozlarni qayta-qayta oqiyman, soginganim qahramonlarim suratlarini ichikib tomosha qilaman. Bunday dorilamon damlarda seni boshi berk kochalardan olib chiqqan, ijodga, faqat ijodga davat qilgan va bu yoldagi onqir-chonqirlarda qolingdan olgan, ruhlantirib turgan ustozlarning ruhi-poklari oldida tiz chokasan.

1973 yil 10 mart kuni hozirgi Ozbekiston ovozi (Sovet Ozbekistoni) gazetasiga adabiy xodim bolib ishga keldim. Har haftada otkaziladigan adabiy davralardan birida Bosh muharririmiz Ozbekistonda xizmat korsatgan madaniyat xodimi, El-yurt hurmati ordeni sohibi, taniqli yozuvchi Maqsud Qoriyev gazetamizda bosilgan Qaynota sarlavhali lavhamdan kichkinagina parcha oqib berdi. Undagi ... sen odamlarga bir luqma nondek mehr bersang, u, albatta, butun non bolib qaytadi... jumlasiga alohida etibor berib, toxtalib otdi. Bundan ruhlanib ketdim. Gazetaning axloq va tarbiya bolimini boshqarar edim. Bu bolim asosan gazetamiz Bosh muharriri tasarrufida edi. Rahbarning topshirigi bilan koplab maqolalar va ocherklar yozganman. Kunlardan birida ustoz ... endi kitob yozishga oting, deb qoldi. Oddiy lavhalar, maqolalar yozishda qiynaladigan mendek oddiy bir jurnalistning kitob yozishga tishi otishiga ochigi ishonmadim. Togri, keyinroq, ayniqsa, nafaqaga chiqqanimdan song qator kitoblar yozishga musharraf boldim. Shunda ustozimni esladim. Shogirdi oz ichki imkoniyatlarini hali ozi ilgab ulgurmasidan buni anglagan, shogirdiga ishonch bilan qaragan ustozning sadagasi ketsang arziydi.

Muharririmiz salobatli shaxs edi. Koziga tik qarolmasdik. Kelayotganini uzoqdan korsak, xonalarimizga tezgina kirib ketardik. U chaqimchilik, birovning ustidan shikoyat qilishni yoqtirmas edi. Lekin hayot hayotda! Bazida galamis kimsalarning tuhmat-nadomatlari joningdan otib ketgan paytlar boladi. Ilojsiz qolganlaringda shu dargohning otasiga dardingni aytmay, axir kimga koz yosh tokasan?! Menda ham shunday bolgan. Muharrir qabuliga kirib, dardimni tokib solsam, u meni notogri tushunsa-chi yoki salobati bosib, gaplarim ichimda qolib ketsa-chi, degan andishaga bordim. Yaxshisi, maktub orqali murojaat qilishga qaror qildim. Ishga hammadan oldin kelib, hammadan keyin ketaman. Maktub javobini kutaman. Muharrir bilan muloqotga hushyor turibman. Lekin rahbarimiz hadeganda meni yoqlamadi. Borgan sayin ich-etimni yeyman. Lekin meni bir narsa xotirjam qilardi. Maktubda yolgon gap yoq, hech kimga tuhmat qilmaganman, faqat bor haqiqatni qogozga tushirganman. Ozimning haqligimga ishonganman. Eng muhimi, rahbarimizning adolatli inson ekaniga suyanganman.

Vaqt otgan sayin maktubda yozganim muammolarning birin-ketin oz yechimini topayotganini his qila boshladim. Oxir-oqibat menga qarshi nadomatlar boshida turgan shaxs ishdan ketgach, muharririmiz kotiba orqali menga bir konvert yollabdilar. Konvertni ochib qarasam, mening shikoyat xatim, ustiga Arxivingizda saqlang, deb yozilgan ustoz dastxati. Bu kopni korgan, kopni bilgan ustozimiz, yozuvchi Maqsud Qoriyevning rahbarlik salohiyati edi. Biron bir muammoni hal qilishda arqonni uzun tashlab, shoshma-shosharlikka yol qoymay, sabr bilan ishlash uslubi edi. Rahbarimiz ijodiy jamoa orasidagi ayrim ziddiyatlar, munosabatlardan xabari yoq, deb notogri oylagan ekanman. Aslida bu borada bizdan ham koproq malumotlarga ega ekan, kuzatib yurar ekan.

Bir tanqidiy maqola yozib boshim baloga qoldi. Qahramonim muharrir xonasidan chiqib kelayotganini korib qoldim. Demak, ustimdan shikoyat qilib kelgan. Osha paytdagi muharririmiz filologiya fanlari doktori, professor Laziz Qayumov meni yoqlamas, bu haqda ogiz ochmas edi. Ozim gap ochdim. Shunda muharririmiz jilmayib, yelkamga qoqib:

...Maqola bosildi. Hujjatlar tasdiqlandi. Aybdor oz jazosini oldi. Boshqasi hech gap emas. Sizni ayadim, tagin ilhomi qochib ketmasin dedim-da, deya hazillashgan bolib, kuldi.

Mening ham chehramga tabassum yoyildi. Bunday olijanob, otamdek mehribon ustozlar menga kuch-quvvat berdi, rahnamolik qildi. Ularni unutib boladimi?! Ustozlarimni bugungi quvonchli, dorilamon kunlarda eslamasam, qachon eslayman.

Yana bir tanqidiy maqolam shov-shuvlarga sabab bolgan. Garchi bu maqolam ozim ishlayotgan gazetada emas, boshqasida elon qilingan bolmasin, shu maqolam yuzasidan meni muhokama qilish, iloji boricha kamchiliklar topib, jazolash, hatto ishdan chetlashtirish rahbarimizga buyurilgan edi.

Osha paytdagi muharririmiz yozuvchi Oktam Usmonov meni ijodiy jamoa muhokamasiga qoydi. Muhokama bolishimni oldindan sezdimmi, maqolani ham, maqola yuzasidan toplangan dasta-dasta hujjatli materiallarimni ham ijodiy jamoaga oqitib olgan edim.

Muhokama boshlandi. Bolim mudirlari, ijodiy jamoa birin-ketin soz olishib, maqola xususida, men haqimda oz fikr-mulohazalarini bildira boshlashdi.

Bolim mudiri Rafiq Tursunov ozini tutolmadi:

...Muallifning kamchiligi shundaki, u oz qahramonini ayabroq, xasposhlab yozibdi. Aslida bunday haromxor, poraxor, norasidalar rizqi-rozini qiyayotgan kimsalarning bahridan otish kerak, dedi tutoqib.

Jurnalist erkin ijodkor. Mahmudovaning boshqa nashrda bosilgan maqolasini bizda muhokama qilinayotgani jurnalist etikasiga togri kelmaydi. Bu maqola muallifiga ham, maqola elon qilingan nashrga ham hurmatsizlik, noqonuniy deb bilaman, dedi feletonchi Usmon Yusupov. Maqola yuzasidan toplangan hujjatlar bilan tanishib chiqdim. Bu malumotlardan bir tanqidiy maqola emas, bir nechta feleton yozish mumkin.

Bu jurnalistning jasorati. Uni jazolash emas, tabriklash kerak, dedi gazeta bosh muharriri orinbosari Tolagan Najmiddinov.

Bosh muharririmiz jamoaga qarshi borolmadi. Ularga qoshilishga majbur boldi. Osha paytlarda ijtimoiy hayotimizda oshkoralik boshlanayotgan uygonish davri edi. Chetdan kelib, respublikamizning partiya, davlat tashkilotlaridagi rahbarlik lavozimlariga ornashib olganlarning patagiga qurt tushib qolgan edi. Ular kunlari tugayotganini tushunib, chontaklarini yanada qappaytirish ilinjida xalqimizni istagancha sogib ichardilar. Mening qahramonim ham ular uchun ana shunday sogin sigir edi. Bu maqolam yuzasidan tergov bermagan kunim bolmagan. Hali Toshkent shahar partiya komiteti ideologiya sekretari qabulxonasidaman, hali Ozbekiston kompartiyasi Markaziy Komiteti masul xodimi savollariga javob beraman. Boshimdan tegirmon toshini yurgazgan amaldorlar qolidan sog-omon chiqqanimga shukur qilaman. Songgi bekat meni asrab qolgan gazetamizning ijodiy jamoasiga mehr-ehtiromim umrim boyi poyondoz bolsin.

Ozbek jurnalistikasining oltin davrini boshlab berganlardan va yaratganlardan hisoblangan qadrdon ustozlarimiz Ziyod Yesenboyev, Maqsud Qoriyev, Xolbek Yodgorov, Ismoil Sulaymonov, Ahmad Ismoilov, Nomon Nasimov, Shavkat Niyozov, Ahmadjon Muxtorovlarning bir jon, bir tan bolib ishlaganlarining guvohi bolganman. Biz, yoshlar ulardan nafaqat yozishni, yaxshi yozishni, bilib, puxta yozishni organdik. Biz, ularning odamiylik, keng fellik fazilatlaridan ibrat oldik, ulardek yashashga, ulardek el-yurt koriga yarash, ular uchun kuyunishga intildik. Ajoyib ustozlarimiz xotirasi hamisha qalbimizda yashaydi.

Rasul Rahmonov, Abdukarim Nabixojayev, Boltaboy Yusupov, Mirsharof Muhsimov, Joraboy Sadullayev, Mixli Safarov, Narzulla Jorayev, Hamid Sultonov, Mashkura Mirzamuhamedova, Umida Fayziyeva, Usmon Yusupov, Tojiboy Unaboyev, Erkin Xojayev, Yaxyo Toxtayev, Abduqodir Niyozov, Salohiddin Muhiddinov kabi yelkama-elka turib ishlagan hamkasblarim bilan behad faxrlanaman. Ularning har qaysilarining gazetamiz oltin zarvaraqlarida oltin muhrlari bor. Bir-birlariga oxshamagan oz ijodiy tarixlari, esdaliklari bor.

Ozbekiston ovozi gazetasi bu yil qutlug yoshga toladi. Respublikamizdagi yoshi ulug, yetti iqlimga dovrugini taratib, koinotga parvoz qilgan gezatamiz bilan biz, faxriylar faxrlanamiz. Tuprogini yalaganimiz bu dargoh biz kokargan boglardir. Biz suyangan bogbon ustozlardir.

Dilbar MAHMUDOVA,

Ozbekiston Respublikasida xizmat korsatgan jurnalist,

Mehnat shuhrati ordeni sohibi.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: