O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
15.03.2018

Siyosiy oquvlar: SON EMAS, SIFAT KERAK

Nilufar YULDASHEVA, O‘zXDP Markaziy Kengashi bolim boshligi:

— Fuqarolar oz huquqlari va burchlarini chuqur his qilishi fuqarolik jamiyatini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Shu bois OzXDP tizimida ushbu masalaga bagishlangan oquv seminarlar otkazib kelinmoqda.

Bugun davr oldimizga yangi-yangi vazifalarni qoymoqda. Ayniqsa, 2017 yil 12 iyulda Oliy Majlisda otkazilgan videoselektor yigilishi siyosiy partiyalar faoliyatida tub burilish yasash vaqti allaqachon kelganini korsatdi. Bu borada partiyamiz Markaziy Kengashining tegishli qarorlari qabul qilinib, har bir yonalishdagi faoliyatimiz tanqidiy tahlil etildi, yangi goya va tashabbuslarni oz ichiga olgan yol xaritalari ishlab chiqildi.

Xususan, siyosiy-ma’rifat tizimini yangilash, targibot-tashviqot ishlarini sifat jihatdan kuchaytirish, oquv-seminarlar samaradorligini yanada oshirish borasida qator vazifalar belgilab olindi.

Bugungi kunga kelib, partiya tizimidagi oquvlar qay darajada amalga oshirilmoqda? Targibot tadbirlari ozini oqlayaptimi? Biz ana shu savollar ustida jiddiy bosh qotirmogimiz kerak.

Partiyamiz Markaziy Kengashidan tortib, boshlangich partiya tashkilotlariga qadar otkazilayotgan siyosiy oquvlarni tahlil qilganimizda ularning samaradorligi pastligi ayon bolmoqda.

Kamchiliklar nimalarda kozga tashlanyapti?

Birinchidan, otkazilayotgan siyosiy oquvlar faqatgina seminarlar shaklida yoki davra suhbati shaklida bolib, zamonaviy texnologiyalardan unumli foydalanilmaydi. Masalan, otgan yil davomida partiya Markaziy Kengashi, Qoraqalpogiston Respublika, viloyatlar, tuman va shahar kengashlari hamda yirik boshlangich partiya tashkilotlarida 21 ming oquv seminar otkazilgan. Ammo aksariyat boshlangich tashkilotlarimizda oquvlar nomiga tashkil etilyapti.

Ikkinchidan, auditoriya ishtirokchilarini toplash masalasida jiddiy muammolar mavjud. Axborot asrida barcha fuqarolar (u partiya xodimi boladimi yoki boshqa kasb egasi boladimi) jamiyatdagi ozgarishlarni, bolayotgan yangiliklarni tezkor internet, televideniye, umuman, OAV orqali tanishib chiqish imkoniga ega. Biz bunday paytda kim bilan ishlashni aniq bilishimiz kerak. Oquvlarda har doim bir xil odamlar qatnashishiga chek qoyishimiz zarur.

Uchinchidan, oquvlarni tashkil etishda bosqichma-bosqich tamoyili, yani markaziy, mintaqaviy, mahalliy va BPT tizimi oz dolzarbligini yoqotgani yoq. Partiya tizimida faoliyat olib borayotgan xodimlarning siyosiy-huquqiy bilimini oshirish masalaning bir tomoni bolsa, boshqa tomondan biz oquvlar orqali yangi faollarni kashf etishimiz kerak. Boshqacha aytganda, oquvlar orqali xayrixohlarimiz safini kengaytirishimiz mumkinligini unutmasligimiz kerak.

Shundan kelib chiqib, siyosiy oquvlarimizni tubdan isloh qilish, tadbirlarni otkazishda innovatsion, yangicha yondashuvlar asosida quyidagi tartibda takomillashtirilishi maqsadga muvofiq boladi:

eng yaxshi tajribalarni amaliyotga ommalashtirish, xalqaro innovatsion tajribalarni mafkura yonalishiga tatbiq etish;

targibot ishlarida boshlangich partiya tashkilotlari imkoniyatlaridan toliq foydalanish, ayniqsa, mahallalar bilan hamkorlikni kuchaytirish;

partiya dasturiy maqsadlarini targib qilishda zamonaviy formatlardagi slaydlar, tarqatma materiallar, ijtimoiy tarmoq vositalaridan unumli foydalanish;

oquvlar monitoringini olib borish, har oyda ularni tahlil qilish va shu asosda kamchiliklarni toldirish.

Bundan tashqari, partiyamiz tizimidagi tagibotchilar guruhlari faoliyatini ham izchil takomillashtirish talab etiladi. Bu jarayonda Milliy goya va mafkura ilmiy-amaliy markazi, Manaviyat va marifat markazi, Olimlar assotsiatsiyasi, Yoshlar ittifoqi kabi tashkilotlar bilan hamkorlikni mustahkamlashimiz kerak boladi.

Siyosiy oquv partiyaning muhim targibot vositasi ekanini unutmasligimiz, otkazilayotgan tadbirlarning soniga emas, sifatiga etibor qaratishimiz, bugun bu masala har qachongidan muhim bolib turganini hisobga olishimiz zarur.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: