O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
13.03.2018

AKA-SINGIL YIGLAB BIR-BIRINI BAGRIGA BOSDI...

Ulug‘bek ABDUNAZAROV, Ma’naviyat va marifat markazi Bekobod shahar bolimi rahbari, xalq deputatlari shahar Kengashidagi OzXDP guruhi azosi:

— Tojikiston Respublikasi bilan chegaradosh bolgan Toshkent viloyatining Bekobod shahar hududida joylashgan «Bekobod-avto» chegara bojxona postining tantanali ochilish marosimida men ham ishtirok etdim. Ayni shu kundan boshlab, ikki davlat chegara bojxona postlari orqali fuqarolar va avtotransport vositalari harakati yolga qoyildi.

Ikki qardosh xalq vakillari ishtirokida bolib otgan marosimda bojxona posti bayramona bezatildi. Ertalab soat 8:00 dan boshlab, Bekobod shahri va qoshni tumanlarda istiqomat qilayotgan aholi bu maskanga kela boshladi. Odamlar chegaradan otib, qaytishlari uchun qolay sharoit yaratib berildi. Turli xil korgazmalar tashkil etildi. Unda ikki xalqning milliy mahsulotlari, hunarmandchilik buyumlari namoyish etildi. Bayram dasturxoni yozildi. Ozbekiston va Tojikiston tomon osh berdi. Lenta kesish marosimida Ozbekistondan Bekobod shahar hokimi hamda mehnat faxriylari, Tojikiston tomondan ham yoshi ulug insonlar va tuman rahbari ishtirok etdi. Shundan song katta konsert boshlandi. Karnay-surnaylar chalindi.

Xalqlarimiz orasida qarindosh-urugchilik chuqur ildiz otgan. Bir-birini anchadan beri kormagan yaqinlar quchoqlashib sorashishdi. Yana bir qiziq joyi lenta kesish uchun qaychi ushlab turgan qiz marosim vaqtida birdan yiglab yubordi. Hammamiz nima bolganiga tushunmay hayron bolib qoldik. U Tojikiston tomonida akasini korib qolibdi. Darhol yugurib borib, quchoqlashib korishib, barchamizni tolqinlantirib yubordi. Ozbekistonda onasi bilan yashayotgan qiz ancha yillardan beri amakilari bilan Tojikistonda qolgan akasini kormagan ekan.

Marosim soat 15:00 ga qadar tugatilishi kerak edi. Lekin kech bolib qolganiga qaramasdan, odamlarni qatnovi uzilmadi. Chegara ochiq bolgani uchun ular bir-birlari bilan bemalol korishdi, gaplashdi, sovgalar, ton va belboglar berishdi. Xalqlarimiz ortasida turli xil aytishuvlar boldi. Abdurahmon Jomiy va Alisher Navoiy ijodidan namunalar oqildi.

Bu tadbirda soginchlar uchrashdi. Armonlar aridi. Suniy tosiqlar olib tashlandi. Bir sherda aytilganidek:

Inson bilan tirikdir inson.

Muhabbatdir hayotning boshi,

Odamlarga baxsh etadi jon,

Odamlarning mehr quyoshi...

Shahboz SAIDOV,

yozib oldi.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: