O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
13.03.2018

TOY-MARAKASI BIR XALQ

Rahmat JARQINOV, Urgut tuman «Vatak» qishloq fuqarolar yig‘ini raisi:

— Prezidentimizning Tojikistonga davlat tashrifi ikki qardosh xalq ortasida uzilib qolgan yaqin qoshnichilik, qarindosh-urugchilik aloqalarini tiklash yolida tarixiy qadam boldi. Ayniqsa, Samarqand viloyatining Jartepa, Sogd viloyatining Sarazm otkazish punktlarining Samarqand Panjakent oraligida A-377 xalqaro avtomobil yolining qayta ochilishi juda katta tantanaga aylanib ketdi. Tadbirda ikki viloyatning jamoatchilik vakillari, faollar va chegara hududidagi mahallalarda yashovchi aholi, davlat va jamoat tashkilotlari mas’ullari ishtirok etdi.

Ishonasizmi, Urgut Panjakent qishloqlari aholisi asrlar boyi bir-biri bilan quda-andachilik qilib keladi, hammalari qon-qarindosh, toy-marakasi bir xalq. Uzoq ayriliqdan keyin bu yerga kelgan oga-inilar, yor-birodarlar diydorlashishdi, kozlarda sevinch yoshlari bilan bir-birlarini qutlashdi. Shundoqqina bizdan 12 kilometrlik masofada bolgan Sojina qishlogida otamning jiyani Otaqul toga yashardi u kishi bilan 20 yildan buyon korishmagan edik, ikki davlat ortasidagi yol ochilishini eshitib, tadbirga yetib kelibdi. Togamni uyimizga, qarindosh-uruglarnikiga olib bordim, hammalari xursand bolishdi. Chegarada joylashgan barcha qishloqlardagi xonadonlarga shu kunlarda Sogd viloyati hududidagi qishloqlarda yashayotgan qarindosh-uruglar mehmonga kelib ketishayapti. Buning uchun har ikkala davlat Prezidentlariga rahmat aytishayapti.

Yon qoshnimiz, jon qoshnimiz bolgan tojik xalqi bilan azaliy dostlik aloqalari yana tiklandi, mana, yaqinda Samarqand shahrida buyuk mutafakkirlarimiz Alisher Navoiy va Abdurahmon Jomiyga yodgorlik ornatildi. Shu kuni Jartepa otkazish punktida Ozbekiston Prezidentining Sogd viloyatiga sovgasi Samarqand avtomobil zavodida ishlab chiqarilgan avtobus topshirildi.

Jartepa Sarazm otkazish punktlarining ishga tushirilishi munosabati bilan Sogd viloyati hokimi Rajabboy Ahmadzoda tomonidan Samarqand viloyati hokimi Turobjon Jorayevga Sarazm Jartepa otkazish punkti orqali qimmatbaho sovga yuborildi. Tadbirda Samarqand viloyati va Sogd viloyatining Panjakent shahri hokimliklari vakillari ikki xalq ortasidagi munosabatlar kun sayin mustahkamlanib borayotgani, yangi davr talablari asosida rivojlanayotganini etirof etishdi. Mehr kozda, deganlari rost gap ekan, ikki qardosh xalq tomonidan kopdan buyon intizorlik bilan kutib kelingan bu hayajonli daqiqalar hammaning qalbini tolqinlantirib yubordi. Ikki mamlakat Prezidentlari bir-birlarini bagrilariga bosganida, koziga yosh qalqmagan odam qolmadi. Ular timsolida goyo ozbek va tojik xalqlari bir-birlarini bagrilariga bosdi. Bu chinakam dostlik, qardoshlikning yorqin namoyishidir.

Ozbekiston ovozi muxbiri

Nurulloh DOSTON yozib oldi.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: