O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
13.03.2018

DEPUTATLAR HOKIM HISOBOTINI ESHITDI

Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining sessiyasida Samarqand viloyati hokimining 2017 yilda viloyat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining eng muhim va dolzarb masalalari yuzasidan hisoboti eshitildi.

Ta’kidlanishicha, 2017 yilda viloyat yalpi ichki mahsuloti hajmi 18 trillion 319 milliard so‘mga yetib, 102 foiz bajarilgan. Sanoat, qishloq xojaligi, qurilish, xizmat korsatish va servis sohalarida ham barqaror osish suratlari taminlangan. Tashqi savdo aylanmasi 1 milliard 96 million dollarni tashkil etdi.

Yil davomida xorijiy sarmoya ishtirokida 56 yangi korxona tashkil etilib, ularning soni 291 taga yetdi. Viloyatdagi 44 davlat mulki obekti investitsiya kiritish sharti bilan «nol» xarid qiymatida tadbirkorlarga berildi. 3 ming 259 kichik biznes subekti yangidan faoliyat boshladi.

Viloyatni hududiy rivojlantirish dasturiga asosan sanoat, qishloq xojaligi, xizmat korsatish sohalarida 2 ming 252 loyiha amalga oshirildi. Buning natijasida 20 ming 300 ga yaqin yangi ish orni yaratildi.

Investitsiya dasturi asosida respublika byudjetidan ajratilgan 148,6 milliard som mablag hisobidan 178 ijtimoiy soha obektida qurilish-tamirlash ishlari bajarildi.

Hisobotda, shuningdek, kommunal soha, sogliqni saqlash tizimi, aholini ijtimoiy muhofaza qilish borasida va boshqa yonalishlarda bajarilgan ishlar qayd etilib, 2018 yil uchun belgilangan ustuvor vazifalar haqida malumot berilgan.

Shuningdek, sessiyada 2017 yildagi faoliyati yuzasidan viloyat prokurori va ichki ishlar boshqarmasi boshligining hisobotlari, viloyatdagi sudlar raislarining axborotlari tinglandi.

Hisobotlar yuzasidan deputatlar taklif va tavsiyalar bildirib, ozlarini qiziqtirgan savollariga javob oldi.

G.HASANOV,

OzA muxbiri.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: