O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Mart 2020   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
24 25 26 27 28 29 1
2 3 4 5 6 7 8
9 10 11 12 13 14 15
16 17 18 19 20 21 22
23 24 25 26 27 28 29
30 31 1 2 3 4 5
13.03.2018

KAMCHILIKLARDAN BUGUN XULOSA CHIQARMASAK, ERTAGA KECH BOLADI

O‘zbekiston XDP Sirdaryo viloyat kengashining plenumi bolib otdi. Unda viloyat, tuman va shahar partiya kengashlari mas’ullari, partiya guruhlari azolari ishtirok etdi.

— Yutuqlar haqida gapirishdan kora, foydalanilmayotgan imkoniyatlarimiz haqida koproq oylashimiz kerak, dedi OzXDP Sirdaryo viloyat kengashi raisi vazifasini bajaruvchi Akmal Tursunboyev. Har birimiz otgan kunimizdan xulosa chiqarib, ertangi kunimiz uchun rejalar tuzsakkina elektoratimiz manfaatlarini samarali himoyalay olamiz. Oldimizda masuliyatli vazifalar turibdi. Bu yol qoyilgan kamchiliklarga koz yummasdan, ularni samarali hal qilish boyicha puxta takliflar ustida ishlashga undaydi. Tan olish kerakki, bugun bizga targibot-tashviqot ishlarida faollik yetishmayapti. Biz hamon boshlangich tashkilotlarimiz ichiga kirib bora olmayapmiz. Vaholanki, boshlangich tashkilot partiyaning asosiy tayanchidir.

Otgan yili shahar va tuman partiya tashkilotlari tarkibidagi boshlangich partiya tashkilotlarida azolar qayta royxatdan otkazildi. Viloyat boyicha yil davomida 2200 ga yaqin fuqaro partiya azoligiga qabul qilindi.

Oylaymanki, plenumdan song viloyatimizdagi barcha partiya tashkilotlari oz faoliyatini qaytadan korib chiqib, samaradorlikni oshiradi.

Plenumda Ozbekiston XDP Markaziy Kengashi raisi Xotamjon Ketmonov qatnashdi va sozga chiqdi.

Bugun aholi bilan muloqot olib borishda ochiqlikka, muammolarni joyida bartaraf etishga alohida etibor qaratilmoqda, dedi partiya yetakchisi. Muhimi, odamlar ozgarishlardan, amalga oshirilayotgan islohotlardan mamnun. Shu jarayonda biz siyosiy partiyalarning zimmasida katta masuliyat borligini unutmasligimiz lozim, albatta.

Barcha darajadagi partiya tashkilotlarida kadrlar bilan ishlash, ularning salohiyatini oshirish masalasida yangicha yondashuv zarurligini zamonning ozi talab qilmoqda. Xodimlarning namunaviy odob-ahloq qoidalari ishlab chiqilgani va Markaziy Kengash ijroiya qomitasining tegishli qarori bilan qabul qilinganidan barchangizning xabaringiz bor. Bu ishimizni tanqidiy-tahliliy qayta korib chiqish, kamchiliklarni oz vaqtida bartaraf etishga omil boladi.

Islohotlarni chuqur anglamagan partiya xodimlari bilan uzoqqa bora olmasligimizni zamonning ozi korsatib bermoqda. Shuni hisobga olib, faoliyatini togri yolga qoya olmagan 6 nafar tuman kengashi raisi lavozimidan ozod etilgani, 2 nafar tuman kengashi raisiga intizomiy jazo chorasi korilganiga etibor qaratildi.

OzXDP Sirdaryo viloyat kengashi qator tashkilotlar bilan hamkorlikda chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqqan, dedi «Yosh siyosatchilar» klubi koordinatori Nodira Muhammadqulova. Bugungi kunda rejaga muvofiq yoshlar bilan muloqotlar tashkil etilmoqda. Partiyamizning Istiqbol yoshlar qanoti va deputatlar ishtirokida hududdagi yoshlarning royxati shakllantirilib, ularning yashash tarzi, nimalar bilan bandligi organildi. Bu boradagi ishlarimizda tizimlilikni yolga qoyish, raqamlar ketidan quvmasdan, masalaning mohiyati, dolzarbligi, asosiysi, yechimi boyicha aniq takliflarni shakllantirish muhim hisoblanadi.

Aholi bandligini taminlash eng dolzarb masalalardan biridir, dedi Sirdaryo viloyat Kengashidagi OzXDP guruhi azosi Joraboy Qoldoshev. Ishsizlik darajasi yuqori bolgan hududlarda yengil sanoat, charm poyabzal, elektrotexnika sohasiga oid qator loyihalarni amalga oshirish belgilangan.

Shuningdek, aholi salomatligi, onalik va bolalikni muhofaza qilish masalalari yuzasidan mansabdor shaxslarning axborotlarini eshitish, deputatlik sorovi institutidan foydalanishni yanada kuchaytirishimiz lozim. Qishloq oilaviy poliklinikalaridagi kamchiliklarni bartaraf etish, ehtiyojmand aholi vakillarini qollab-quvvatlash yonalishlarida aniq vazifalarni belgilab olish talab etiladi.

Plenumda tegishli qarorlar qabul qilindi.

Mahliyo ALIQULOVA,

Ozbekiston ovozi muxbiri.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: