O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
13.03.2018

ERISHILGAN KELISHUVLAR IKKI MAMLAKAT TARIXIDA MUHIM QADAM BOLDI

Avval xabar berilganidek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Tojikiston Respublikasi Prezidenti Imomali Rahmonning taklifiga binoan 9-10 mart kunlari davlat tashrifi bilan Dushanbe shahrida boldi.

Davlatimiz rahbarining Tojikistonga davlat tashrifi kutilganidan ham samarali boldi. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev ta’biri bilan aytganda, hal qilinmagan masala qolmadi. Darhaqiqat, muzokaralar yakunida ikki mamlakat rahbarlari Ozbekiston Respublikasi bilan Tojikiston Respublikasi ortasida Dostlik va yaxshi qoshnilikni mustahkamlash togrisidagi Qoshma bayonot, Ozbekiston — Tojikiston davlat chegarasining alohida uchastkalari togrisidagi shartnomani imzoladilar. Bundan tashqari, savdo, iqtisodiyot, investitsiya, moliya, transport va tranzit, qishloq xojaligi, suv-energetika, soliq, bojxona, turizm, fan-talim, sogliqni saqlash, madaniyat, xavfsizlik va jinoyatchilikka qarshi kurashish sohalaridagi hamkorlik hamda hududlararo aloqalarni rivojlantirishga doir 27 hujjat imzolandi.

OzA muxbiri erishilgan kelishuvlar natijasi haqida Ozbekiston delegatsiyasi azolarining fikrlari bilan qiziqdi:

Achilboy RAMATOV, Ozbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi orinbosari, «Ozbekiston temir yollari» aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi:

Tojikiston Respublikasi hududiy joylashuviga binoan mamlakatimizga chegara davlat hisoblanadi. Shunday ekan, temir yol va avtomobil yollarimiz bir-biri bilan bogliq. Yani qoshni davlatning asosiy yuklari Ozbekiston hududi orqali otadi. Songgi yillarda Tojikiston tomonining yuklari Ozbekiston hududidan aylanib otar edi. Davlatimiz rahbarining topshirigiga kora, yangi qatnovlar yolga qoyildi. Bu borada qoshni mamlakatga oziga xos chegirmalar taqdim qildik va bir toxtamga keldik. Bu ikki mamlakat iqtisodiyotiga katta foyda keltiradi, deb hisoblaymiz.

Mamlakatlarimiz ortasida temir yol qatnovini yolga qoyish boyicha kelishuvga erishilgan edi. Davlatimiz rahbarining tashrifi doirasida Galaba Amuzang Xoshadi temir yol liniyasi ochildi. Tahlillarga kora, bu yoldan millionlab aholi foydalanishi mumkin. Shunday ekan, bu boradagi ishlar izchil davom ettiriladi.

Jamshid XOJAYEV, Ozbekiston Respublikasi tashqi savdo vaziri:

Ozbekiston Prezidentining Tojikistonga davlat tashrifi doirasida tashkil qilingan uchrashuvlar, muloqotlar samimiy va ozaro ishonch ruhida otdi. Misol uchun, mamlakatimizda ishlab chiqarilgan mahsulotlar korgazmasi va biznes-forum natijasiga kora, 200 million dollardan ortiq shartnomalar imzolandi. Korgazmada yurtimizning 100 dan ortiq korxonasi ozining mingdan ortiq mahsulotlari bilan ishtirok etmoqda.

Davlat rahbarlarining uchrashuvida mamlakatlarimiz ortasidagi savdo aylanmasini bir milliard dollarga yetkazish boyicha aniq vazifalar belgilandi. Eng muhim jihati, Ozbekiston va Tojikiston viloyatlari ortasida togridan-togri savdo aloqalarini yolga qoyish boyicha kelishib olindi. Bu mamlakatlarimiz iqtisodiyotini rivojlantirishda muhim qadam bolib xizmat qiladi.

Shavkat HAMROYEV, Ozbekiston Respublikasi suv xojaligi vaziri:

Tojikiston bilan Amudaryo hamda Sirdaryo suvlaridan foydalanib kelmoqdamiz. Suv resurslaridan foydalanishda xalqaro meyorlarga amal qilish talab etiladi. Bundan tashqari, tabiatning bu nematidan samarali foydalanish kerak. 9-10 mart kunlari ikki davlat tarixida muhim kun bolib qoldi. Chunki suv va energetika resurslaridan samarali foydalanish boyicha Ozbekiston va Tojikiston ortasida kelishuvga erishildi.

Shuningdek, gidroelektr stansiyalari qurish boyicha ham nufuzli komissiya tuzishga kelishib olindi. Bu qaror nafaqat ikki mamlakat, balki butun mintaqa iqtisodining rivojiga salmoqli hissa qoshadi. Yangi qurilayotgan gidroelektr stansiyasi mintaqaning energetikaga bolgan talabini qondiradi.

Turob JORAYEV, Samarqand viloyati hokimi:

Davlatimiz rahbarining Tojikistonga tashrifi tarixiy ahamiyat kasb etdi. Bu ikki xalq ortasidagi aloqalarning takomillashishida muhim qadam boldi. Muzokaralar yakuniga kora, Tojikiston Respublikasining Sogd va Ozbekistonning Samarqand viloyatlari hokimlariga keng imkoniyatlar yaratib berildi. Endi munosabatlarda ortiqcha rasmiyatchiliksiz, togridan-togri telefon orqali boglanish, ozlariga maqul bolgan vaqtda ikki tomon ishbilarmonlari ortasida uchrashuvlar otkazishga kelishib olindi. Buning amaliy natijasi sifatida joriy yilning aprel oyida Tojikiston tadbirkorlari bilan uchrashuv bolib otadi.

Tashrif doirasida juda kop samarali kelishuvlarga erishildi. Birgina misol: erishilgan kelishuvga kora, endi fuqarolar mamlakatlarda ottiz kungacha vizasiz yurish imkoniyatiga ega boladi. Bu ikki xalq vakillarining azaldan yolga qoyilgan qarindoshlik rishtalarini yanada mustahkamlash, qolaversa, turizmni rivojlantirishda muhim asos bolib xizmat qiladi.

Erkin TURDIMOV, Surxondaryo viloyati hokimi:

Davlatimiz rahbarining Tojikistonga oliy darajadagi davlat tashrifi tarixiy ahamiyatga ega boldi. Bu nafaqat ikki davlat ortasida, balki Markaziy Osiyo miqyosida ham etirof etilmoqda.

Savdo-iqtisodiy sohalarda ikki davlat imkoniyatlari yetarli darajada rivojlanmay qolgan edi. Mamlakatlar endi bu borada ham ozining haqiqiy korsatkichlarini namoyon qiladi. Men tashrif davomida turli sohalarda imkoniyatlar bolaturib, aloqalar uzilib qolganining guvohi boldim. Bu tarixiy tashrifni ikki xalq vakillari ham intiqlik bilan kutgan edi. Tashrif doirasida ikki xalq manfatlariga tola javob beradigan kelishuvlarga erishildi. Galaba Amuzang Xoshadi temir yolining ochilishi muhim voqea boldi. Surxondaryo viloyati Tojikiston bilan chegara hudud bolganligi uchun bugundan boshlab barcha sohalarda aloqalarni keng miqyosda rivojlantiramiz.

Botir ZARIPOV, Ozqurilishmateriallari AJ boshqaruvi raisi:

Malumki, mamlakatimizda mineral xom ashyo resurslaridan samarali foydalangan holda yuzdan ziyod qurilish materiallari ishlab chiqariladi. Tojikiston Respublikasining Dushanbe shahrida bolib otayotgan Ozbekiston sanoat mahsulotlari korgazmasida 50 dan ortiq turdagi qurilish materiallari bilan ishtirok etmoqdamiz. Noyob qurilish materiallari hisoblangan granit, marmar, gabbro, travertin toshlari, devorbop, tomyopqich materiallar, bazalt toshidan olingan armaturalar, qamish osimligidan ishlangan DSP kabi mahsulotlarimiz tojikistonliklarda katta qiziqish uygotdi. Tojikistonning onlab kompaniya va firmalari bizning qurilish materiallarimizni olish boyicha shartnomalar imzoladi.

OzA muxbiri

Abu Bakr OROZOV

yozib oldi.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: