O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
13.03.2018

18 MART ROSSIYADA PREZIDENTLIK SAYLOVI:

80 foiz saylovchi qatnashish istagini bildirmoqda

Xabaringiz bor, 2017 yilning dekabr oyida Rossiyada prezidentlik uchun saylovoldi kampaniyasi boshlangan edi.

Nomzodlarni ro‘yxatga olish jarayoni nihoyasiga yetgan. Davlat rahbarligiga partiyalardan yetti nomzod va bir nafar mustaqil nomzod kurash olib boradi. Saylov byulletenida nomzodlar alifbo tartibida joylashadi:

Baburin Sergey Nikolayevich («Rossiya umumxalq ittifoqi»),

Grudinin Pavel Nikolayevich (Rossiya kommunistik partiyasi),

Jirinovskiy Vladimir Volfovich (Rossiya liberal-demokratik partiyasi),

Putin Vladimir Vladimirovich (mustaqil nomzod),

Sobchak Kseniya Anatolevna (Fuqarolik tashabbusi),

Suraykin Maksim Aleksandrovich (Rossiya kommunistlari),

Titov Boris Yurevich (Ravnaq partiyasi),

Yavlinskiy Grigoriy Alekseyevich (Yabloko partiyasi) tartibida joylashtiriladi.

Aytish kerakki, nomzodini mustaqil ilgari suruvchilar va parlamentda bolmagan partiyalardan nomzodlarga saylovchilar imzosini toplash majburiy etib belgilangan. Parlament partiyalaridan nomzodlar imzo toplashdan ozod etilgani sababli Vladimir Jirinovskiy va Pavel Grudinin qayddan otish jarayonini birinchi bolib tugallagan.

Saylovoldi kampaniyasi vaqtidagi targibot tadbirlarida nomzodlar oz goyalarini ilgari surishmoqda, saylovchilar bilan uchrashuvlar otkazyapti. Nomzodlar ortasidagi debatlar tobora qizgin tus olyapti.

Rossiyaliklarni oldinda katta sinov, yirik va muhim siyosiy jarayon kutmoqda. Shu bois mamlakat Markaziy saylov komissiyasi saylovchilarni faollikka chaqirmoqda.

Rossiya jamoat fikrini organish markazi otkazgan sorovlar natijasiga kora, prezidentlikka saylovda Sorovda qatnashganlarning 11,7 foizi hozircha bir qarorga kelmaganini ma’lum qilgan. 2008 yilgi prezidentlikka saylovda eng yuqori ovoz berish korsatkichi qayd etilgan bolib, unda 69,81 foiz saylovchi qatnashgan edi.

Eslatib otamiz, Rossiyada prezident saylovi shu yil 18 mart kuni bolib otadi. Prezident olti yil muddatga saylanadi. Bu yilgi saylovoldi kampaniyasini tashkil etish uchun 14,8 milliard rubl sarflash kozda tutilgan.

Oz muxbirimiz.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: